My uztelecom



Yüklə 37,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix27.12.2023
ölçüsü37,07 Kb.
#163563
1   2
условия MyUZTELECOM (uz)

 
Bonusli 
paketlar narxi
 
Bonusli 
paketlarning 
amal qilish 
muddati
 
Bir martalik hisobni 
toʻldirish summasi (soʻm)
 
Mobile App 100 MB (pay) 
0 soʻm 
3 kun 
10 000 dan 24 999 soʻmgacha 
Mobile App 300 MB (pay) 
0 soʻm 
3 kun 
25 000 dan 44 999 soʻmgacha 
Mobile App 500 MB (pay) 
0 soʻm 
5 kun 
45 000 soʻm va undan yuqori 
2. Mobil aloqa abonentlari uchun bonusli Internet-paketlarni taqdim etish shartlariga 
izohlar: 
2.1.
1.3, 1.4, 1.5 bandlarida koʻzda tutilgan bonusli Internet-paketlar Oʻzbekiston 
Respublikasi hududida, “Oʻzbektelekom” AK GSM standartidagi mobil tarmogʻidagi 
abonentlar-jismoniy shaxslarga, shuningdek, “Mobil byudjet” xizmatiga ulangan yuridik 
shaxslarga taqdim etiladi. Taqdim etilgan bonusli Internet-paketlardan “Faol” holatda 
foydalanish mumkin. 
2.2.
Bonusli Internet-toʻplamlar UZCARD GSM, HUMO GSM, UzMobile M2M, 
UzMobile M2M yil, M2M basic tarif rejalaridan tashqari, cheklangan hajmdagi Internet-trafikka 
ega barcha tarif rejalarining abonentlari uchun taqdim etiladi. 
2.3.
Bonusli Internet-paketlar abonent raqamining profilida mobil ilova orqali bevosita 
harakatlar amalga oshirilayotgan abonent raqamiga taqdim etiladi, misol uchun, agarda mobil 
ilova bitta mobil qurilmada oʻrnatilgan boʻlib, ammo paket xarid qilingan raqam boshqa mobil 
qurilmada ishlayotgan boʻlsa, bonusli paket ikkinchi mobil qurilmaga taqdim etiladi. 
2.4.
Bonusli Internet-paketlar pulli Internet-paketlarga nisbatan bir turdagi paketlar 
boʻlib hisoblanmaydi va ularning amal qilish muddati hamda paketga kiritilgan trafikning 
sarflanishi tartibi alohida hisoblanadi. Agarda abonentda xarid qilingan Internet-paket mavjud 
boʻlib va bonusli Internet-paket faollashtirilgan boʻlsa, u holda trafik qoʻshilmaydi, amal qilish 
muddati esa har bir toʻplam uchun alohida belgilanadi. 
2.5.
Bonusli Internet-paket taqdim etilgan vaqtda abonentda shunga oʻxshash bonusli 
Internet-paket mavjud boʻlsa, u holda trafik va paketning amal qilish muddati qoʻshib 
hisoblanadi. Agarda Abonentga bir vaqtning oʻzida turli toifadagi ikkita bonusli Internet-paketlar 
taqdim etilgan boʻlsa, u holda trafik va har bir toʻplam uchun amal qilish muddati alohida 
belgilanadi. 
2.6.
Raqam yoki tarif rejasi oʻzgartirilgan hollarda bonusli Internet-paketlarni taqdim 
etish shartlari oʻzgarmaydi. 
1)
Bonusli Internet-paketlar sarflanishining ustuvorligi: 
2)
Kunduzgi paketlar doirasidagi trafik (soat 07:00 dan 18:59 gacha). 
3)
Bonusli Internet-paketlar. 
4)
Har kunlik Internet-paketlar (24 soatga berilgan kunlik paketlar). 
5)
Tarif rejasi doirasidagi Internet-trafik. 
6)
Paketlarni xarid qilish tartibida xarid qilingan boshqa Internet-paketlar. 


2.7.
Internet-paketlarni taqdim etish shartlari haqida xabardor qilish Kompaniya 
tomonidan amalga oshiriladi va bunda tegishli maʼlumotlar Kompaniyaning Internet 
tarmogʻidagi www.uztelecom.uz rasmiy saytiga hamda “My Uztelecom” mobil ilovasi 
interfeysiga joylashtiriladi va boshqa aloqa vositalari orqali eʼlon qilinadi. 
2.8.
Kompaniya bonusli Internet-paketlarni taqdim etish shartlariga oʻzgartirish kiritish 
huquqiga ega va bu haqda tegishli maʼlumotlar www.uztelecom.uz Kompaniyaning rasmiy 
saytiga joylashtiriladi va boshqa aloqa vositalari (mobil ilova interfeysi, SMS-xabarlar
va boshqalar) orqali maʼlum qilinadi. Ishtirokchilar tegishli oʻzgartirishlarni yuqorida 
koʻrsatilgan sayt orqali mustaqil ravishda tekshirib turishlari shart. 
2.9.
Mobil ilovani avvalroq yuklab olgan abonentlar bonusli Internet-paketlarga ega 
boʻlish uchun “My UZTELECOM” mobil ilovasini soʻnggi versiyaga yangilashlari kerak. 
2.10.
Holatni tekshirish mobil ilovaning interfeysi orqali, 9999 qisqa raqamiga
1002 raqamini tergan holda, SMS-xabarni yuborish yoki *100*2#, *107# USSD- buyrugʻi orqali 
amalga oshiriladi. 

Yüklə 37,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə