Mustaqil ish mavzu: Kesh xotira prinsiplari



Yüklə 125,01 Kb.
səhifə1/6
tarix11.12.2023
ölçüsü125,01 Kb.
#143537
  1   2   3   4   5   6
Kompyuterni tashkil etish” fanidan mustaqil ish mavzu Kesh xoti-hozir.org




MUSTAQIL ISH 

Mavzu: Kesh xotira prinsiplari 
Bajardi: Bardiyev Muxriddin

Reja:

1.KESH XOTIRA PRINSIPLARI (CMP):
2.XOZIRGI KUNDAGI KESH XOTIRALAR:

1).
Kompyuterni tez va aniq ishlashi uning ko’pgina jihatlariga bogliq Shu jihatlardan bittasi eng mukammal va ko’p hususiyatli hotira va tezkor protsessoridir. Protsessorlar ham o’z navbatida xar doim hotiraga nisbatan tez ishlagan. Hozirgi kunda protsessor ham hotira ham parallel ravishda takomilashib kelmoqda. Xotira qurilmlarini ishlab chiquvchilar esa birinchi galda, uning hajmini oshirishga harakat qilmoqdalar, tezkorligini emas.

Shuning uchun ham protsessorlar va xotiralarning ishlash tezliklari orasidagi farqi
yana ham kattalashmoqda. Tezliklarning bunday farqlari tufayli, protsessor xotiraga unga kerakli soʻzni oʻqib olish uchun murojaat qilganida, bir nechta mashina sikllarini bekor oʻtkazib yuborishiga toʻgri kelayapti. Xotira protsessorga nisbatan qanchalik sekin ishlasa, shunchalik koʻproq sikllar davomida protsessor uni kutib turishi kerak boʻlayapti. Bu muammoni hal qilishning bir nechta yoʻllari mavjud ekan. Shulardan biri, uncha katta boʻlmagan xajmga ega, ammo nisbatan ancha tez ishlaydigan, protsessor bilan asosiy xotira orasida joylashgan xotiradan foydalanish ekan. Bunday xotira kesh-xotira deb ataladi (“cacher” - fransuz tilida “yashirish” degan soʻzni anglatadi).Kesh-xotira. Kesh-xotirada dastur tomonidan koʻp ishlatiladigan soʻzlar yoki asosiy xotiraning maʼlum bir qismi saqlanadi.

Asosiy xotiraning bu qismi, oʻsha paytda ishlayotgan dastur tomonidan koʻproq foydalanilishi mumkin boʻlgan qismi boʻladi. Bu lokallik tamoili deb ataladi Buyruqlar va maʼlumotlarni qanday saqlanishiga qarab kesh-xotiraning ikki xili mavjud. Buyruqlar ham, maʼlumotlar ham birgalikda saqlanadigan kesh-xotira birlashtirilgan yoki umumiy kesh- xotira deb ataladi Buyruqlar alohida, maʼlumotlar alohida saqlanadigan kesh-xotira esa alohida ajratilgan yoki taqsim langan kesh-xotira deb ataladi. Xozirgi kompyuterlarda koʻprok alohida ajratilgan kesh-xotiradan foydalanilmoqda.

Kesh xotirani qo’lashning bir, ikki va uch sathli varintlari bor:
· 
Birinchi sath kesh-xotirasi (L1) markaziy protsessor ichida joylashgan boʻlib, u buyruqlar uchun (L1-I) va maʼlumotlar uchun (L1-D) moʻljallangan odatda 16 dan 64Kbayt gacha xajmga ega boʻlgan alohida ajratilgan kesh-xotiradan iboratdir.
· 
Protsessor yonida, u bilan bitta blokda joylashgan ikkinchi sath kesh-xotirasi (L2) esa, 512 Kbayt dan 1 Mbayt gacha xajmga ega boʻlishi mumkin boʻlgan,buyruqlar ham, maʼlumotlar ham birgalikda saqlanadigan, birlashtirilgan kesh-xotiradan iborat boʻladi.
· 
Uchinchi sath kesh-xotirasi (L3) protsessor joylashgan plataga oʻrnatilgan boʻlib, u bir necha megabayt xajmga ega boʻlgan statik tezkor xotira qurilmasidan (TXQ) iborat boʻladi.

Statik TXQ dinamik TXQ dan ancha tez ishlaydi.Qoida boʻyicha birinchi sath kesh-xotirasidagi barcha maʼlumotlar, ikkinchi sath kesh-xotirasida, ikkinchi sath kesh-xotirasining barcha maʼlumotlari esa, uchinchi sath kesh-xotirasida ham yozilgan boʻladi.


Asosiy xotira
(dinamik TXQ)
Mikrosxema
Birlashtirilgan uchinchi sath kesh-xotirasi

Birinchi sath kesh-xotirasi buyruqlar uchun

Birlashtirilgan ikkinchi sath kesh-hotirasi

Birinchi sath kesh-xotirasi ma’lumotlar uchun

Klaviyaturaning kontrolleri

Grafik kontroller

Diskning kontrolleri

Prosessor platasidagi Kesh-xotira


(statik TXQ)

Prosessor platasi

Alohida ajratilgan birinchi sath Kesh-xotira

Prosessorning korpusi





Yüklə 125,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə