N. Bekmirzayev \'jj& notiqlik san’ati asoslari


M a’ruzaga qiziqishni oshirish yo‘llari



Yüklə 5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/105
tarix28.11.2023
ölçüsü5 Mb.
#135210
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   105
Notiqlik san\'ati asoslari. Bekmirzayev N

M a’ruzaga qiziqishni oshirish yo‘llari
N otiq o ‘z faoliyatida asosiy e ’tiborni tinglovchilarning 
qiziqishini oshiradigan va mavzuning esda qolishida yordam 
beradigan quyidagi vositalar, usullar va uslublarni puxta ko‘rib 
chiqishga qaratishi kerak:
1. 
0 ‘rganilayotgan mavzuning nazariy va amaliy ahamiyatini 
tushintira olishi, uning ilmiy bilim sohasidagi ahamiyatini ko‘rsata 
olishi;
103


2. Dastlabki jumla va ma’ruzalaming boshlanish qismi, ularning 
tinglovchilar bilan aloqa o‘rnatishda va notiq nutqiga qiziqishni 
vujudga keltirishdagi roli.
3. Yangi muommolaming qo‘yilishi.
4. Bayon qilinayotgan materialning yangiligi.
5. Bayonning aniqligi, ko'rgazmaliligi va ommaviyligi:
Nutqning yorqinligi, obrazli va ta’sirchanligi maruzada yumor
va hazil-mutoyiba.
A. Komeychukning “Qanotlar” pyesasida quyidagi bir epizod 
bor. Yozning issiq kunlaridan birida kolxozda ochiq havoda ma’ruza 
o'qilayotir. M a’ruzachi Ovcharenko qog‘ozdan ko'zini olmay 
zerikarli tarzda ma’ruza o'qiydi va o‘qib bo'lgan varaqlami suvli 
grafin ostiga qistirib qo‘yadi. M a’ruza boshlanganiga ancha 
bo‘lganga o‘xshaydi, chunki grafin ostidagi varaqlar ko‘p, grafmdagi 
suv oz qolgan. Ko‘plar mudrab o‘tirishibdi. Kolxozchilardan biri 
Mefodiy esa hatto bemalol xurrak otib o‘tiribdi. Rais o‘midan 
turib bunday deydi: “Mefodiyning mo'ylabidan tortib ko'yinglar, 
b u naqa bem azagarchilik q ilm asin ” . K im dir M efodiyning 
m o'ylabidan to rta d i, u esa qichqirganicha o 'rn id a n turib 
quvonganicha so'raydi:
— Tamom qildimi?
Zerikarli, qiziqtirmaydigan, qogozga qarab o ‘qiladigan ma’ruza 
ana shunday qabul qilinadi. Afsuski, Shunday m a’ruzalar hamon 
uchrab turadi (E.A.Adamov. Т., “0 ‘zbekiston”, 1980. 3—4-betlar).
N o'noq notiqlaming hammasi bir-biriga o'xshaydi. Lekin har 
bir mohir notiqning o'z fazilati bor. Usta notiq gapirayotganida 
tinglovchilar bamisoli nafas olmay o'tiradilar, noshud notiq 
xuzurida esa bemalol xurrak otib ham yuboraveradilar. Ammo, 
m a’ruza tinglovchi ongida bilimlar boyligiga aylanmog‘i uchun 
nima qilish kerak?
Buning uchun fanning har qanday sohasiga oid har qanday 
mavzudagi m a’ruza uchta zaruriy fazilatga ega bo‘lishi lozim. 
Birinchi va eng asosiy fazilat ma’ruzaning mazmunli bo‘lishi, uning 
fikrlarga boy bo‘lishidir. G'oyaviy-siyosiy yo‘nalish va bilim qiymati 
eng qadrli narsadirki, bu narsa notiqqa muvaffaqiyat qozonish 
imkonini beradi. Notiq gapirayotgan narsasini yaxshi bilmasa, har 
qanday ajoyib shakl, har qanday iste’dod notiqqa yordam bermaydi.
104


M a’ruza mazmuni jihatidan chuqur ilmiy, shakly jihatidan 
yorqin bo‘lishi, hujumkor xarakterga ega bo‘lib, ommabopligi va 
tushunarliligi bilan ajralib turishi kerak.
Ikkinchi talab — muvofiqlik. Har bir ma’ruza mavzuga, davraga, 
joyga va auditoriyaga muvofiq boiishi lozim. M a’ruza — aniq 
manzilga ega bo‘lgan xatdir. Manzil noto‘g‘ri yozilganida xat 
yo‘qolib ketganidek, manzilga nomuvofiq qilingan ma’ruza ham 
bexuda ketadi.
Nihoyat biz yaxshi m a’ruzaga nisbatan qo'yadigan oxirgi, 
uchunchi talab — uning qiziqish tug'dirish xususiyatidir. Gulxan 
uchun shox-shabba qanchalik kerak bo‘Isa, ma’ruza uchun ham 
qiziqish shunchalik zarur. Gulxanni yoqib shox-shabba tashlab 
turmasangiz, u bir ozdan keyin o‘chib qoladi. Ma’ruzani boshlab, 
unga qiziqarli materiallar kiritib turmasangiz, tinglovchining e’tibori 
so‘nib qoladi.
Qiziqish nima? Biz bu tushuncha bilan duch kelib turamiz. 
Qiziqish notiq bilan tinglovchilar o'rtasidagi aloqadir. Istiqlol 
sharoitida xalqimiz m a’naviyatining o'sishi bilan bir vaqtda 
madaniyatning barcha sohalariga barqaror va yaxshi qiziqish oshib 
bormoqda. Qiziqish darhol e ’tibomi keltyrib chiqaradi, e’tiborga 
ega har bir ma’ruzada g‘oya muhim o'ringa ega. E ’tibor — bilim 
darvozasi bo‘lib, uni qizqish ochib beradi. Bizning idrok etishimiz 
notiqni qanchalik e’tibor bilan tinglashimizga bog'liq. E ’tibor esa 
ma’ruza qiziqarli yoki zerikarli o‘qilishiga qarab vujudga keladi 
eki barham topadi.
M a’ruzaga qiziqishni darhol barham qiladigan o ‘rinlar bor. 
N o tiq xabar q iladigan m a ’lu m o tla rn in g keraksizligi; bu 
ma’lumotlaming hayotdan, amaliy qiziqishlardan ajralib qolganligi, 
mazkur auditoriya uchun keraksiz axborotlaming ko'pligi; hayot 
bilan aloqaning yo‘qligi, eskirgan material va, nihoyat, shaklning 
yomonligi ana shunday faktorlar jumlasiga kiradi. Agar notiq 
ko'zini qog‘ozdan ololmasa, bu narsa tinglovchilarda qiziqish 
tug'diradi, deb o'ylamay qo‘ya qoling.
Nutqning ko‘rgazmali, ommabop aniq bo‘lmay quruq bo'lishi, 
yumomi pisand qilmaslik, his qilinadigan «emotsional asosning 
yo‘qligi qiziqishga barham beradi. Notiq nutq estetikasiga rioya 
qilmasa, «latta chaynarlik» qilaver-sa, jumlalarni yorqin va aniq 
qilib tuzmasa, ish pachava bo'ladi. Bulaming hammasi tinglov-
105


chilarni zeriktiradi, ular ko'zlari ochiq holda, ba’zan esa ko‘zlarini 
yumib olib uxlayveradilar yoki boshqa narsaga chalg‘iydilar. 
Qiziqarli ma’ruza hatto «uyquchi» tinglovchilami ham uyg'otib, 
e’tiborni jalb qilishi mumkin.
To‘g‘ri, notiqlar har xil bo'lishadi. Ularni ikki xil — o‘qib 
beruchilar va ijodkorlar deymiz. 0 ‘qib beruchi notiqning so‘zlari 
o‘lik bo‘lib, hayot belgilaridan mahrum bo‘ladi. M atn yozilgan 
varaqlar notiq tiliga osib qo‘yilgan toshlardir. Ular tilni og‘ir qiladi. 
Tinglovchilar bunday notiqlarni uncha hurmat qilmaydi. Ba’zan 
notiq qog‘ozga qarab juda chiroyli so‘zlarni o‘qib beradi, lekin 
ular tinglovchilami qiziqtirmaydi. Bu so'zlar kuzgi yaproqlarga 
o ‘xshaydi, ular chiroyli bo‘lishi mumkin-u, lekin ularda jon 
bo'lmaydi. Notiq hech qanday qog‘ozga qaramasdan mavzuni erkin 
bayon qilib berganiga nima yetsin. Xulosa shuki, matnni yozish 
mumkin va lozim, lekin uni shunday o'zlashtirib olish kerakki, 
natijada matnsiz ham gapirish mumkin b o ‘lsin. Bosh matnda 
boiganidan, matn boshda bolgani m a’qulroq.

Yüklə 5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə