N. Bekmirzayev \'jj& notiqlik san’ati asoslari


о lashish masalasini 69



Yüklə 5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/105
tarix28.11.2023
ölçüsü5 Mb.
#135210
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   105
Notiqlik san\'ati asoslari. Bekmirzayev N

о
lashish masalasini
69


hal etishda yetakchi rol o'ynaydi. Hozirgi o'zbek adabiy tili talaffuz 
xususiyatlarini o'rgangan barcha tilshunoslar o‘zbek tili talaffuz 
normalari asosan, Toshkent shevasi talaffuz normalariga mos 
kelishini qayd etishgan.
0 ‘zbek adabiy talaffuzining Toshkent shevasiga asoslanishi 
o‘zbek adabiy tilining og‘zaki shakli bilan Toshkent shevasi aynan 
bir xil ekan, degan ma’noni anglatmaydi. Adabiy til normalarining 
shakllanishi murakkab hodisadir. Yuqorida ta ’kidlaganimizdek, 
o ‘zbek adabiy talaffuzida dealektal asos — Toshkent shevasi 
yetakchi, tayanch rol o ‘ynaydi. Ammo adabiy talaffuzning 
shakllanishida quyidagi faktorlaming o‘mi ham muhimdir:
— o ‘zbek adabiy tili avvalo umumxalq so‘zlashuv nutqi 
imkoniyatlariga tayanib normalandi. Bu hoi o‘zbek tili normalarini 
boshqa qardosh turkiy xalqlar adabiy tillari normalaridan farqlab 
turuvchi mezondir;
— o'zbek adabiy talaffuzida 1917-yildan oldingi adabiy tilga 
xos ba’zi kitobiy talaffuz xususiyatlari saqlanib qolgan. Demak, 
bu m a’noda hozirgi o‘zbek adabiy talaffuzida tarixiy an’ananing 
m a’lum o‘rni bor. An’anaviy talaffuzga ko‘ra, ko'pgina so‘zlar 
o‘z kitobiy, ya’ni yozma shakliga ko‘ra aytiladi. Masalan, arabcha 
va forscha so‘zlar, poetik leksika va boshqalar. Demak,' so‘zlar 
yozma shakliga ko‘ra talaffuz etiladi;
— o‘zbek adabiy talaffuzining shakllanishida rus tilining ta’siri 
sezilarlidir. Rus tilidan, rus tili orqali boshqa tillardan o‘zbek tiliga 
ko'pgina so‘zlar qabul qilingan. Qoida deb qabul qilingan 
normalarga ko‘ra, o‘zbek adabiy tilida bu so‘zlar rus tilidagi holatda 
talaffuz qilinadi. N atijada o ‘zbek adabiy talaffuzida ruscha 
o‘zlashmalarga xos ф, с, щ, ж (дж), в, о, х, ё kabi tovushlarni 
talaffuz qilishga to ‘g‘ri keladi. Bu hoi o ‘zbek adabiy talaffuziga 
m a’lum ta ’sir o ‘tkazadi. Bunday hoi o ‘zbek aksentuatsiyasi 
(urg‘uning o‘mi)dagi siljishlarda ham ko‘rinadi;
— o‘zbek adabiy talaffuzining shakllanishida imlo (yozuv) 
muhim rol o‘ynaydi. Yagona va umumiy imlo qoidalari so‘zlaming 
yozma shakllarininggina emas, balki talaffuz shakllarining ham 
turg‘unlashishishga, qolipga tushishiga asos bo‘ladi. So‘zlarni 
yozilganidek talaffuz qilishga intilish hozirda maktabda, radio va 
televidenieda, ilmiy va rasmiy doiralarda keng tarqalgan. Bu hoi 
o‘zbek adabiy talaffuziga ham sezilarli ta’sir o‘tkazadi. Bu ta’sirga
70


ko‘ra so'zlami talaffuz qilinganda, uning yozma matndagi shaldiga 
iloji boricha yaqinlashishga harakat qilinadi. Demak, keltirilgan 
ma’noda, o'zbek adabiy talaffuzi normalarining turg'unlashuvida 
yozilgan nutq, yozma matnlar, shuningdek, imlo lug'atlari sezilarli 
rol o'ynaydi;
— adabiy tilning ommaviy nutq sifatidagi funksiyalari nihoyatda 
kengaydi, bu ilmiy nutq, ilmiy-ommabop nutq, nutqning boshqa 
tiplariga o'zining kuchli ta ’sirini o'tkazm oqda. Shuningdek, 
jamiyatning turli tabaqalariga mansub kishilar savodxonlikda 
tenglashib bormoqdalar. Bu hoi ham adabiy til yagona talaffuz 
normalarining shakllanishiga ta’sir ko'rsatmoqda.
Demak, o‘zbek adabiy talaffuzining yuzaga kelishi faqatgina 
yetakchi sheva imkoniyatlariga tayanib qolmaydi. Bu normalar 
kompleks omillar ta’sirida shakllanadi va rivojlanadi.
Shunday qilib, o'zbek tilida ma’lum qonun-qoidalar asosida 
talaffuz norm alari yuzaga keladi. Bu norm alar adabiy tilda 
so'zlovchi barcha kishilar uchun umumiy va majburiydir.
Adabiy talaffuz qoidalari tilning turli sohalariga tegishlidir. 
Masalan, leksikani olaylik. Undagi so‘z guruhlari ma’lum o'ziga 
xos talaffuz normalariga ega. Shunga ko‘ra leksika doirasida 
talaffuzning shunday ko‘rinishlarini belgilash mumkin:
- o ‘z qatlam (asl turkiy) ga mansub so'zlar talaffuzi;
— o‘zlashma qatlamga mansub so'zlar talaffuzi. Bunda o‘zbek 
tilidagi aslida forscha-tojikcha yoki arabcha bo'lgan so'zlar 
talaffuzidagi o‘ziga xoslik, shuningdek ruscha-internasional so'zlar 
talaffuzida o'ziga xoslik borligini qayd etish mumkin;
- o'zbekcha so'zlar talaffuzi. Bu guruhga o'zlashma so‘zlar 
negizida o'zbek tilida hosil qilingan yangi so'zlar yoki so'z 
formalarining aytilishini kiritish mumkin.
Adabiy tilning orfoepik qoidalari, xuddi orfografiya kabi ma’lum 
qoidalarga solinadi. Orfoepik qoidalar tilning quyidagi vositalari va 
hodisalariga tegishli bo'ladi:
1. Tovush (fonema)lar talaffuzi:
a) unli tovushlar talaffuzi;
b) undosh tovushlar talaffuzi;
d) 
tovush birikmalari (qo'sh va yondosh unli va undoshlar) 
talaffuzi.
71


2. So‘z va so‘z formalari talaffuzi:
a) alohida so‘zlaming talaffuz xususiyatlari;
b) ‘ belgisi bilan yoziluvchi so‘zlar talaffuzi;
d) so‘z grammatik formalarining, alohida qo'shimchalaming, 
qo‘shma so‘zlar, qo‘shma fe’llar talaffuzi;
e) qisqartma otlar talaffuzi;
f) o'zlashma so‘zlar talaffuzi
3) ism va familiyalar talaffuzi.
Quyida til hodisalari talaffuziga qisqacha to ‘xtalamiz.
Notiq nutqining to ‘g‘rffigi
Nutqning to ‘g‘riligi uning adabiy til normalariga mosligidir. 
Adabiy til normalari ko‘p tarmoqli bo'lgani uchun nutqning 
to ‘g‘riligi ham bir qancha shartlami o'zida qamraydi. To‘g‘ri, nutq 
o ‘zida adabiy tilning fonetik, talaffuz, lug‘aviy so‘z yasalishi, 
g ra m m a tik (m o rfo lo g ik , s in te tik ), u slu b iy n o rm a la rin i 
mujassamlashtirgan bo'lishi lozim. Bulaming birortasidan biroz 
chetlashgan nutq ham to‘g‘ri nutq bo‘la olmaydi.
Nutqning to‘g‘riligi uning eng muhim aloqaviy fazilatidir. Nutq 
to ‘g‘ri bo'lmasa, boshqa kommunikativ fazilatlari ham buziladi. 
Nutqning tuzilishi to‘g‘ri bo‘lmaganda, uning mantiqiyligi, aniqligi, 
o'rinliligi kabilar haqida gapirib ham bo'lmaydi.
To‘g‘ri nutq tuzish uchun so'zlovchi adabiy til normalarini 
egallab olgan bo‘lmog‘i lozim. Bu esa juda murakkab sermashaqqat 
ishdir.
Talaffuz normalari. Kishilar yoshlikda o‘zi mansub bolgan 
sheva normalari asosida til o‘rganadilar. Dialektal normalar juda 
qat’iy va qattiq amal qilgani uchun ulami buzish, ulardan qutulish 
oson ish emas. Nutq shaxsiy hodisa. Nutqni har bir shaxsning 
o ‘zi tuzadi. Normativlami tanlash, baholash ham shaxs tomonidan 
bajariladi. Norma bir variantni tanlaganiga qaramasdan, uning 
yonida boshqa “shaxsiy” variantlar ham turadi. Agar so'zlovchi 
adabiy normalami yaxshi egallamagan bo‘Isa yoki o‘z shevasi bergan 
“shaxsiy” variantni afzal deb qarasa, uning nutqi adabiy 
normalardan chetlashuvi mumkin.
72


Talaffuz deganda tilning tovush sistemasi — fonemalar, ularning 
sifatlari, ma’lum fonetik sharoitlarda o‘zgarishlari ko‘zda tutiladi.
0 ‘zbek tili xususiyat jihatidan qariyb mustaqil qardosh tillarga 
teng bo‘lgan uch lahjadan tarkib topgan. Bu lahjalar adabiy tilda 
so'zlayotgan kishilar nutqida har qadamda o'zining borligini 
sezdirib tu rad i. N otiq o ‘zi bilibm i, bilm aym i, o ‘z lahjasi 
qonuniyatlari ta ’siriga o‘tib qoladi. Bu narsa ko‘pincha so‘z va 
so‘z shakllarining talaffuzida, leksik tanlashlarda va boshqalarda 
ko‘rinadi. M a’lumki, qipchoq va o ‘g‘uz lahjalarida tanglay 
uyg‘unligi (garmoniyasi) mavjud.
Tanglay uyg‘unligi talabiga ko‘ra unlilar ikki xil — yumshoq 
va qattiq talaffuz etiladi. 0 ‘zak, negizlarning qattiq va yumshoq 
talaffuz etilishi turkiy tillarga xos hodisa bo‘lib, singarmonizm 
deb yuritiladi (Tovushlar uyg‘unligi ikki xil bo‘ladi: tanglay 
uyg'unligi va lab uyg‘unligi (

Yüklə 5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə