N. Bekmirzayev \'jj& notiqlik san’ati asoslari


Nutq a’zolari va ularning



Yüklə 5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/105
tarix28.11.2023
ölçüsü5 Mb.
#135210
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   105
Notiqlik san\'ati asoslari. Bekmirzayev N

83


Nutq a’zolari va ularning
nutqdagi vazifasi
Nutq tovushlarini hosil qiluvchi a ’zolar nutq organlari deb
yuritiladi.
Bular: o‘pka, ikki bronx, traxeya, kekirdak, bo‘g‘iz, 
hiqildoq, halqum, og‘izbo‘shlig‘i, yumshoq tanglay, qattiq tanglay, 
til, tishlar, lablar, burun bo‘shlig‘idir. Ana shu a’zolarning hammasi 
birgalikda nutq apparati hisoblanadi. Nutq apparati to ‘rt qismdan 
iborat:
1. Bo‘g‘izdan quyi qism (o‘pka, bronxlar, traxeya);
2. Bo‘g‘iz bo‘shlig‘i (halqasimon, piramidasimon, qalqonsimon, 
tog'aysimonlar va tovush paychalari);
3. Og‘iz bo‘shlig‘i (til, qattiq tanglay, yumshoq tanglay, kichik 
til, tishlar, lablar);
4. Burun bo‘shlig‘i.
Bu to'rt qism nutqning hosil bo'lishida ma’lum vazifani bajaradi.
Nutq tovushlarining hosil bo‘lish manbai o‘pkadan chiqadigan 
havo (nafas)dir. Demak, o'pka havoni yuborib turadi. 0 ‘pkadan 
chiqqan havo (nafas) ikkita bronx va traxeya orqali o‘tadi. Chiqib 
kelayotgan nafasni tovush hosil qiluvchi holatga keltirishda qorin 
bilan ko'krak qafasini ajratib turuvchi parda (diafragma) xizmat 
qiladi. Ammo hali nutq tovushlari hosil b o 'lm a y d i.»N utq 
apparatining birinchi qismi nutq tovushlarini chiqarish uchun 
tayyorlov bosqich hisoblanadi. Nutq tovushi ikkinchi qismda paydo 
bo'ladi. Bunda quyidan kelgan havo oqimi tovush paychalariga 
kelib uriladi va rangsiz tovush hamda shovqin hosil qiladi. Nutq 
tovushi tovush paychalarining tebranishi natijasida yuzaga keladi. 
Tovush paychalarining taranglashuvi va titrashi oliy asab 
sistemasining signali asosida taranglashadi va titraydi. Bu titrash 
shakllanmagan past tovushni hosil qiladi. Nutq tovushlari uchinchi 
va to'rtinchi qismlarda, ya’ni og‘iz bo‘shlig‘ida hamda burun 
bo‘shlig‘ida shakllanadi. Bunda bo‘g‘iz, tomoq, yumshoq tanglay, 
hiqildoq, qattiq tanglay, til, tishlar, lablar, burun bo‘shlig‘ida 
shovqin hamda ovoz kuchayadi, tovushlar “rang” oladi. Tovush 
paychalaridan chiqqan kuchsiz tovush tom oq, og‘iz, burun 
bo‘shliqlariga urilib kuchayib boradi. Demak, ular rezonatorlik 
vazifasini o‘taydilar. Og‘iz bo‘shlig‘i to‘rining yuqori qismida kichik 
til, yumshoq tanglay, qattiq tanglay, uning oldida yuqori qator
84


tishlar, ustki lab, og‘iz bo‘shlig‘ining quyi qismida til, pastki tishlar 
va lab joylashgan. Bo‘g‘izdan kelgan ovozli havoning qayerdan 
o'tishi quyidagicha: agar yumshoq tanglay yuqori tortilib, kichik 
til orqaga surilib tomoqqa tegsa, burun bo‘shlig‘i yo‘li yopiladi va 
ovozli (yoki shovqinli) havo og'iz bo‘shlig‘idan o‘tadi. Bu ovozli 
(shovqinli) havoga oliy asab sistemasi buyrug‘iga asosan kerakli 
nutq a’zolari shakl beradi. Yuqori tanglay pastga tortilib, kichik 
til oldinga surilsa, og‘iz bo‘shlig‘ining havo yo‘li yopiladi, ovozli 
(shovqinli) havo burun bo‘shlig‘idan o‘tadi. Burun tovushlarining 
hosil bo'lishida og‘iz bo‘shlig‘idagi nutq a’zolari ham ishtirok etadi.
Nutq a’zolari harakatlanishiga ko‘ra nofaol va faol a’zolarga 
bo'linadi. Harakat qiluvchi nutq a’zolari faol hisoblanadi. Ularga 
til, lablar, yumshoq tanglay, kichik til, tovush paychalari kiradi. 
Nofaol a’zolarga tishlar, qattiq tanglay, burun bo‘shlig‘i kiradi.
Faol nutq organlari ichida eng harakatchani tildir. U deyarli 
hamma nutq tovushlarining paydo bo‘lishi va shakllanishida 
ishtirok etadi. Tilning holatiga ko‘ra tovushlar til oldi, til o'rta, til 
orqa tovushlar deb yuritiladi. Tilning old qismida 

Yüklə 5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə