N. Bekmirzayev \'jj& notiqlik san’ati asoslari


Odamlarga yoqish va ular e’tiborini



Yüklə 5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/105
tarix28.11.2023
ölçüsü5 Mb.
#135210
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   105
Notiqlik san\'ati asoslari. Bekmirzayev N

Odamlarga yoqish va ular e’tiborini
qozonish qoidalari
1. Insonlarga yoqishning besh qoidasi.
Suhbatdoshingiz bilan chin dildan qiziqing!
Insonlarga ochiq chehra va nimtabassum bilan munosabatda 
i
bo'ling!
Unutmang, insonning ismi — uning uchun eng yoqimli va 
eng muhim ohangdir!
Eng yaxshi tinglovchi bo‘ling! Boshqalarga ko‘proq o £zlari 
to ‘g‘risida gapirishlariga imkoniyat bering!
Suhbatdoshingizni qiziqtiruvchi mavzular to ‘g‘risida ko‘proq 
gapiring!
2. Insonlar e’tiboriga erishishning o ‘n ikki qoidasi.
Tortishuvlar paytida ma’naviy balandlikda bo‘lishning yagona 
yo'li — bu tortishuvdan voz kechishdir!
Suhbatdoshingizning har qanday fikriga hurmat ko'rsating. 
Insonlarga hech qachon «nohaqsan» demang!
Agar siz nohaq bo‘lsangiz, tez va keskin tan oling!
Suhbatni do'stona ohangda boshlang!
Suhbatdoshingizni har qanday masalada fikringizga «Ha, 
to ‘g‘ri», deb aytishga undang va erishing!
Suhbat davomida kamroq gapiring, uning ko‘proq gapirishiga 
imkoniyat yarating!
Mazmunli fikrlami suhbatdoshingiz o'ziniki deb hisoblasin!
Har bir masalaga suhbatdoshingizning nuqtai nazari bilan 
qarang!
Boshqalaming fikri va xohishlariga ta’sirchan bo'ling!
Marhamatlik inson ekanligingiz bilinib tursin!
Kinolarda va radiolardagi eng yoqimli harakatlami o'zingizga 
singdiring va kinoradio qahramonlaridek harakat qiling!
Otashin, aniq, insonga ichki quwat beruvchi gaplarni gapiring!
109


3. Insonlarni xafa qilmasdan ularga ta ’sir ko‘rsatish va
hurmatiga sazovor bo‘lishning to‘qqiz qoidasi:
Gapni suhbatdoshingizni maqtab va yaxshi tomonlarini tan 
olish bilan boshlang!
0 ‘zgalarning xato-kamchiliklarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytmang, 
boshqalar misolida gapiring!
Oldin o‘zingizning xatolaringiz to ‘g‘risida gapiring va shundan 
so‘ng suhbatdoshingizni sekinlik bilan tanqid qiling!
Suhbatdoshingizga buyruq bermasdan, unga savol berish orqali 
ishni bajartiring!
Insonlarga o‘z muvaffaqiyatlarini saqlab qolishlari va yanada 
oshirishlariga imkoniyat bering!
Har bir insonning eng kichik muvaffaqiyatlarigacha qo‘llab 
gapiring!
Odamlar o‘rtasida sog‘lom, obro‘li muhit yarating va natijada 
ular shu darajada qolishga harakat qilsinlar!
Shunday qilingki, inson yo‘l qo‘ygan xatoliklarini osonlik bilan 
to ‘g‘rilashi mumkinligini va bu qiyin emasligini his etsin!
Shunga erishingki, insonlar sizning bergan taklif, mulohaza 
va ko‘rsatmalaringizni bajarib, natijalaridan o‘zlari zavqlansinlar!

Yüklə 5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə