Mutaxasislikka kirish moduli bo‘yicha o‘quv– uslubiy majmua



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə16/26
tarix05.09.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#121353
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
Mutaxasislikka kirish moduli bo‘yicha o‘quv– uslubiy majmua (1)

Didaktik o‘yinchoqlar

Bolalarning aqliy va sensor rivojlanishi va ta’lim olishida xizmat qiladigan o‘yinchoqlar turi. Bunday o‘yinchoqlarga mozaikalar, stol ustida o‘ynaladigan va bosma o‘yinlar, xalq o‘yinchoqlari (matryoshkalar, piramidalar, rangli sharlar, xushtaklar, chillaklar) kiradi.

Yosh guruhi

Yosh belgisiga ko‘ra birlashtiriladigan kishilarning biron bir shartli katta guruhi. Yoshni davrlashtirishga muvofiq MTMda bolalarning yoshiga ko‘ra ana’naviy ajratiladigan guruhlar: yasli yoshdagi bolalar guruhi, birinchi kichik yoshdagi bolalar guruhi, ikkinchi kichik yoshdagi bolalar guruhi, katta bolalar guruhi va maktabga tayyorlov guruhi.

Inklyuziv ta’lim

Bolalarni bir biridan ajratuvchi to‘siqlarni bartaraf etishga, ularning yoshi, jinsi, diniy va ijtimoiy kelib chiqishi, jismoniy va aqliy rivojlanishdan orqada qolishi va iqtisodiy ta’minlanganlik darajasidan qat’iy nazar, umumta’lim jarayoniga to‘liq uyg‘unlashtirishga qaratilgan davlat siyosati.

Iste’dod

Qobiliyatlar, iqtidorlarning yuqori darajada rivojlanganligi bo‘lib, ijodiy faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi.

Kasbiy faoliyat

Biron narsaning bajarilishining murakkab va me’yoriy jihatdan belgilangan usuli. Mehnat sub’ekti faoliyatining sifat jihatdan belgilanadigan shakli. Inson bajarayotgan faoliyatning murakkabligini tavsiflaydigan mezon.

Maktabgacha bolalik

Bolaning tug‘ilganidan to maktabga borguncha bo‘lgan rivojlanish davri; bola organizmining jadal voyaga yetishi va ruhiyatining shakllanishi bilan belgilanadi.


Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə