Mustaqil ishi mavzu: Aluminiy fizik va kimyoviy xossalari


Aluminiyning fizik va kimyoviy xosaalari



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə2/5
tarix10.10.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#126636
1   2   3   4   5
ALUMINIY

Aluminiyning fizik va kimyoviy xosaalari.
Alyuminiyning olinishi. Sanoat usulida (1886 yildan)-qumtuproq va kriolit aralashmasi suyuqlanmasini elektroliz qilishdir.
Kriolit suyuqlanmasida 10% gacha Al2O3 eriydi. Eritma suyuqlanma 950oC, da 6-7B kuchlanishda, 15-30 kA tok kuchida elektroliz qilinadi. Elektrolizda quyidagi jarayon sodir bo’ladi:
Kriolit suyuqlanganda dissosiyalanadi:
Al2O3-dissosiyalanadi:
Katodda: Al3-+3e-=-Al0
Anodda: 3O2—6e-=3O
Anod ko’mirdan yasalgan va suyuqlanma temparaturasi 950oC bo’lganligi uchun anodda O2 bilan birga anodning oksidlanish natijasida CO va CO2 gazlar aralashmasi ham hosil bo’ladi:
3O=2C=CO↑+CO2
Katod rolini elektrolizyorni tubiga futerovka (qoplagan) qilingan grafit bajaradi. Suyuqlangan alyuminiy apparat tubida to’planadi va har 2 kunda 1 t miqdorda alyuminy chqarib olinadi. Bu usulda olingan alyuminiyni tozaligi 99,75% bo’ladi, zaruratbo\lganda rafinirlash yo’li bilan tozalanadi. Tozalangan metalda 99,99% alyuminiy bo’ladi.
Alyuminiyning fizikaviy xossalar. Kumushdek oq yaltiroq yengil metalL, uning sirtidagi silliqlik havodagi kislorod ta’sirida yuqoladi, chunki xira oksid pardasi hosil bo’ladi, oksidlangan sirtida uning yaltiroqligi saqlanadi.
Alyuminiy-yumshoq va bog’lanuvchan undan juda yupqa parda olish mumkin (alyuminiyli folga). U elektr tokini juda yaxshi o’tkazadi (uning elektr o’tkazuvchanligi misga nisbatan-62%), chug’ holigacha qizdirilganda suyuqlanadi.
Alyuminiyning kimyoviy xossalari. Alyuminiy kimyoviy aktiv (havoda himoyolovchi oksid pardasi bilan qoplanadi).
Faqat himoyolovchi pardaning elektr va mexanik barqarorligi tufayli odatdagi sharoitda alyuminiy o’zini ancha inert tutadi. Oksid pardasidan tozalangan alyuminiyning aktivligi yuqori. Alyuminiy V va VII guruh elementlari bilan yuqori temperaturada ta’sirlashadi. Yoddan boshqa galogenlar bilan alyuminiy odatdagi sharoitda birikadi. Katalizator sifatida suv ishtirokida yod bilan ham oson birikadi. Alyuminiy vodorod bilan to’g’ridan-to’g’ri birikmaydi, ammo lekin vodorod unda eriydi. Alyuminiy odatdagi sharoitda suv bilan ta’sirlashmaydi, biroq ishqor eritmalarida yaxshi eriydi.
2Al +2NaOH +6H2O =2Na[Al(OH)4] +3H2

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə