Mutaxassislik terminlarining uch tilli lug’atini tuzish. 1-mavzu: kirish. Pedagogning kasbiy nutqi kasbiy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida reja



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə78/97
tarix23.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#155170
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   97
Mutaxassislik terminlarining uch tilli lug’atini tuzish. 1-mavzu-fayllar.org

Buyruqdan ko‘chirma
Muassasalarda odatda, xodimga yoki boshqa huquqiy shaxsga muayyan buyruqdan ko‘chirma berishga to'gri keladi.
Zaruriy qismlari:
1. Muassasa nomi.
2. Hujjat nomi ( Buyruqdan ko‘chirma).
3. Sanasi.
4. Raqami (№).
5. Joyi.
6. Sarlavhasi.
7. Matni (asoslovchi qismi, «BUYURAMAN» so‘zi, farmoyish qismidan
kerakli bandi).
8. Imzo chekkan shaxs.
9. Tasdiqlash famiiiyasi (yoniga «imzo» degan so‘z yoziladi) belgisi...
Farmoyish - bu muassasa ma’muriyati (direktor, uning o’rinbosarlari, bosh muhandis, uning o’rinbosarlari), shuningdek, bo’limlar rahbarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjat. Odatda, farmoyishlarda harakat muddati cheklangan bo’lib, uning kuchi bo’limlarning tor doirasiga, ayrim mansabdor shaxslar va fuqarolarga taalluqli bo’ladi, farmoyishning matni huddi buyruqdagi kabi zaruriy qismlardan tarkib topadi, faqat uning asos (kirish) qismida “BUYURAMAN” so’zi o’rniga “TAVSIYA QILAMAN”, ”RUXSAT BERAMAN” kabi iboralar ishlatiladi.
Ko’rsatma - idoralarda xabarsifat-uslubiy tusdagi masalalar, shuningdek buyruqlar, yo’riqnomalar va boshqa hujjatlarning ijrosi bilan bog’liq tashkiliy masalalar yuzasidan chiqariladigan huquqiy hujjat. Ko’rsatmalarga birinchi rahbar, bosh muhandis, ularning o’rinbosarlari imzo chekish huquqiga ega. Ko’rsatma muassasaning xos ish qog’oziga bosiladi. U ham buyruq kabi, odatda, sarlavha bilan (kirish) va farmoyish qismlaridan tarkib topadi. Asos (kirish) qismida, falon “maqsadda”, falon “buyruqni bajarish uchun” kabi taomilga kirgan iboralar qo’llaniladi va “YUKLAYMAN”, “TAVSIYA ETAMAN” so’zlari bilan farmoyish qismi boshlanadi. Muayyan xodimga uning xizmat lavozimi vazifalariga kirmaydigan ishlar yuklatilsa «TAVSIYA ETAMAN» so’zi qo’llaniladi. Ko’rsatmaning farmoyish qismi buyruqning farmoyish qismiga o’xshash bo’ladi.
25-mavzu: Ma`lumot-axborot hujjatlari.
1.Ma`lumot-axborot hujjatlarining turlari, xususiyatlari.
2.Ariza, tushuntirish xati, bildirishnoma.
Ma’lumot-axborot hujjatlari
Ma’lumot-axborot hujjatlari anchayin katta guruhni tashkil qiladi, ular ish yuritish jarayonida ayniqsa ko‘p ishlatiladi. Bu guruh ariza, bayyonnoma, bildirishnoma, vasiyatnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, ma’lumotnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma, taklifnoma, tarjimayi hol, tushuntirish xati, e’lon, hisobot kabi hujjatlarni o‘z ichiga oladi.

Ariza muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat sanaladi. Ariza amaliyotda eng ko‘p qo‘llanadigan va keng tarqalgan ish qog‘ozidir. Maktab o‘quvchisi va talaba, menejer va agronom yoki fermer, muhandis va olim, tadbirkor va mansabdor shaxs – jamiyatning barcha a’zosi ariza yozishdan xoli emas. Ariza yozuvchilarning yoshi va lavozimi, ariza yo‘llanayotgan muassasalar va idoralar g‘oyat xilma-xildir. Arizalar bog‘cha mudirasiga, maktab direktoriga, oliy o‘quv yurti rektoriga, jamoa xo‘jaligi boshqaruviga, tuman rahbariyatiga – xullas, oddiy arizachining taklif, iltimos yoki shikoyatini ko‘rib chiqib hal qila oladigan har qanday idora, har qanday boshliq nomiga yozilishi mumkin.


Hajmi, uslubi va turidan qat’iy nazar, ariza o‘zining umumiy zaruriy qismlariga ega.
Arizaning zaruriy qismlari barcha arizalarda ham birday takrorlanavermaydi. Masalan, xodim o‘zi ishlayotgan korxona yoki idora rahbariyatiga ariza yozganda, uning yashash joyi haqidagi ma’lumot zarur bo‘lmaydi. Bunday hollarda xodim o‘zi ishlaydigan bo‘lim va lavozimini ko‘rsatsa, kifoya. Shuningdek, ko‘pchilik arizalar uchun ilovalarning ham hojati bo‘lmaydi.
Bundan qat’iy nazar har qanday arizada quyidagi zaruriy qismlar ifodalanishi lozim:
- ariza yo‘llanadigan muassasa nomi yoki rahbarning vazifasi, unvoni, ismi, ota ismi va familiyasi;
- ariza yozuvchining turar joyi yoki vazifasi, ismi, ota ismi va familiyasi;
- hujjat nomi (Ariza);
- ariza matni (iltimos, taklif yoki shikoyat);
- zarur bo’lgan holatda ilova qilinadigan hujjatlar nomi;
- qog‘ozning chap tomonida ariza yozilgan vaqt (yil, kun va oy);
- qog‘ozning o‘ng tomonida ariza yozuvchining imzosi, ismi va ota ismining bosh harflari, familiyasi.
Ariza yozilgan vaqt (yil, kun va oy). Shuni eslatib o‘tmoq joizki, arizaning zaruriy qismlari barcha arizalarda ham birday takrorlanavermaydi. Masalan, xodim o‘zi ishlayotgan korxona yoki idora rahbariyatiga ariza yozganda, uning yashash joyi haqidagi ma’lumot zarur bo‘lmaydi. Bunday hollarda xodim o‘zi ishlaydigan bo‘lim va lavozimini ko‘rsatsa, kifoya. Shuningdek, ko‘pchilik arizalar uchun ilovalarning ham hojati bo‘lmaydi. Yuqorida sanab o‘tilgan zaruriy qismlarning odatdagi joylashuvi 1-ilovada ko‘rsatildi. Ariza ham boshqa har qanday rasmiy hujjat kabi aniq va qisqa jumlalar bilan tushunarli qilib yozilishi kerak.
Hujjat tilining aniqligi, tushunarliligi maqsadning tezroq amalga oshishiga xizmat qiladi. Ariza, asosan, qo‘lda yoziladi va mazmuni erkin bayon qilinadi. Mazmuni va uslubiga ko‘ra arizalar bir xil emas: u birnecha so‘zdan iborat bo‘lishi, masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilgan xat tarzida bo‘lishi ham mumkin. Shunuqtai nazardan arizalar sodda va murakkab turlarga ajratiladi. Murakkab ariza matni katta bo‘lishi bilan birga,unga ilovalar qilinishi mumkin. Aksar hollarda arizalarshaxsiy xususiyatga egadir. Shuningdek, xizmat arizalari hambo‘ladi. Xizmat arizasi – fuqarolar yoki tashkilotlarningo‘z huquqlarini amalga oshirish yoki manfaatlarini himoyaqilish yuzasidan yozma axborotlaridir. Da’vo arizalari ana shunday arizalardandir. Iltimos va shikoyat mazmunidagi arizalar taklif mazmunini aks ettiruvchi arizalarga hamda da’vo arizalariga nisbatan ko‘p qo‘llanadi. Maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni joylashtirishda ariza ota yoki ona nomidan yoziladi.
Toshkent shahar Shayxontohur tumani MTB tasarrufidagi 384-maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari Marg‘uba Rustamovaga Ogahiy ko‘chasi 42-uyda yashovchi K.I.Alimovdan
ARIZA
Qizim – Sevinch Nodirovani 20 avgustdan 384-maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilishingizni so‘rayman.
Ilova: 1. Tuman MTBning 2019 yil 20 avgustdagi yo‘llanmasi.
2. Maoshim haqidagi ma’lumotnoma.
3. Tug‘ilganlik guvohnomasidan ko‘chirma.
4. Tibbiyot ma’lumotnomasi.
2019.10.08 (imzo) (K.I.Alimov)
Ishdan bo‘shatish haqidagi arizalarning aksariyatida
ilova qismi bo‘lmaydi, shuningdek, xodimning yashash joyini ko‘rsatishning zarurati yo‘q.
Arizalarning navbatdagi keng tarqalgan turi o‘quv yurtlariga kirish yoki muayyan masalada yordam ko‘rsatish haqidadir. O‘qishga kirish uchun yoziladigan arizalarning barchasiga zaruriy hujjatlar ilova qilinadi. O‘quv yurtlariga taqdim etiladigan anketa-qolip shaklidagi aksariyat arizalar har turdagi o‘quv yurtlariga moslab tayyorlangan bo‘lib, ular asosan, o‘zbek, kerakli o‘rinlarda rus tilida rasmiylashtirib kelinmoqda; bunday arizalarda ortiqcha o‘rinlar ham uchraydi (ular tarjimai hol, kadrlarning shaxsiy varaqasi, ma’lumotnoma kabi hujjatlarning xususiyatlarini umumlashtirib olgan). Shuning uchun ham bir qolipdagi arizalarni qayta ko‘rib chiqib, ixchamlashtirib, asosan, o‘zbek tilidagi shaklini muomalada qoldirish zarur. Biz o‘quv yurtlariga kirish haqidagi anketa qolip tarzidagi ariza namunasini keltirib o‘tirmadik, chunki u yerda har bir yozilajak javobning savoli bandma-band keltirilgan bo‘ladi.
Xizmat sohasidagi, xizmatga aloqador masalani, uning ayrim jihatlarini yozma izohlovchi va muassasa (bo‘lim) rahbariga (ichki) yoki yuqori tashkilotga (tashqi) yo‘llanuvchi hujjatdir. Yuqoridagi ta’rifdan ko‘rinadiki, tushuntirish xati xuddi ma’lumotnoma va bildirishnoma singari ichki va tashqi xususiyatga ega. Keyingi holatda, ya’ni tushuntirish xati yuqori tashkilotga yuborilayotganda, u ko‘pincha biror asosiy hujjat (rejalar, hisobotlar, loyihalar)ga ilovatarzida bo‘lib, mazkur hujjatni umuman yoki uning ba’zi o‘rinlarini qisman izohlab, tushuntirib beradi. Bu xildagi tushuntirish xati, shuningdek, muassasada bo‘lib o‘tgan voqea­hodisaga, rahbarning ba’zi xatti­harakatiga, rejalashtirilgan ishlarning bajarilmay qolishiga ham izoh beradi yoki dalillaydi. Demak, bu holda tushuntirish xati mustaqil hujjat hisoblanmaydi, shunga qaramay, u muassasa xos ish qog‘ozida rasmiylashtiriladi va rahbar tomonidan imzolanadi. Ichki, boshqacha aytganda, shaxsiy tushuntirish xatlari, asosan, xodim (ishchi, xizmatchi, fermer xo‘jaligi a’zosi,talaba) tomonidan, ba’zan bo‘linmalar rahbarlari tomonidan muassasa rahbari nomiga yoziladi. Unda ish (o‘qish) jarayonida xodim (talaba) tomonidan sodir etilgan ba’zi xatti­harakatlar (masalan, ish yoki o‘qishga kech qolish, kelmay qolish, reja yoki ayrim topshiriqni bajarmaganlik, belgilangan tartib­qoidalarga rioya qilmaganlik va boshqalar) va ularning sabablari izohlanadi, dalillanadi. Bevosita xodim (muallif) tomonidan imzolanadigan bunday tushuntirish xati oddiy qog‘ozga yoziladi. Shaxsiy tushuntirish xatlari, odatda, mansabdor (rahbar) shaxsning talabi bilan yoziladi, chunki u keyinchalik xodim haqida muayyan qarorga kelish, unga nisbatan tegishli intizomiy jazo chorasi qo‘llash yoki, dalillar asosli (uzrli) bo‘lsa, qo‘llamaslik uchun asos vazifasini o‘tashi mumkin. Umuman, tushuntirish xati quyidagi zaruriy qismlardan iborat bo‘ladi:
1. Hujjat yo‘llanayotgan tashkilot yoki mansabdor shaxsning to‘liq nomi.
2. Hujjatni tayyorlagan (yozgan) muassasa yoki shaxsning to‘liq nomi.
3. Hujjat turining nomi (Tushuntirish xati).
4. Hujjat matni (mazmuni).
5. Imzo.
6. Sana (hujjat yozilgan vaqt).




Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə