N. Bekmirzayev \'jj& notiqlik san’ati asoslari



Yüklə 5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/105
tarix28.11.2023
ölçüsü5 Mb.
#135210
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   105
Notiqlik san\'ati asoslari. Bekmirzayev N

b o'yoq lar 
bilan bo‘yanish-chi? Bu talabaga 
berilgan topshiriqmi yoxud ishxona rahbarining topshirig‘imi? Yoki 
boshqalaming havasini keltirishmi, maqtanishmi, nima? Ayniqsa, 
ayollar va qizlarimizdagi qomatlarini bir maromda saqlab turishga 
bo‘lgan xatti-harakatlami aytmaysizmi?! Ana shunday tashqi shakl 
goezalligini saqlash va ta ’minlash uchun qanchalar vaqt va pul 
sarflanadi. Ayniqsa, shunday shaklu shamoyilga erishganlar orasida 
qisman bo'lsada, bechora va kambag‘al kishilar ustidan kulish va 
ularni mensimaslik kabi xatoliklarga yo‘l qo‘yish hollari uchraydi. 
Bu h oi u lard a g i m a n m a n lik n i k e ltirib c h iq a rm o q d a . 
Kamsitilganlaming esa dillari og'rimoqda.
Har bir odam o'zining shaklu shamoyil go'zalligiga vaqt va pul 
sarflash hisobiga erishadi. Agar odamlardagi shakl go'zalligiga 
ma’naviy-axloqiy go'zallik, muomala madaniyati ham qo‘shilsa 
bormi, nur ustiga a’lo nur bo'lardi. Bundaylami komillikka intilish 
yo'lidan borib, odamlarga shirin so‘zlari bilan ruhiy madad 
beradiganlar safiga kiritish lozim.
89


To‘g‘risini aytganda, pulni ham, vaqtni ham, so'zni ham tejab 
ishlatgan ma’qul. Chunki pul ham, vaqt ham, so‘z ham boylik. 
Ana shu so‘z boyligimizni qadrsizlantirmaylik.
Awalo muomala madaniyati salomlashishdan boshlanadi. 
Buning yorqin misolini o‘zbek xalq ertaklaridagi devlar, yalmog‘iz 
kampirlarning ham huzuriga kelgan kishilarga: — “Gar saloming 
bo‘lmaganda, ikki yamlab bir yutardim” — deb kechirgan holatlarini 
ham kuzatamiz. “So‘z boshi salom” deganlaridek, salomda gap 
ko‘p. Biroq salomlashishning ham o‘ziga yarasha qonun-qoidalari 
bor.
Bizda qadimdan amalidan qat’i nazar, o‘zidan bir yosh bo‘lsa 
ham katta kishilami senlab gapirish odobsizlik sanalgan. Bimiki
— mingga, mingniki — tum anga deganlardek, onda-sonda 
uchrasa-da, ba’zi 10—15 kishiga rahbar bo‘lib qolganlar o‘z qo‘l 
ostidagilarga senlab muomala qilishi g‘alati tuyuladi. Abu Lays 
As-Samarqandiy “Bo‘ston ul-orifin” kitobida: “Ey, farzand, 
salollohu alayhi vassallam kattami yo kichikmi, albatta sizlab 
murojaat etar edilar. Salollohu alayhi vassallamning har bir odatlari 
biz — mo'minlar uchun qonun bo‘lmog‘i shartdir” deb yozadi.
Muhtaram Prezidentimiz 2006-yilni “Homiylar va shifokorlar 
yili” deb atadi. Bunda juda katta ma’no bor. Chunki xalq sog‘ 
bo'lsa, taraqqiyot, o ‘sish, rivojlanish, qut-baraka, tinchlik va 
xotirjamlik bo‘ladi. El to ‘q va farovon hayot kechiradi. Aslida 
yashashning mazmuni ham sog‘liq va iqtisodiy farovonlikka bogliq.
M a’lumki, yil sayin tabobat ilmi kuchaygani sari, kasallik turlari 
ham ko'payib bormoqda. Hozir qayoqqa qaramang, dorixonaga 
ko'zingiz tushadi. Dorilar ko‘p, uni sotib olishga pul kerak. 
Kimlargadir bilinmas, ammo qo‘l uchida kun kechirayotganlar 
uchun og‘irlik qiladi. “Besh qo‘l barobar” emas deganlaridek, 
hammaning ahvoli ham birday yaxshi bo‘lib ketayotgani yo‘q. Bu 
holat oldin ham bor edi, hozir ham bor, keyin ham bo'ladi.
Ajdodlarimiz qadim zamonlardan beri arzon va hammabop 
dorini izlab keladilar. Ana shunday dori haqidagi fikrni ham 
bobokolonimiz Abu Ali ibn Sino topganlar. Buyuk allomaning 
fikriga qaraganda, bemorni dori-darmon bilan birga so‘z bilan 
davolagan ma’qul ekan.
Bir og'iz shirin so‘z... Qiziq, zamonaviy tibbiyot uskunalari, 
noyob chet el dori-darmonlari ham ojizlik qilganda, shu bir og‘iz
90


shirin so‘z yoki muomala kasalga ruhiy dalda, jismoniy qudrat 
bag'ishlaydi. Chunki shirin muomala bosh miyaga ta’sir qiladi. 
Bosh miya esa inson tanasidagi borliqni boshqaradi. “Yaxshi so‘z
— jon ozig‘i, yomon so‘z — bosh qozig‘i” deganlaridek, shifokor 
doimo shirin so‘z va muomala ustasi bo‘lmog‘i shart.
Bir rivoyatda keltirilishicha, Luqm oni Hakim ko‘chada 
ketayotib, bir qizning dam -badam qon tuflab ketayotganini 
kuzatibdi. Hakim qiz izidan tushib, qaysi darvozaga kirganini 
ko‘ribdi-da, qiz kirib ketgan darvozani taqillatibdi. Qizning otasi 
chiqib, tabibni tanib qolib uyiga taklif qilibdi. Suhbat orasida 
Luqmoni Hakim: “Qizingiz bedavo dardga chalinibdi, afsus 
muolajaning iloji yo‘q” , - debdi. Tabibning so‘zlarini qiz eshik 
ortida eshitib turgan ekan. Birdan yuragi tez urib, yiqilibdi va 
xushidan ketibdi. Shu bir og‘iz so‘z ta ’sirida qiz ruhiy dardga 
uchrab vafot etibdi. Oradan ma’lum fursat o'tgach, qizning otasi 
tabibni uchratib qolib:
— Taqsir, qizimning bedavo dardini qanday bilgandingiz? — 
deb so‘rabdi.
— Qizingiz ortidan kelayotib, uning qayta-qayta qon tuflaganini 
ko‘rgandim.
Bu javobni eshitgan ota peshonasiga urib:
— E, attang, qizim o‘sha kuni shotut egandi, siz ko'rgan tufuk 
shotut sharbati-ku! Eh, attang?.. — debdi.
Shunda tabib choldan uzr so‘rabdi. Shundan so‘ng Luqmoni 
Hakim:
— Bir so‘z bilan soppa-sog‘ odamni o'ldirish yoki bemorni 
shirin so‘z bilan sog‘aytirish mumkin ekan, degan xulosaga kelgan. 
Yunon tabiblari: “Dardni bilmasang, yaxshisi, bemorni tinch qo‘y” 
deb bekorga aytmagan ekanlar...
Bugungi kunda beburd, bebosh, betayin kimsalarning do‘q- 
po'pisa telefon qo‘ng‘iroqlaridan xastalanib yoki bu olamni tark 
etganlar ham yo‘q emas. So£zning qudratini ko'ryapmizmi?
0 ‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishini eslaylik. Bu 
ham oson kechm adi. 0 ‘sha kezlarda b ir guruh olim larni 
viloyatlarga “Til qonuni”ni ommaga tushuntirish bo‘yicha safarbar 
etishdi. Ular orasida kamina ham bor edi. 0 ‘shanda bir tumandagi 
ichki ishlar xodimlari bilan uchrashib, ma’ruzamni tugatdim. Men 
bilan birga yurgan tuman rahbarlaridan biri:
91


— Domlaga savollar bo‘lsa, marhamat, — dedilar. Shunda bir 
kapitan yigit ilmoqli, dilni larzaga keltiradigan qaltis savol bilan 
murojaat qildi:
— Domla, hozir matbuotda, radio, televideniyada nihoyatda 
qaynoq voqealar haqida yozilmoqda, shunga fikringizni bildirsangiz,
— deb qoldi. Savolni eshitishim bilan yuzimda qo‘rquv aralash 
nim tabassum paydo bo‘ldi. Bir zumda xayolimdan matbuotdagi 
b o ‘lar-b o ‘lmas, b a ’zan shaxsiy g‘arazgo‘ylik bilan yozilgan 
maqolalar o‘ta boshladi. Bildimki, u yigit o ‘zi bilsa-da, meni sinab 
ko‘rmoqchi. Agar men qaysi maqola haqida so‘rayapsiz, desam 
ham chalkashib ketishim turgan gap edi. Chunki hali to'lqin 
tinmagan. Agar daryodan yoki ariqdan bir chelak suvni olib, diqqat 
bilan kuzatilsa, chelakdagi suvda har xil gardlarni kuzatish 
mumkin. Chelakni bir chetga qo'yib bir necha daqiqadan keyin 
qarasangiz, cho‘kindilar chelak tagiga cho'kadi va suvni iste’mol 
qilish mumkin bo‘ladi. 0 ‘sha paytda e’lon qilingan maqolalar 
daryodan yoki ariqdan olingan chelakdagi suvning dastlabki holatini 
eslatardi. Lekin men savolga javob berishim shart. Shunda 
xayolimdan daraxtni kesayotgan bolta haqidagi rivoyat o‘tdi. Tanasi 
jarohatlanayotgan daraxt zorlanib:
— Sopi o'zimdanda, bo‘lmasa boltaning qo‘lidan hech ish 
kelmasdi-ya, deb ingragan ekan.
Demak, javobga savolning o‘zidan sop yasash kerak, degan 
fikr keldi miyamga va shunday javob berdim:
— Juda to ‘g‘ri va o‘rinli savol berdingiz, ukam. Haqiqatdan 
ham, matbuotda qaynoq voqelik haqida tinimsiz maqolalar chiqib 
turibdi. Sizga bir iltimosim bor, shu voqeliklar haqidagi maqolalarni 
qaynoqligicha iste’mol qilmang, og‘zingizni kuydirib qo'yasiz -
deyishim bilan zaldagilar chapak chalib yuborishdi. Yonimdagi 
tuman rahbari muovini ham cho‘chib o'tirgan ekan shekilli, birdan 
qo‘limni siqib tabriklay boshladi. Chapaklar tingach: — Ukajon,
— yana o‘sha savol bergan yigitga murojaat qildim: — o‘ta sovitib 
ham yubormang, tom og‘ingizni og‘ritib qo‘yasiz. Zalda yana 
chapak chalindi. Shundan so'ng garchi zaldagilarning javobdan 
ko‘ngli to'lgan bo‘lsa ham, haligi yigitni mulzamlikdan, hijolatdan 
chiqarish uchun muomala madaniyatini ishga solib Abdulla 
Oripovning quyidagi she’rini o ‘qib berdim:
92


Juda yaxshi deymiz, mana bu narsa,
G o‘yo hukm kabi yangrar so‘zimiz.
0 ‘ylab ko‘rganmiz-mi hech biror marta,
Xo‘sh, kimmiz o‘zimiz.
Juda yomon deymiz, mana bu narsa,
G o‘yo hukm kabi yangrar so‘zimiz.
0 ‘ylab ko‘rganmiz-mi hech biror marta,
Xo‘sh, kim biz o‘zimiz.
Kimgadir yoqamiz, biz o ‘zimiz ham,
Kimgadir yoqmaymiz biz ham o‘zimiz.
Shunchalik charxpalak ekan, bu dunyo,
Demak, nisbiy erur har bir so‘zimiz.
— deb gapimni tugatdim. 0 ‘sha yigit kelib, — Rahmat, domla, 
meni kechiring, — deb kechirim ham so‘raydi. Agar shu she’mi 
o‘qimasam, o‘sha yigitning dilini og‘ritgan bo‘lardim. Hayriyatki, 
bu hijolatdan qutuldim.
Hozirgi yoshlami “sodda” deb bo'lmaydi. Bugungi fan-texnika 
taraqqiyoti yoshlar va o‘smirlar ongini ancha charxlab o'tkirlashtirib 
qo'ygan.
0 ‘tgan asrning 50-yillaridagi katta-yu kichikni sodda, desa 
bo'ladi. Birgina misol: Paxta dalasini chigit ekishga tayyorlashda 
kuzda qilingan shudgordagi kesaklarni maydalash uchun zanjir 
oyoqli traktorga o‘nlab tishli baronlar taqilib, ortidan 8—10 metrli 
osti va ustining qalinligi 40 sm keladigan maxsus mola yog'och 
bog‘lanardi-da, ustiga 2—3 ta odam o‘tqazilardi. 0 ‘sha odamlar 
changdan himoyalanish maqsadida faqat ko‘zini ochiq qoldirib, 
boshi bilan burkab ro‘mol yoki biror matoni o'rab olardi. Bu 
mart—aprel oyining ikkinchi yarmiga to ‘g‘ri kelardi. Traktor esa 
kecha-kunduz ishlardi. Yog‘och mola ustida o'tirgan odam tunda 
navbat almashardi. Ba’zilari kechasi uxlab qolib oyog‘ini sindirib, 
shikastalanganlar ham bo‘lardi. Lekin brigadiming gapi ular uchun 
qonun edi. Endi, o‘ylaymizda, nahotki o‘sha payt rahbarlarining 
xayoliga kelmagan. Shu bitta odamning og'irligi 80—100 kilo kelar, 
shulaming o'miga 4—5 ta qopda tuproq solib yog‘och mola ustiga 
tashlab qo‘yilsa ham bo‘lardi-ku! Mana buni soddalik desa bo‘ladi.
93


0 ‘sha mehnatkash bechoralar bir-birining ko‘ngliga yarasha, dilini 
og'ritmaydigan muomalada bo‘lishardi. Qish kechalarida yig‘ilishib, 
televizor, radio yo‘q, qora chiroq yorug'ida biz o'quvchilarga tong 
otguncha dostonlami o‘qitib tinglashardi.
Biz tom ma’nodagi bozor iqtisodiyotiga kirib bormoqdamiz. 
Bunday sharoitda har kim o‘z molini maqtaydi:
Demoqchimizki, shu kunlarda faqat mahsulot, pul va boylik 
ketidan quvib, ma’naviyatni, imonni, jumladan, so‘z qadrini unutib 
qo‘ymaslik ham insoniy burchimiz. Shu kunlarda ko‘pchilikning 
sotuvchi va xaridorga aylanib borayotganligi ham rost.
Shu bois, sotuvchi xaridomi salom berib kutib oladi, uning 
kayfiyati bilan hisoblashadi, xushmomalalikni o ‘ziga odat qiladi 
va xatto so‘zning ham narxini biladigan darajaga erishadi. Aslida 
savdo va ma’naviyat, jumladan, muloqot odobi hamisha bir-biri 
bilan bog‘liqdir.
Agar o ‘tmishga nazar tashlaydigan b o ‘lsak, eng qadimiy 
davlatlardan biri hisoblangan Gretsiyada notiqlik san’atining 
rivojlanishida savdo ham muhim ahamiyat kasb etganligining guvohi 
bo‘lamiz? Chunki Gretsiya savdo davlati edi. Savdo aloqalarini, 
savdo ishlarini muhokama qilish va yakunini ko‘rib chiqish, 
qolaversa, xaridorlar sonini ko'paytirish uchun savdogarlar, so‘z 
san’atidan ham yaxshi xabardor bo‘lishlari talab etilgan.
Iqtisodning kelajagini, barqarorligini o'ylagan davlatlarda 
ham isha m oddiylikni m a’naviyatdan ajratib q o ‘ymaslikka, 
aksincha, m a ’naviyatni taraq q iy e ttirish orqali iqtisodni 
rivojlantirishga harakat qilinadi.
“Jumladan, mashhur sotsiolog olim Deyl Karnegi Amerikadagi 
biznesmenlarga (tabdirkorlarga) notiqlik mahoratidan dars bergan 
va ular o ‘rtasida tez orada katta shuhrat topgan. C hunki 
Kamegidan saboq olganlaridan keyin tadbirkorlaming kishilar bilan 
muloqotga kirishishlari ancha oson ko'chgan va ularning savdo 
ishlari juda jonlanib ketgan. Shuning uchun awaliga bu yigitcha 
savdogarlardan notiq tayyorlamoqchimi, deb o£ylagan va uning 
m a ’ruzalariga 2 dollarni ham k o ‘p k o 'rg an biznesm enlar 
keyinchalik Kamegining har bir kuni uchun 30 dollardan haq 
to ‘lab saboq olganlar” (S. M o'min “So'zlashish san’ati”, Farg‘ona, 
1997, 46-bet).
94


“T o ‘g‘ri so‘z tuqqaningga yoqm as” deganlaridek, b a ’zi 
haqiqatgo'y odam lar ham isha rost va haq gapni aytishdan 
tortinmaganlar. Faqat ular bir xil mazmundagi gapni turli ko‘rinish 
va har xil ohangda aytganliklari uchun ba’zilari jazo olib, ba’zilari 
mukofotlanganlar. Bir rivoyatda keltirilishicha: “Xorun ar-Rashid 
tush ko‘rsa, o‘ttiz ikki tishi tushib ketganmish. Shunda u munajjim 
va ta ’birchilarni chaqarib, tush ta ’birini so‘rabdi. M uabbir 
(ta’birchi)lardan biri:
— Ey, amir al-mo‘minin, butun qavm-qarindoshing va urug‘ 
aymog‘ing o ‘lib, o ‘zing yakka-yu yolg'iz qolar ekansan, — debdi.
Horun ar-Rashid yurak-bag‘ri ezilib, soquvnafas muabbimi 
yuz darra uringlar, deb buyuribdi. Ertasiga boshqa ta ’birchini 
chaqirib, tushining ma’nosini so'rabdi:
— Ey, amir al-mo‘minin, Alloh sizga uzoq umr, katta davlat 
bergan, siz qarindosh avlodlaringizdan ko‘ra uzoq umr ko‘rar 
ekansiz, — debdi.
Bu gapdan Horun sevinib:
— Ikkalasi ham bir gapni aytdi, ammo bunisi fikrini odob 
bilan, chiroyli iboralar topib aytgani uchun yuz dinor mukofotga 
sazovor bo‘ldi, birinchisi qo‘pol so'zlar aytib yuz darra edi”, — 
degan ekan.
Demak, har qanday yomon xabarni ham aql farosat bilan 
yumshoq qilib yetkazishga hamisha ajdodlarimiz amal qilishgan. 
Ba’zan oddiy gapni ham “tomdan tarasha tushganday” qilib 
yetkazish orqali har qanday odamni dovdiratib qo‘yish hollari 
muomala madaniyatini bilmaslikdan kelib chiqadi.
0 ‘zbek xalqining qadim iy udum lariga k o ‘ra, chaqaloq 
tug'ilgandan bir hafta o‘tar-o‘tmas uning qulog‘iga azon aytiladi. 
Chaqaloq vujudiga ilk bor Yaratganning nomi musulmon ohanglari 
kirib borarkan, bola tarbiyasi xuddi shu damlardan boshlanadi.
Ohang — so‘z va gapning libosi. V.G.Belinskiy: “Gap so£zda 
emas, ohangda, qaysi so‘zning qanday talaffuz etilishida”, — deydi. 
Ohang gapning mazmunini butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin. 
Afandining “Siz ahmoq, odam emassiz” deya uzr so'ragani kabi.
Bolangizga ertalab “Turaqoling, o‘giim !” degan jumlangizga, 
o‘g‘lingiz (buyruq, taklif, iltimos, yolvorish yoki yalinish) ohangiga 
qarab munosabat bildiradi. Agar buyruq ohangida aytadigan
95


bo‘lsangiz, bolangiz sizni “nimaga baqirasiz?” — deb jerkib soladi. 
Demak, bu muomala madaniyatini o'rniga qo‘ya olmaslik oqibati. 
Ham sizning, ham bolangizning kayfiyati buziladi.
Bir rivoyat o‘qigan edim. Tabib bemomi davolash uchun ilon 
izlab topadi. Yo‘lda kelayotib ilon tilga kiradi: — Sen meni o'ldirib 
zahrim bilan bir odamning hayotini saqlab qolmoqchi bo‘lyapsan, 
to ‘g‘ri-mi?
Tabib: — To‘g‘ri, — debdi.
— 
Endi quloq sol, — debdi ilon. — Bekor qilasan, bemor mening 
zahrim bilan tuzalmaydi. Agar biz chaqqanimizda tuzalar edi. Uni 
do‘sti chaqqan. Odamning zahrini ilonning zahri yo‘q qila olmaydi,
— debdi va so‘zida davom etibdi: — Bilasanmi, Alloh bizni shunday 
sovuq va badbashara qilib yaratdi, qo‘l-oyoq ham, aql ham 
bermadi. Ammo biz ilonlar bir-birim izni chaqmaymiz. Siz 
insonlarga esa aqlga qo'shib butun borliqni berdi. Shunda ham 
noshukurchilik qilib, bir-birlaringizni chaqasizlar, — debdi. Tabib 
ilonni o'ldirmay qo'yib yuboribdi. Haqiqatdan ham, bemomi o ‘z 
do‘sti chaqqan ekan, hech qanaqa dori kor qilmay olamdan o'tibdi. 
Tishi bilan chaqqan deb o'ylamang tili bilan, zahar zaqqum gaplar 
bilan chaqib boshiga yetgan. Shunday zaharli odamlardan o ‘zi 
asrasin. Bundaylarga qarab turib:
Namuncha zaharsiz, zaharsiz biram,
Turqingiz chaplashga chidamas qalam.
Buncha zaqqumni qanday yig'dingiz,
Yorilsa, to'kilsa rasvoi olam, (N.B.)
— degingiz keladi.
Agar siz odamning ko‘nglini ovlamoqchi bo‘lsangiz, muomala 
madaniyatingizni ishga soling, bu qo‘lingizdan keladi. Bunga osonlik 
bilan erishishingiz mumkin.
Inson qalbi “ochilmagan qo‘riq” .
Kimgadir yaxshilik istasa ko'ngling,
Guldayin ochilar yonog‘ing, yuzing.
Tik qarab turasan qochirmay ko‘zing,
Ishonchli chiqadi, har aytgan so'zing. (N.B.)
96


Qadimda donishmandlardan o'ntasi yig‘ilib, “bu dunyoda kim 
baxtli hayot kechiradi? degan savolga javob izlashibdi. Hammalari 
bir flkrga kelishib: “Bu dunyoda shirin muomalali odam baxtli 
yashaydi, deyishibdi. Shunda ulardan biri” agar u mehnatkash 
bo‘lsa”, — deb qo'shimcha qilgan ekan.

Yüklə 5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə