N. Bekmirzayev \'jj& notiqlik san’ati asoslari


x o ‘sh, x o ‘p , dem ak, ayta ylik , y a ’ni



Yüklə 5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/105
tarix28.11.2023
ölçüsü5 Mb.
#135210
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   105
Notiqlik san\'ati asoslari. Bekmirzayev N

x o ‘sh, x o ‘p , dem ak, ayta ylik , y a ’ni,
olaylik, masalan, haligi, anaqa
kabi so'zlar parazit so‘zlar deb 
yuritiladi.
Aniqlik nutqning muhim fazilatlaridan biri sifatida qadimdan 
ma’lum. G ‘arb va Sharq olimlari ham aniqlikni nutq sifatlarining 
birinchi sharti hisoblaganlar. Kaykovus: “Ey farzand, so'zning 
yuzin va orqasin bilg‘il va ularga rioya qilg‘il, har na so‘z desang 
yuzi bila degil, to suxango'y bo‘lg‘aysan. Agar so‘z aytib, so‘zning 
nechuk ekanin bilmasang qushga o‘xsharsanki, unga to‘ti derlar, 
ul doim so'zlar, ammo so‘zning ma’nosin bilmas” , - deydi.
Shunday qilib, aniqlik nutqning aloqaviy fazilatlaridan biri 
bo'lib, u ashyoviy borliq bilan nutq mazmun rejasining mosligi 
sifatida yuzaga chiqadi. Boshqacha aytganda, ifodalangan 
tushunchalar tizimida so'zlarni ularning tildagi m a’nolariga mos 
holda qo'llashda ko'rinadi.
Nutqda bayon etilgan fikming qismlari va alohida fikrlarning 
o'zaro mutanosibligi mantiqiylik deb yuritiladi. Mantiqli nutqda 
gaplardagi fikrlar butun nutqdan kelib chiqadigan fikming qismlari 
hisoblanadi, ular orasida ziddiyat bo‘lmaydi.
76


Notiq nutqining muhim fazilatlaridan biri ifodalilikdir. Shu 
nuqtai nazardan qaralganda, ommaviy chiqishlarda notiqlarning 
nutqlari xilma-xildir. Hatto bir mavzuga bag‘ishlangan turli 
kishilarning nutqi turlich a ifodalanishi m um kin. Bunday 
nutqlaming biriga tinglovchi qiziqib qarasa, boshqachasiga nisbatan 
loqayd munosabatda bo'ladi. Nutqni ravon qilishda mavzu va 
xabarning mantiqi, dalillaming yangiligi, mualiifning ta’sir o'tkazish 
vositalari, nutqning struktura xususiyatlari muhimdir.
0 ‘z tu z ilish i, x u su siy a tla ri, fa z ila ti, xossalari b ilan
tinglovchining fikr va tuyg‘ularini, diqqatini yorqinlashtirgan, 
aytilganlarda qiziqish uyg‘otgan nutq ifodali nutq hisoblanadi.
Ommaviy chiqishlarda notiq ifodalilikka qanday erishishi 
mumkin? Tilshunos B.N.Golovan ifodalilikka erishishning yettita 
shartini ko‘rsatadi.
Birinchidan, nutq muallifi tafakkurining erkin, mustaqil 
bo'lishi. Siyqasi chiqqan gaplarga bog'lanib qolgan shaxsning nutqi 
yuksak ifodalilikka erisha olmaydi. Chunki bunday notiq erkin 
tafakkur qilmaydi, nutqiga sharoitga munosib ifodaviy vositalarni 
kirita olmaydi, ular ustida o‘ylamaydi, o‘ylay olmaydi.
Ikkinchidan, nutq muallifi nima haqida so‘zlayotganini, 
kimlarga so‘zlayotganligini bilishi, shunga qiziqishi, beparvo 
bo‘lmasligi lozim.
Uchinchidan, tilni, uning ifoda vositalarini, imkoniyatlarini 
yaxshi bilish (bunga til fanini bilish orqali erishiladi).
To'rtinchidan, til uslublari (badiiy, ilmiy, publitsistik, so‘zlashuv 
kabi) xususiyatlari, xossalarini bilish.
Beshinchidan, nutqiy malaka ustida muntazam va ongli mashq 
qilish. Bunda olingan bilimni malakaga aylantirish muhimdir. 
So‘zlayotganda kishi uzoq o ‘ylab nutqni ifodali qiladigan vositalarni 
topa olmaydi. Buni vaqt taqozo etmaydi. Bu borada bizga 
malakamiz yordamga keladi. U tezlik bilan bizga nutqni ifodali 
qiluvchi vositalarni topib berishi, keraksiz vositalarni uzoqlashtirishi 
lozim. Ammo bunga qanday erishish mumkin? 0 ‘qigan badiiy, 
ilmiy va boshqa asarlarning tiliga ongli munosabatda bo‘lish, til 
vositalarini tahlil etish, yodlash, ulardan foydalanib nutq so'zlash 
mashqlari o ‘tkazish ifodali so‘zlash yuzasidan malaka hosil 
qilishning birdan-bir to ‘g‘ri yo‘lidir. Kishi doimo o ‘z nutqiy 
malakasini boyitishi, oshirib borishi zarur.
77


Oltinchidan, so‘zlovchining ifodali so‘zlashga bo‘lgan ongli 
ishonchi, ruhan tayyorgarligi. Kishi o ‘ziga-o‘zi mening nutqim 
ifodasiz, nochor va qashshoq, shunga ko‘ra yorqinroq, ifodaliroq 
so‘zlashim uchun kitoblar o ‘qishim , ulardan tilning ifoda 
vositalarini, maqol, hikmatli so‘zlarni, iboralarni o‘rganishim zarur 
deya olishi kerak.
Y ettinchidan, tilda nutqning ifodaliligini t a ’m inlovchi 
vositalarning bo'lishi. Ular tilda borligi uchun ham biz o ‘z 
nutqimizda ifodalilikka erishamiz.
Yana eng muhim jihat talaffuzning tiniqligi, so‘z tanlash, har 
bir so‘zga ohangdan libos kiydirilishi lozim. Gapning grammatik 
qurilishi til qonun-qoidasiga asoslanmog'i shart. Nutq davomida 
keltirilgan she’riy misollar nutqdagi fikrlami qo‘llab-quwatlashga 
va mustahkamlashga xizmat qilishi tinglovchilar qiziqishini oshiradi.
Ommaviy chiqishlardagi nutqning og‘zaki (matn bo‘Isa ham) 
matnga qaramasdan o‘qilishi, iloji bo‘lsa, mikrofonsiz so'zlanishi 
tinglovchi omma e’tiborini yanada o‘ziga jalb etadi. Bunday nutqda 
ilmiy jumlalar, chet tillardan olingan so‘zlar me’yorini saqlash 
ham notiqqa mas’uliyat yuklaydi. Demak notiq har bir so‘zning 
sodda sh a k lin i ta n la m o g ‘i, sheva va ja rg o n s o ‘zlard an
foydalanishning afzal tom onlari va m e’yorlarini bilm og‘i, 
varvarizmlardan, o‘rinsiz ko‘p takrorlanadigan parazit so‘zlarni 
ishlatishdan umuman voz kechmog'i lozim bo'ladi.
Bugungi kundagi ommaviy chiqishlarda mafkuraviy va ilmiy- 
targ‘ibot odamlar o ‘rtasida maxsus m a’ruzalar qilish, har xil 
suhbatlar uyushtirish kabilar orqali amalga oshiriladi. Ana shu 
m a’ruzalar, suhbatlar va har xil chiqishlarning ommaga qay 
darajada ta’sir qilishi; ulami ishontirish, kayfiyatlarini o'zgartirish, 
ular diqqatini qo‘yilayotgan masalalarga tortish notiqdan juda katta 
mahorat talab qiladi. Chunki har bir nutq ommani ishontira 
oladigan, ularga tushunarli, yorqin, ta’sirchan, mantiqli va aniq 
bo'lgandagina kishilarga o'zgacha ta ’sir qiladi. Ana shularni 
ta’minlagan notiq esa o‘z oldiga qo'ygan maqsadga to ‘la erishadi.
Taniqli n o tiq la r o ‘z n u tq larin in g nam unali b o 'lish in i 
ta’minlashda quyidagi asosiy holatlarga alohida e’tibor berganlar:
1) 
o‘zi to'xtalmoqchi bo‘lgan masala yoki mavzuni chuqur 
o'rganish, o ‘zlashtirib olish, undagi masalalarga o‘z munosabatini 
aniq belgilab olish;
78


2) o‘z dunyoqarashiga ega bo‘lish, so‘z bilan ish birligi, nazariya 
bilan tajribaning dialektik birligiga erishish, fikrlarni ilmiy asoslash;
3) mavzuga mas’uliyat bilan yondoshish, uni omma oldida 
to ‘liq ochib berishga, yoritishga diqqat qilish;
4) ommaviy chiqishlar paytida tinglovchilar bilan nihoyatda 
yaqin aloqa, muloqotni ta’minlash. Tinglovchilarning kayfiyatini 
his qilib turish, bu orqali esa ularning notiq fikrlarini faqat tushunib 
olishlarinigina ta’minlamasdan, bu fikrlarga ishontira olish;
5) har bir nutqqa jiddiy tayyorgarlik ko‘rish, jumladan, gapni 
nimadan boshlashdan tortib, nima bilan tugatishgacha jiddiy o‘ylab 
olish, masalalarni o ‘rtaga tashlash ketma-ketligini yaxshi belgilab 
olish, ularning o‘zaro bog‘lanishini ta ’minlash, m a’lum rejalar 
yoki reja-konspektlar tuzib olib, o‘zi uchun alohida va keng 
to ‘xtalishi zarur bo'lgan o‘rinlarni belgilab olish va boshqalar.
Ommaviy chiqishlarda nutqni ta ’minlovchi asosiy omillar 
yuqorida sanab o ‘tilganlar bilan cheklanmaydi, albatta. Shu 
omillarni yuzaga keltirishda beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan yana 
bir omil ham borki, bu, yuqorida aytganimiz, tilni yaxshi bilish, 
undan o ‘rinli va to ‘g‘ri foydalanish malakasiga ega bo'lish — nutq 
madaniyatini egallashdir. Mavzuni chuqur bilish, masalalarni 
to ‘g‘ri anglash, ularga munosabat, tushunarlilikni, ta ’sirchanlikni, 
aniqlik va mantiqlilikni ta’minlash, bulaming hammasi til orqali, 
uning bevosita ishtirokida amalga oshiriladi.
Notiqlik san’ati esa olam-olam mazmunni go‘zal ifodalab berishga 
asoslanadi. Ma’lumki, notiqlar ham har xil bo'ladi. Har biri o‘z 
nutq uslubiga, o‘ziga xos bilimga, o‘zini tuta bilish, omma bilan til 
topa bilish mahoratlariga ega bo'ladi. Aristotel to‘g‘ri ta’kidlaganidek, 
nutq zamiridagi fikrlar gapiruvchi shaxs orqali gavdalanadi va uning 
nutqi davomida yuzaga keladi. Demak, har bir notiq o'ziga xos 
ovozga, o‘ziga xos uslubga ega bo‘lishi lozim. Biroq, baribir har bir 
notiq Alisher Navoiy o‘zining “Mahbub ul-qulub” asarida keltirgan 
“Ko'ngil xazinasining qulfi — tilo; U xazinaning kalitini — so‘z 
bil”, “Ko‘p, bemaza so'zlaydigan ezma — kechalari tong otguncha 
tinmay huradigan itga o'xshaydi”, “Xushsuxan odam yumshoqlik 
bilan do‘stona so‘z aytadi: ko‘ngliga tushishi mumkin bo‘lgan yuz 
g‘am — uning so‘zi bilan daf bo‘ladi. So‘zda har qanday yaxshilikning 
imkoni bor”... “Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir...”, 
“Tilning ixtiyorini qo‘lingda asragil; so‘zingni ehtiyotlik bilan so‘zla.
79


Vaqtida aytish kerak bo‘lgan so‘zni asrama; aytish kerak bo‘lmagan 
gapning yaqiniga yo‘lama. So‘z borki, eshituvchining taniga jon 
kirgizadi; so‘z borki, gapiruvchining boshini yelga uchiradi. Tiling 
bilan dilingni bir tut; tili va dili bir kishining aytgan so'zi — but. 
So'zni ko‘ngilda pishitmaguncha tilga olma” kabi hikmatlarga jiddiy 
amal qilishi lozim. Bu haqda keyingi paytlarda ko‘pgina o‘zbek 
adiblari, so‘z san’atkorlari, adabiyotshunos va tilshunos olimlar 
ham o‘z fikr-mulohazalarini bayon qilmoqdalar.
A.Qahhoming “Til haqida nutq” maqolasidagi (“Yoshlik” 
jumali, 1987-yil, 9-son) quyidagi fikrlari bunga misol bo‘la oladi:
“Juda boy, chiroyli tilimiz bor. Bu tilda ifoda etib bo‘lmaydigan 
fikr, tuyg‘u yo‘q!
Afsuski, radiomiz ko‘pincha xalq bilan mana shu boy, chiroyli, 
purqudrat tilda gaplashmaydi. Odamlarki bor, bisotidagi bir xovuch 
so‘zni aylantirib oyligini olaveradi; o‘qish-o‘rganish bilan o‘zbek 
tilining imkoniyatidan to ‘laroq foydalanishni istamaydi yoki bunga 
farosati etmaydi. Mana shunaqa odamlarning “ilmiy faoliyati” 
oqibatida shunday bir til vujudga kelganki, na muomalada, na 
oilada, na suhbatda hech kim bu tilda gapirmaydi; na oshiq 
ma’shuqasiga, na ota bolasiga, na bola onasiga bu tilda xat yozadi. 
Radio xodimlarining o‘zlari ham o‘zaro bu tilda gaplashmaydi. 
Bu tilni faqat mikrofon ko‘taradi. Bunga faqat mikrofon'toqat 
qiladi” ...“Ba’zan raislar, brigadirlar mikrofonga chaqiriladi. Hozirgi 
vaqtda texnika hatto duduq odamni ham gapirtirishga imkoniyat 
berishiga qaramay, brigadirlarning qo‘liga no‘noq jurnalist yozgan 
m atnni berib, shuni o‘qishga majbur qilishadi” ... “Institutni 
bitirgandan keyin joylarga borib o ‘quvchilarga ingliz, nemis, 
fransuz, ispan tillarini o‘rgatasizlar. Mening sizlarga aytadigan 
eng zarur gapim shuki, sizlar joylarga chet tillar bilan birga (balki 
birinchi navbatda) o ‘z ona tilimizga — o ‘zbek tiliga cheksiz 
muhabbat tuyg‘usini olib boringlar! 0 ‘zbek tili g‘oyat boy, nihoyat 
chiroyli, har qanday fikr va tuyg‘uni ifoda qilishga qodir ekanini 
amalda ko‘rsatinglar; qayerda va qanday sharoitda ishlamanglar, 
til madaniyatimizning mash’ali bo‘linglar!
Men bu gapni tilimizning boyligiga daxl qiladigan, husn, 
latofotini buzadigan, tilimizni tahqir qilishga qaratilgan qiliqlarga 
barham berish maqsadidagina aytayotganim yo‘q. Bu gapning faqat 
tilimizgagina emas, tuzumimizga ham aloqasi bor...” .
80


Abdulla Qahhor qariyb yarim asr oldin aytgan bu fikrlar 
bevosita notiqlarga ham tegishli bo‘lib, umuman til vositalaridan 
ustalik bilan foydalanishga e ’tiborni tortishdan tashqari, nutq 
madaniyati uchun ham taalluqlidir.
Har qanday notiq nutqning madaniyatli bo‘lishini ta’minlashga 
harakat qilar ekan, awalo, o‘z ona tilining bebaho ne’matlaridan 
foydalana olishi, so‘z qadriga eta bilishi kerak. Bundan tashqari, 
nutqning go‘zal, latofatli, m a’nodor va olijanob bo‘lishi uchun, 
kishining o ‘zi ham tabiatan samimiy, musaffo bo‘lishi kerak. 
Chunki hamma vaqt ham chiroyli so'zlami qatorlashtirib tashlash, 
balandparvoz jum lalar tuzish bilan madaniy nutqqa erishib 
bo‘Imaydi. Bu o'rinda Aristotelning quyidagi fikrlari o ‘rinlidir: 
“Noyob so'zlar, metaforalar, cho‘zilgan va boshqa so‘zlarni g'alati 
deb atayman. Lekin kimdir butun nutqni shunday asosda tuzsa, 
yo topishmoq, yo varvarizm kelib chiqadi”.
Kaykovusning shunday fikri bor: “Hamma qobiliyatlardan eng 
yaxshisi nutq qobiliyatidir... Nutqni juda yaxshi va san’atkorona 
o‘rganib olish, doimo gapga chechan bo‘lishga harakat qil... Nutqi 
shirin kishining mehribon kishilari ham ko‘p bo'ladi”
Ko£rinadiki, so‘zIovchi til vositalaridan o ‘rinli foydalangan 
holda tinglovchi ongiga, sezgisiga va kayfiyatiga ta’sir qila oladigan, 
uni ishontira oladigan, ko‘tarilayotgan masalalarni to ‘g‘ri va oson 
anglab olishni ta’minlaydigan bo‘lishi kerak.
Ommaviy chiqishlarda notiq tinglovchilar hushyorligini 
oshiruvchi turli savollar qo‘yishi va unga javobni lo‘nda qilib esda 
qoladigan sodda usul bilan tushuntirmog‘i muhim ahamiyat kasb 
etadi.
Ommaviy chiqishlarda notiq bilishi lozim bo‘lgan yana bir 
muhim jihat nutq jarayonida hayotiy misollardan foydalanishdir. 
Ayniqsa, nutqda milliylik va m ahalliy xususiyat saqlanishi 
muhimdir.

Yüklə 5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə