Mustaqil ishi mavzu



Yüklə 97,25 Kb.
tarix20.05.2022
ölçüsü97,25 Kb.
#87469
Yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O’rta Osiyo allomalari ilmiy merosining o’rni.


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI

_________________________________________________fakulteti


________________________________________________yo’nalishi
_____-guruh talabasi
____________________________________________________ning
__________________________________________________fanidan

MUSTAQIL
ISHI
Mavzu:_________________________________________________
_______________________________________________________


Qabul qildi: ________________



Farg’ona 2021
Mavzu: Yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O’rta Osiyo allomalari ilmiy merosining o’rni.

Reja:

  1. Adabiyotlar tahlili va metodoligayasi.

  2. Muhokama va natijalar.

  3. Xulosa




  1. Adabiyotlar tahlili va metodoligayasi.

O‘zbekistonning mustaqillikka erishuvi milliy madaniyatimiz tarixini o‘rganishga, unga xolisona fikr bildirishga katta imkoniyatlar yaratdi, osori-antiqa yodgorliklarimizni asrash, milliy qadriyatlarimizni tiklash, qadimiy boy tariximizni bir yoqlamali yoritish, chegaralash, ma‘lum jarayon va ilm-fan arboblarining faoliyati va xizmatini inkor etishdek noto‘g`ri g`oyalar va usullardan tozalashga, hur fikrlilikka sharoit tug`dirdi.
Madaniy merosimizni, o‘tmish qadriyatlarimizni keng va har tomonlama o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning ma‘ruzalarida bir necha bor ta‘kidlanganidek, hozirgi milliy manaviyatimizning chuqur tarixiy ildizlarini shakllanish bosqichlari va xususiyatlarini ochib berish uchun zarurdir. Bu esa, o‘z navbatida, milliy ong, milliy g`urur, tariximiz, o‘tmish avlodlar xizmatiga hurmat-e‘tiborni, xalq mehnatiga, vatanga sevgi tuyg`usini shakllantirish, yangi jamiyatimizning to‘g`ri rivojini, kelajagini oqilona belgilash, yuksak demokratik davlat qurish uchun xizmat qiladi.
Ikki daryo – Sirdaryo va Amudaryo oralig`idagi o‘lka jug`rofiytabiiy xususiyatlari jihatidan inson jamoasining rivoji uchun eng qulay bo‘lgan makonlardandir. Sersuv vodiylari, ko‘m-ko‘k qir bag`irlari, daraxtzorlari, yer osti boyliklari odamlarning yashashi, dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilikning rivoji uchun tabiiy imkoniyatlarni vujudga keltirgandir. Shu sababdan ham Movarounnahr, O‘rta Osiyo, Turkiston, Markaziy Osiyo kabi nomlar bilan yuritiluvchi bu makonda iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish, madaniyat taraqqiysi, davlatchilikning shakllanib, kuchayib borishi miloddan oldingi bir necha asrlar avval boshlanganligi ilm-fanda allaqachonlar isbotlangandir. Uning boyliklari miloddan avval xam, bizning milodning 2000 yillik tarixi davomida ham tashqi dushmanlarni o‘ziga tortib, jalb etib kelgan.
Masalan, Eron shohlari Ahmoniylar mil. avval VI–IV asrlar davomida bu o‘lka xalqlari – Turon bilan uzluksiz janglar olib borib, ularni o‘z tasarruflariga qaratganlar. Miloddan avval IV asrlarda qadimgi Yunoniston imperatori Aleksandr Makedonskiy – Makedoniyalik Iskandar yurtimizning dovrug`ini eshitib, arab, Eron o‘lkalaridan o‘tib, hozirgi Xo‘jand shahrigacha bosib kelgan. Lekin bu janglarga, to‘qnashuvlarga qaramay erli xalqning madaniyati asta- sekin rivojlanib, o‘z namunalari bilan dunyoga yuz tuta borgan. Shuningdek, erli xalq davlatchiligi ham shakllanib, madaniy rivojlanishning siyosiy-ijtimoiy asoslarini mustahkamlab bordi.
Olimlarning ta‘kidlashicha, eng yirik qadimgi dinlardan bo‘lmish zardo‘shtiylik shu Markaziy Osiyo – xususan, Xorazm o‘lkasida shakllangan. Uning asosiy qoidalari ifodalangan kitob "Avesto " ham shu erda vujudga kelgan. Markaziy Osiyodagi davlatchilik tarixi ham eramizdan avvalgi Xorazm podshohligidan boshlanadi. Eradan avval VIII–VIIasrlarda "KattaXorazm", "Baqtriya podshohligi"'kabi davlatlarning mavjud bo‘lganligi haqida ma‘lumotlar mavjud. Amudaryo qirg`oqlarida yoyilib yotgan turli katta-kichik qo‘rg`onlarning qoldiqlari, ulardan topilayotgan turli arxeologik ashyolar – bu yerlardagi qadimgi shaharlar va ularda rivojlangan madaniyat haqida guvohlik beradi. Qadimgi madaniyatimiz tarixini o‘rganish asosan arxeologik qazishmalar bilan bog`liqdir. Yozma adabiyot deyarli etib kelmagan. "Avesto"dan teriga yozilib qolingan ayrim parchalar, xorazm, so‘g`d yozuvlarining ayrim namunalarigina bizga ma‘lum. Milodning boshlarida bu erlarda Chag`oniyon, So‘g`diyona, Marg`iyona, Parkana, Baqtriya, Xorazm kabi o‘lkalar mavjud bo‘lgan, ularda dehqonchilik, savdo-sotiq keng rivoj topgan. Bu davrda G`arb bilan Sharqni – Uzoq Sharq mamlakatlari bilan O‘rta er dengizini bog`lovchi buyuk savdo yo‘li– "Ipak yo‘li"rivojlanib, madaniy boyliklarni almashuv madaniy taraqqiyot ishida muhim ahamiyat kasb etgan.
Xullas xalqimizning milodiy VII asrga qadar bo‘lgan madaniyati tarixi asosan arxeologik qazishmalar yordamida aniqlanishi mumkin.
VII asrlarda Saudiya Arabistonida so‘nggi dunyoviy din – islom dini vujudga kelib, u arablarning birlashuvi va yagona davlat – arab xalifaligining shakllanuvida ham asosiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Xalifalik islom bayrog`i ostida asta-sekin boshqa o‘lkalarni bosib ola boshladi, o‘ziga qaratilgan erlarda islom dinini izchillik va qat‘iylik bilan joriy qilabordi. VIII asr boshlarida Kutayba ibn Muslim boshchiligidagi arab qo‘shinlari Eron va Xurosondan so‘ng ikki daryo oralig`i – Movarounnahrni zabt etishga kirishdilar. Bu erda zardo‘shtiylik va boshqa dinlar siqib chiqarilib, islom dini, uning muqaddas kitobi "Qur‘on" qoidalari va u bilan birga arab yozuvi hamda arab tili o‘rnatila bordi. Islom asta-sekin madaniyat va ma‘naviyatning barcha sohalarida ustunlikka intildi. Arablar bu yo‘lda yerli xalqning madaniy boyliklari, ma‘naviyat namunalarini, dinlari, yozuvlari, urf-odatlarini butunlay yo‘qotib yuborishga harakat qildilar.
Arab bosqinchiligiga qarshi ko‘tarilgan xalq qo‘zg`olonlari shafqatsiz bostirildi. Movarounnahr, Markaziy Osiyo Arab xalifaligi tarkibiga kiritildi. Bu Markaziy Osiyo madaniyati tarixida yangi davr, yangi sahifaning shakllanishiga olib keldi, madaniyatning eng muhim qismlari bo‘lmish din, yozuv, ilm va siyosatning o‘zgarishi madaniyat, ma‘naviyatning umumiy yo‘nalishiga hal etuvchi ta‘sir ko‘rsatdi.
IX asrlardan boshlab Movarounnahrda arab yozuvida yozilgan yodgorliklar vujudga kelaboshladi. Arablar istilosidan, ya‘ni VIII asrdan to XX asr boshlarigacha Movarounnahr, jumladan hozirgi O‘zbekiston hududida islom dini va arab yozuviga asoslangan madaniy-ma‘naviy rivojlanish hukm surdi.
Bu madaniyatni to`rtdavrga bo‘lish mumkin: 1) IX–XII asrlardagi madaniy yuksalish, 2) XIV–XV asr – Temur va Temuriilar davri madaniy ko‘tarilishi, 3) XV1-XIX asr 1-yarmida madaniyat va 4) XIXasrning ikkinchi yarmi XXasr boshlarida rus mustamlakachiligi davrida madaniy hayot.
Birinchi davr siyosiy jixatdan arab istilosiga qarshi uzoq yillik kurash natijasida Mirkaziy Osiyo yerlarida yerli xalqlarning mustaqil davlatlarning vujudga kelishi bilan xarakterlanadi. IX asrning boshlaridan boshlab xalifa Ma‘mun Movarounnahr va Xurosonda arab xalifaligining hukmdori bo‘lib turgan vaqtda shahar va o`lkalarda islomga xalifalikka sodiq yerli xalq zadogonlaridan hokimlar tayinlay boshlagan edi. Shulardan Somoniylar
IX asrning oxiriga kelib o`zlarini xalifatdan‘ mustaqil deb e`lon etdilar. lekin turli sulolalarning hukmronligiga asoslangan erli davlatlarning vujudga kelishi bu sulolalarning hukmronligiga asoslangan yerli davlatlarning vujudga kelishi bu sulolalar o‘rtasida keskin kurashlar, ayovsiz janglar bo‘lib o‘tdi. IX–XII asrning 20-chi yillariga qadar, Qoraxoniylar, Ma‘muniylar, G`aznaviilar, Saljuqiylar, Xorazmrazmshohlar hukmronlik qilganini ko‘ramiz. XII asrda Osiyoda, umuman, O‘rta Sharqda katta hududni o‘ziga qo‘shib olgan Xorazmshohlar imperiyasi hukmronlik qildi.
Ma‘lumki xalifa Ma‘mun davrida (813– 838) Bag`dodda ilmfan, madaniyat tez sur‘atlar bilan rivojlanganligi qadimgi yunon ilmlari keng miqyosda o‘rganilib, yunon asarlari ko‘plab tarjima etildi, ayniqsa tabiiy fanlar, falsafa ilmlari sohasida katta yutuqlar qo‘lga 6 kiritildi. Ilm-fanning ta‘siri ostida islomda turli oqimlar, talqinlar kuchaydi, xususan, tafakkurni tabiiy ilm va dunyoviy falsafaga yo‘llovchi mutaziliya davlat mafkurasi darajasiga ko‘tarildi. Bu davr G`arb sharqshunoslik adabiyotida "arab Renessansi " sifatida o‘z talqinini topdi. X asrlardan boshlab xalifalikda diniy ilmlar, an‘anaviy oqimlar kuchaydi.
X–XII asrlarga kelib Markaziy Osiyoda mustaqil davlatlarning ustunlikka erishuvi, xalifalik ta‘siridan qutilish bu erda ilmiy-madaniy rivojlanish, turli noan‘anaviy islomiy oqimlar ismoiliya, mutaziliya, karmatlar harakatlari, tasavvuf kabilarning ham yoyilishiga imkon yaratdi.
Ilmiy-madaniy yuksalish Bag`doddan Movarounnahr, Xuroson erlariga ko‘chdi, bu davr turli ilm, adabiyot sohasida buyuk siymolarni etishtirdi. Bu madaniy to‘lqin Movarounnahrni butun islom dunyosida ilmiy-madaniy Markaz sifatida nom qozonishiga olib keldi. Bu davrni Markaziy Osiyo Uyg`onish davri – Renessansi deb, aniqrog`i, bu Renessansning ilk davri deb atamoq mumkin. Bu davr madaniyat yutuqlari G`arbiy Ovro‘po mamlakatlari madaniyati rivojiga ham ijobiy ta‘sir ko‘rsatdi. U erdagi XV–XVI asr Renessansi, madaniy yuksalishida muhim omillardan bo‘ldi.
1220 yilda bu madaniy Uyg`onish – Renessans birdan uzilib qoldi, mo‘g`ullar xujumi 2–3 yil orasida butun Movarounnahr va Xurosonni vayronaga aylantirdi, shaharlar, suv inshootlari barbod etildi, olim-fozillar o‘ldirildi, qolganlari turli o‘lkalarga tarqab ketdilar.
XIV asrning ikkinchi yarmidan Movarounnahrda mo‘g`ullarga qarshi kurashning keskin harakati mustaqil davlat yaratishga bo‘lgan intilishning avj olishiga olib keldi. Nihoyat Amir Temur boshliq harakat mo‘g`ullar ustidan g`alaba qozonib, Movarounnahrda Markazlashgan davlat vujudga keldi.
XIV asr oxiri, ayniqsa XV asr madaniyati sohasida Markaziy Osiyoda – Renessans davrining ikkinchi, eng avjga chiqqan davrini tashkil etdi. Bu davrni Markaziy Osiyo madaniyati tarixida yangi mustaqil – ikkinchi davr sifatida talqin etish lozim. Tabiiy va islomiy ilmlar, san‘at, adabiyot bu davrda butun musulmon Sharqi uchun mashhur bo‘lgan natijalarga erishdi. Uning dovrug`i O‘rta asr Ovro‘posida ham keng tarqaldi.
Siyosiy jihatdan bu madaniy yuksalish mustaqil va yagona Amir Temur davlati asosida shakllandi. Amir Temur Movarounnahr va Xurosonga qo‘shni o‘lkalarni ham qaratib, o‘z yurtintg osoyishtaligi va ravnaqi uchun imkon yaratdi, boshqa davlatlar bilan diplomatik aloqalarni kuchaytirdi, davlatchilikni, davlat boshqaruvini mustahkamladi.
Iqtisodiy jihatdan Temur va Temuriylar institutlarining ijobiy tomonlarini rivojlantirishga, ruhoniylar, din, tasavvuf vakillaridan siyosiy-iqtisodiy masalalarni hal etish ishida foydalanishga intildilar. Savdo-sotiq, hunarmandchilik rivojlandi, bozorlarga, boshqa mamlakatlar bilan mol almashuvga e‘tibor kuchaydi. Bu masalalar "Temur tuzuklari "da o‘z ifodasini topgandir.
Madaniy-ma‘naviy jihatdan islom, uning qonun-qoidalaridan, arboblaridan tinchlikni saqlash, davlat faravonligini oshirish ishida foydalanish, ularning birlashtiruvchi kuchiga asoslanib ish olib borishga e‘tibor berildi. Tasavvuf, ayniqsa, uning Movarounnahrda shakllangan yo‘nalishi –Naqshbandiya ma‘naviy jihatdan erkin aqliy mehnatni ta‘minlashda muhim g`oyaviy asos bo‘lib xizmat qildi.
Turkiy – o‘zbek tilining mavqei kuchaydi, badiiy, tabiiy-ilmiy asarlar fors va turkiy tillarda yaratildi. Bu davrda obodonchilik rivojlandi: madrasalar, yo‘llar, turli inshootlar ko‘plab barpo etildi. Ilmning turli sohalarida katta yutuqlar qo‘lga kiritildi. Bu davrda Markaziy Osiyo – Movarounnahr va Xuroson dunyoning eng rivojlangan o‘lkasi sifatida mashhur bo‘ldi.
Bu davrdagi ilmiy-madaniy yutuqlar oldingi IX–XII asrlarda erishilgan madaniy boyliklar asosida tez sur‘at bilan amalga oshirilib, ularni ijodiy o‘zlashtirish, rivojlantirish natijasida yuz berdi.
Tasavvuf sohasida bu vorislik XII asrlarda asta-sekin vujudga kela boshlagan naqshbandiyaning XV asrga kelib keng rivoji, ma‘naviy erkinlik, madaniy yuksalishda hal etuvchi etakchi ahamiyat kasb etishi, unga g`oyaviy asos bo‘lib qolishida o‘z ifodasini topdi.
Shuning uchun bu davr Markaziy Osiyoda X asrda boshlangan va keskin ravishda uzilib qolgan Madaniy Uyg`onish – Renessansning cho‘qqisi, yakunlovchi bosqichidir.
Markaziy Osiyo madaniyatining uchinchi davri – bu erda Temuriylar davlatining mag`lubiyati, 1405 yilda Xusayn Boyqaroning mag`lubiyatidan so‘ng davlatning parchalanib ketishi, demak, oldingi madaniy yuksalishning inqirozga yuz tuta borishidan boshlandi. Olim fozillar turli o‘lkalarga tarqab ketdilar, qurilishlar to‘xtab, madaniyat binolari xarobalarga aylana bordi, o‘zaro nizolar, hokimiyat uchun kurash kuchaydi.
1)Temuriyzoda Mirzo Boburning XVI asr boshlarida o‘z yurtidagi muvaffaqiyatsiz harakatlaridan so‘ng Hindistonda temuriylar davlatini barpo etib, uning avlodlari davrida Markaziy osiyolik olimfozil shoir, rassomlarning ko‘plari u erda panoh topdilar. Markaziy Osiyo madaniyati Hindiston erida rivoj topdi, so‘ngroq asta-sekin hind madaniyati bilan qorishib, unga katta ta‘sir ko‘rsatdi.
Movarounnahrda hokimiyat uchun uzoq yillik urushlar, ichki nizolar kuchayib ketdi. Siyosiy tushkunlik avj oldi, bu mamlakat iqtisodiga katta ta‘sir ko‘rsatdi, tashqi olam, o‘zga mamlakatlar bilan ham aloqalar susayib ketdi. Va nihoyat XVI asrning ikkinchi yarmida Movarounnahr hududida mustaqil davlatlar Buxoro xonligi hamda Xiva xonliklari shakllanib o‘zlarini tiklay boshladilar. XVIII asrning oxirida uzoq urushlardan so‘ng mustaqil Qo‘qon xonligi tashkil topdi. Lekin bu davlatlar o‘rtasida ta‘sir doirasi uchun har doim urushlar, nizolar davom etib turdi. Umuman XVI–XIX asrning birinchi yarmi, siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotda, xalqaro munosabatlarda oldingi yutuqlarni yo‘qotish, ko‘p sohalarda ortga ketish bilan tarixda ma‘- lumdir.
Siyosiy hayot mayda mustaqil davlatlar vujudga kelishi bilan xarakterlansa-da, bu faktorning o‘zi madaniy yuksalish uchun etarli emas ekanligini namoyon etdi.
Iqtisodiy hayotda ham o‘zaro urushlar, nizolar, hunarmadchilik, dehqonchilik, savdo-sotiq ishlariga katta zarar keltirildi, tashqi savdo aloqalar susayib ketdi.
Madaniy hayotda ana‘naviy islom, aqidaparastlikning ta‘siri kuchaydi, maorif, ma‘rifat sohasida ham asosan diniy ta‘limotlar ustunlikni egallay boshladi, oldingi ma‘naviy yutuqlarning ta‘siri susaydi, diniy ilmlar etakchi o‘ringa chiqdi. Lekin shunga qaramay madaniy hayotda qator ijobiy natijalar yuz berganini ham ko‘ramiz. Xususan, adabiyot, tarixiy ilmlar, san‘atning ayrim turlari sohasida yirik adib, shaxslar etishib chiqdi. Tasavvuf ham o‘zining oldingi ahamiyatini o‘zgartirib, ijtimoiy rolini yo‘qota bordi. O‘zbek tilining mavqei kuchayib, u adabiyotda borgan sari keng o‘rin egallaganini ko‘ramiz. Fors va o‘zbek tillari adabiy til sifatida keng foydalanila boshlandi. XIX asrning birinchi yarmida har uch xonlikda madaniyat, 9 xususan, adabiyot va tarixnavislik sohasida muhim jonlanish vujudga keldi.
Turkiston madaniyatining to‘rttchi davri – XIX asrning 60-yillarida bu yerda Rusiya hukmronligining o‘rnatilishi bilan boshlandi.
Rusiya Turkistonni qurol, qaqshatqich urush yordamida bosib oldi. Qo‘qon xonligi tugatildi. Buxoro amirligi va Xiva xonligi Rusiyaning vassaliga aylanib qoldi. Turkistonda to‘lig`icha mustamlakachilik siyosati o‘rnatilib, iqtisod, madaniyat ham shunga bo‘ysundirildi. Lekin boshqa Sharq mamlakatlarida bo‘lib o‘tayotgan ma‘rifatparvarlik va mustamlakachilikka qarshi harakatlar ta‘sirida Turkistonda ham hukmron rus mustamlakachiligi tuzumi xohishiga zid holda ma‘rifatchilik harakati rivoj topdi, asta-sekin undan ma‘rifiy masalalar bilan birga siyosiy masalalarni ham olg`a sura boshlagan jadidchilik harakati kelib chiqdi. Turkiston guberniyasi, Buxoro amirligi, Xiva xonligida jadidchilar harakati kuchayib, mavjud tuzum uchun xavfli kuchga aylanib bordi.
Mavjud siyosiy, iqtisodiy va madaniy tuzum 1917 yil fevral voqeasi, so‘ngi Oktyabr inqilobi natijasida tugatilib, tamoman boshqa – sostialistik yo‘nalishga burib yuborildi.
O‘zbekistonning mustaqillikka erishuvi siyosiy-iqtisodiy, madaniy sohalarda tamoman yangi davr boshlab berdi. Xalqimizning ko`p asrlik madaniyati tarixini kuzatish mustaqillik madaniyati, ma‘naviyatini shakllantirishda tarixdan ko‘p saboqlar olish mumkinligini va bu saboqlar kelajak uchun shubhasiz foydali ekanligini ko‘rsatadi.
– Avvalambor, haqiqiy ma‘naviy yuksalish, madaniy taraqqiyot uchun xalqimiz mustaqil davlatga ega bo‘lishi, qaramlik siquvidan ozod bo‘lishi zarurdir. Qaram bo‘lib yashagan xalq ma‘naviy erkinlikka, taraqqiyotga erisha olmaydi, u o‘zligidan, o‘z ruhiy qudratidan mahrum bo‘ladi.
Hozirda mustaqillikka erishgan O‘zbekiston o‘z milliy madaniyatini yuksak darajada rivojlantirishning – eng muhim shartini, omilini qo‘lga kiritdi va bu mustaqillik yo‘lida ikkilanmay qadam tashlab, shiddat bilan bormoqda.
- Mustaqillikka erishuv zarur siyosiy, iqtisodiy muammolarni echishni talab etadi, lekin madaniy-ma‘naviy rivojlanishsiz siyosiy iqtisodiy taraqqiyot umumiy ijtimoiy masalalarni echishga, so‘nggi maqsad – etuk inson va jamoani yaratishga ozijdir. Shuning uchun madaniy-ma‘naviy masalalarga hokimiyat, davlatning maxsus e‘tibor 10 berishi, ularni hal etishi, madaniy rivojlanishi uchun, ma‘naviy rivojlanishi uchun, ma‘naviy qadriyatlarni kuchaytirish, ularni yaratish va yaratuvchilarga keng imkoniyatlar qidirmog`i, talab etiladi. Hozirgi O‘zbekistonda bu yo‘nalishda ham muhim ishlar amalga oshirilmoqda.

  • Har bir xalq madaniyatining asoslari, o‘ziga xosligi, xususiyatlari, uning tarixi, rivoji davomida shakllanib, "taxlanib" boradi va ularning majmui ushbu madaniyatning milliyligini belgilaydi. Shuning uchun xalqimiz madaniyatining o‘ziga xos tomonlari, mazmunini bilish, uning tarixini, o‘tmishdagi rivojlanish davrlarini o‘rganishni talab etadi. Hozirgi tarixni bilish, uni ob‘ektiv yoritishga bo‘lgan talabning kuchayishi milliy madaniyatimizning to‘liq mazmunini, tarixini, yutuqlarini o‘rganishga ham bevosita oiddir. Bu – milliy madaniyatimizning jahon madaniyati tarixidagi roli va o‘rnini aniqlash uchun ham zarurdir.

  • Ma‘naviy madaniyat, ma‘naviyat yutuqlari aksari madaniy yuksalish jarayonida vujudga keluvchi va uni ifodalovchi olim-fozil, donishmand, adib, din arboblari va ular faoliyati, yozib qoldirgan merosi kabilarda aks etib, muhrlanib qoladi. Albatta turli an‘analar, arxeologik yodgorliklar, buyumlar va boshqalarda ham xalq ma‘- naviyati yutuqlari ifodalanadi, lekin yozma adabiyot, qo‘lyozmalar bu jihatdan alohida ahamiyatga egadir. Shuning uchun o‘tmishdagi buyuk siymolar, allomalar, adiblarning faoliyati, asarlarini o‘rganish, ularni hozirda nashr etish, targ`ib qilish, yubileylarini o‘tkazish, madaniyat tarixini – ma‘naviy boyligimizni chuqur bilish ishida nihoyatda muhim va katta rol‘ o‘ynaydi.

  • Allomalar, siymolar merosi Markaziy Osiyoda o‘tmishda ilmfan, madaniyatning barcha sohalari, tarmoqlari rivojlangani, ularning ijodlari ko‘p qirrali bo‘lganligi, faoliyatida ilm-fan bilan bir qatorda din, axloq, insonning ma‘naviy dunyosi, jamoaning hamjihatligi, uni odilona boshqarish, saodati masalalari muhim o‘rin tutganligidan dalolat beradi.

  • Ularning merosi va madaniyat tarixi yana ilm-fan va diniy qoidalarning bir butunligini tashkil etib, umumiy ma‘naviyat rivoji uchun xizmat qila olishini, foydali bo‘lishini isbotlaydi. Fan va din xalq madaniyatining turli sohalari, qismlari bo‘lib, yagona maqsadga qaratilgan holda bir-birini to‘ldirishi, xalqni shu yagona maqsadga yo‘naltirishga xizmat qilishi mumkin. Diniy taassubning ilm-fan 11 hisobiga kuchayuvi ijtimoiy rivojlanishga, madaniyatning kuchayishiga zarar keltirishini ma‘lum tarixiy davrlarda yuz bergan jarayonlar o‘zida ifodalaydi.



  1. Xulosa

Yuqoridagi keltirilganlardan xulosa qiladigan bo’lsak buyuk allomalarimizning bizlarga qoldirgan ilmiy me’rosi ham buyukdir. Ushbu ilmiy me’rosdan hozirgi zamon bilan uyg’unlashtirilgan holda foydalanish har bir bilim oluvchi uchun muhimdir. Allomaning uqtirishicha, bolaning bilim olishga bo’lgan qiziqishi, havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit muhim o’rinni egallaydi. Oilada ota – onalar, ayniqsa, o’qimishli ota – onalar o’z farzandlarining haqiqiy inson bo’lib kamol topishiga alohida e’tibor berishlari lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar.

  1. N.A.Jumayeva. O‟rta Osiyo allomalarining ilmiy me‟rosi. Uslubiy qo‟llanma. Buxoro, “Durdona” nashriyoti. 2013.

  2. review.uz/uz/712 Shavkat Mirziyoyev O„zbekiston yoshlari forumida yoshlar uchun muhim bir yangilikni yetkazdi.

Yüklə 97,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə