o ‘tqa, itka, ko'zum kabi).
U boshqa
— qozoq, qirg'iz kabi turkiy tillarda uchraydi). So‘z o ‘zak-
negizlarini bunday ikki xil talaffuz etish lahjaning har bir vakiliga
bolalikdan singgan bo'ladi. Qattiq unlili negizlarga qattiq, yumshoq
unlili negizlarga yumshoq unlili qo‘shimchalar qo‘shiladi:
otka,
xasqa, p a xtag ‘a
(sheva talaffuzi:
otqa, xosqo, poxtog‘a)\ ishka,
bizarga, sanga, maktabka, daskaga
(adabiy orfoepik:
otga, xosga,
paxtaga, ishga, bizlarga, senga, maktabga, doskaga)
kabi.
Singarmonizm (tanglay garmoniyasi) qonuniga ko‘ra quyi
ko‘tarilish, keng unli (a) qattiq o‘zak-negizlarda ochiq (o) shaklida
talaffuz etilganidek, yumshoq o‘zak-negizlarda yumshoq (a) tarzida
aytiladi. Masalan, badring (bedring), bahadir (bexedir), kitap (kiteb)
kabi.
Bulardan tashqari, “o” va
“a”,
va “o‘” unlilarining so‘z
bo‘g‘inlaridagi o‘mi ham adabiy til va shevalarda bir-biridan farq
qiladi. Bunday holat ham so'zlovchi nutqining adabiy normadan
chiqib ketishiga olib keladi. Masalan, adabiy tilda: balog‘at,
bashorat, anor, qanor, oza kabi. Adabiy orfoepik qozon, qora,
qorovul, holva so‘zlari qorluq lahjasining Qarshi guruh shevalarida
(Qarshi, Shahrisabz, Buxoro, Samarqand shahar shevalari) qazon,
qaro, qaravul, halvo tarzida aytiladi. Shuningdek, qipchoq
shevalaridagi
ura, urgan, Usup, Usan, Irgash, iyart
kabilar adabiy
til normasiga ko‘ra
o ‘ra, o ‘ragan, Yusuf, Husan, Ergash, ergashtir
shaklida talaffuz etiladi va hokazo.
73
0 ‘zbek adabiy tilida xalq shevalaridan farqli holda
ts
va
s
fonemalari amal qiladi: six va sex, semir va sement kabi. Shevalarda
bo‘lmagan
Dostları ilə paylaş: |