Kompyuter xotirasi va uning turlari



Yüklə 313,09 Kb.
səhifə1/5
tarix28.11.2023
ölçüsü313,09 Kb.
#137508
  1   2   3   4   5
TAGAYEV JURABEK 4-LABARATORIYA ISHI


Axborot texnalogiyari fakulteti
Matematika va informatika yo’nalishi 305-gurux talabasi Tagayev Jo’rabekning
Kompyuter Tizimlari fanidan
4-LABARATORIYA ISHI
Kompyuterning asosiy hotirasi
Kompyuter xotirasi va uning turlari
Xotira kompyuterda dasturlar va berilganlarni, amal natijalarini saqlaydigan qurilmadir. Xotiraning turlari ko`p: tezkor, doimiy, tashqi, kesh, video va boshqalar.



Tezkor xotira (RAM – Random Access Memory – ixtiyoriy kirish mumkin bo`lgan) kompyuterning muhim qismi bo`lib, protsessor undan amallarni bajarish uchun dastur, berilganlarni oladi va amalni bajarib, natijani yana saqlaydi. Shuni alohida takidlash lozimki, kompyuter o`chirilsa, tezkor xotirada saqlanayotgan dasturlar va berilganlar yo`q bo`lib ketadi. Tezkor xotira juda tez yozishi va o`qishi bilan farq qiladi. Uning «tezkor» nomini olishining sababi, u juda tez ishlaydi va protsessor berilganlarni xotiradan o`qishida yoki yozishida kutishiga hojat yo`q.
Kompyuterda tezkor xotira standart panellarda joylashgan, ular modullar deb ataladi. Tezkor xotira modullari sistema platasida mos hajimlarda qo`yiladi. Xotira modullari ikki xil bo`ladi: bir qatorli (SIMM modullar) va ikki qatorli (DIMM modullar). Pentium protsessorli kompyuterlarda bir qatorli modullarni juft ishlatish kerak (sistema platasiga o`rnatishda hamma vaqt juft sonda bo`ladi). DIMM modullarni bittadan o`rnatish mumkin. Bitta platada har xil modullarni o`rnatish mumkin emas.
Tezkor xotira modullarining asosiy xarakteristikasi quyidagicha:

  • xotira hajmi;

  • murojaat vaqti.


SIMM modullari 4, 8, 16, 32, 64 Mbayt hajimga ega; DIMM modullariniki esa 16, 32, 64, 128, 256, 512 Mbayt. Murojaat vaqti xotira yacheykalariga murojjat qilishda qancha kerak bo`ladigan vaqtni ko`rsatib, vaqt qancha kam bo`lsa shuncha yaxshidir. Bunda vaqt nanosekunda o`lchanadi. SIMM modullarida – 50 – 70 ns, DIMM modullarida esa – 7 – 10 ns.


Yüklə 313,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə