N. Bekmirzayev \'jj& notiqlik san’ati asoslari


Oldir- keltir, burga-burka



Yüklə 5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/105
tarix28.11.2023
ölçüsü5 Mb.
#135210
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   105
Notiqlik san\'ati asoslari. Bekmirzayev N

Oldir-
keltir, burga-burka
kabi. Ko‘p bo‘g‘inli 
mantiq, ittifoq, ishtiyoq
kabi so‘zlar egalik qo‘shimchalari bilan turlanganda 
q
tovushi 
g ‘
ga o'tmaydi. Ammo o'zbek adabiy tili normasiga ko‘ra ko‘p bo‘g‘inli 
so‘zlar egalik qo'shimchalari bilan o‘zgarganda so‘z oxirida kelgan 
q
tovushi 
g ‘
ga, 
к
tovushi 
g
ga aylanadi.
Adabiy talaffuz ba’zi bir uslubiy xususiyatlarga ham egadir. 
Ba’zan so‘z, so‘z birikmalarining oddiy talaffuzidan nazmiy yoki 
kitobiy talaffuzi farq qilib turadi. Bunday talaffuzda so‘zlar uslubiy 
bo'yoqqa ega bo‘ladi. So‘zlashuv nutqida esa ular uslubiy bo'yoqsiz 
aytila beradi. Shuni aytish kerakki, tildagi ba’zi bir so‘zlargina 
bunday uslubiy bo'yoqqa egadir. Siyosatga, fanga, san’atga, 
texnikaga aloqador so'zlarning bir qismi uslubiy bo'yoqlidir, xolos.
74


So'zlarning talaffuzi turli shaxslarda turli nutq sharoitlariga ko‘ra 
qandaydir darajada o'ziga xoslik kasb etishi mumkin.
Ommaviy chiqishlarda notiqlik
san’atining ahamiyati
N otiqlik san ’ati — ijtim oiy hodisa. Ayniqsa, ommaviy 
chiqishlarda notiqning nutqi va uslubi muhim ahamiyatga ega. 
Ommaviy chiqishlar hamma uchun, uning tinglovchilari: oddiy 
dehqondan tortib, injenergacha, pedagogdan tortib tibbiyot 
xo d im ig ach a, o ‘qu v ch id an to rtib talab ag ach a, boringki, 
jam iyatim izda taraqqiyot uchun xizmat qiladigan ommaga 
m o‘ljallanadi. Go'yoki badiiy asar o ‘z bahosini faqat adabiy 
tanqidchidangina emas, o'quvchilar ommasidan kutgani kabi 
ommaviy chiqishlarda so‘zlanadigan nutqning tinglovchilari turli 
toifadagi odamlar bo'lishi mumkin. Aniqroq aytadigan bo'lsak, 
teleko'rsatuvlardagi nutqday, ko‘pchilikka manzur bo‘ladigan 
(televedeniyedagi hamma ko‘rsatuvlarni ommabop deyish qiyin) 
sodda uslubdagi yoshu qari tushunadigan va uni eshitib fikrlaydigan 
aniq, ravon va xalq tilidagi va dilidagi nutq bo‘lishi kerak.
Ommaviy chiqishlardagi nutqda to ‘g‘rilik, ma’nan yetuklik va 
lo‘ndalik kabi sifatlar o‘z aksini topmog‘i lozim. Nutqning to‘g‘riligi
— adabiy til normalariga mosligidir. Nutq o‘zida adabiy tilning 
fonetik, talaffuz, lug‘aviy so‘z yasalishi, grammatik (morfologik, 
sintetik), uslubiy normalarini mujassalashtirgan bo'lishi lozim.
Adabiy til uchun begona unsurlari bo'lmagan, axloq normalari 
tan olmaydigan so'zlardan xoli bo'lgan nutq sof nutq hisoblanadi.
Ommaviy chiqishlarda notiq o‘z nutqining adabiy normalar 
darajasida bo‘lishiga erishmog‘i lozim. 
0 ‘z
shevasiga xos bo'lgan 
til vositalarini nutqqa o‘rinsiz olib kirish nutqni buzadi. Shunisi 
ham borki, adabiy tilda varianti bo'lmagan, biroq shevada mavjud 
bo'lgan so‘zlami, fikmi oydinlashtirish maqsadida olib kirilsa va 
izohlansa, nutqqa sayqal bag‘ishlaydi. Chunki tilimizning behisob 
boyligi shevalarda mujassam. Hali ham ular umumxalq mulki 
bo‘lgan adabiy tilga olib kirilgan emas. Bu o'rinda A.Qahhorning 
Qo‘qon shevasidagi “sinchalak” so'zini butun boshli asarining 
nomi darajasiga ko‘tarishini eslash kifoya.
75


Bugungi k u n d a b a ’zi o ‘z la rin i 
“ m a d a n iy a tli” qilib 
ko‘rsatmoqchi b o ig an yoshlarimiz nutqida ruscha-o‘zbekcha 
so‘zlami aralashtirib gapirishlari oqibatida nutqda varvarizmlarning 
ko'payishi sodir bo‘lmoqda. Ko‘pgina yoshlarmizning o‘z nutqini 
nazorat qilmasligi, ma’qul so‘z qidirishda erinchoqlik qilishi, ruscha 
atamalarning o ‘zbekcha shakllarini bilmasligi, ayrim hollarda 
o ‘zining ruschani ham bilishligini namoyish etishga intilishi 
orqasida varvarizmlar nutqimizga kirib kelmoqda va bunga 
quloqlarimiz ham o'rganib bormoqda: “Karoche senga zvanit 
qilam an” , “Bratan bu masalani shes sekundda est qilamiz” , 
“Dvijeniya bo‘laptimi” , “Molni “nal”gam, perichisleniyagam 
olamiz” , “Yur, kafega prosto perekusit qilamiz, svejiy sosiska 
kelibdi” , “ Shefing gapida turad im i?” “ Karoche bu sening 
problemang” , “Gul, ti je znaesh, men simpotichniy yigitlarni 
y o q tira m an ” kabi. Bunday nutq tinglovchiga t o ‘la yetib 
bormaganidan tashqari, uning izzat-nafsiga tegadi, ranjitadi, 
so‘zlovchiga nisbatan masxarali kulgu qo‘zg‘atadi.
Ommaviy chiqishlarda nutq so'zlayotgan ba’zi shaxslar o‘z 
nutqlarida ayrim so‘zlarni o ‘rinli-o‘rinsiz ko‘p takrorlaydilar. 
Bunday takrorlanadigan 

Yüklə 5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə