N. Bekmirzayev \'jj& notiqlik san’ati asoslari


Nutq texnikasi va orfoepiya



Yüklə 5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/105
tarix28.11.2023
ölçüsü5 Mb.
#135210
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   105
Notiqlik san\'ati asoslari. Bekmirzayev N

66


Nutq texnikasi va orfoepiya
Yoqimli va jarangdor ovozga ega notiq o‘z tinglovchilarini 
ovozining shiradorligi bilan ham asir etadi. Bunday muvaffaqiyatga 
erishish uchun notiq o ‘z ovozining kuchini, shiradorligini, 
yoqimliligini bilishi zurur. Lozim bo‘lganda undan foydalana bilish 
malakasiga ega bo‘lishi kerak. 0 ‘z ovozida kamchilik sezgan notiq 
uni yo'qotishga harakat qiladi. Buning uchun ovozdan foydalanish 
va uni yaxshilash texnikasi ustida hamma vaqt uzluksiz mashq 
qilib borishi lozim bo‘ladi. Chunki bir-ikki mashq bilan ovozni 
yaxshilab bo‘lmaydi.
Notiqning ovozida quyidagi xususiyatlar bo‘lmog‘i lozim:
— jarangdorlik (tovushning tozaligi va tembrning yorqinligi);
— keng diapazonlik (ovozning eng pastlikdan eng yuqorigacha 
bo'lgan darajasi);
— havodorlik (erkin so‘zlaganda yaxshi eshitiluvchanlikka ega 
bo'lishi);
— ixchamlik, harakatchanlik;
— chidamlilik (uzoq ishlash qobiliyatiga ega bo'lish);
— moslashuvchanlik (dinamika, tembr, melodikaning eshitilish 
sharoitiga moslasha olishi);
— qarshi shovqinlarga nisbatan barqarorlik (xalaqit beruvchi 
shovqinga qarshi tembr va tessituaraning o‘zgarib turishi);
— suggestivlik (ovozning hayajonni ifodalash va bu orqali, 
qanday so‘z aytilayotganidan qat’i nazar, tinglovchining xulqiga 
ta ’sir qilish xususiyati).
Nutq texnikasi deyilganda nutqni tinglovchi yoki o'quvchiga 
yetkazishda qo'llaniladigan vositalar tushuniladi. Nutq ikki xil 
ko'rinishda bo‘lganidan uning texnikasini ham ikki xil ko‘rsatish 
mumkin: 1. Og'zaki nutq texnikasi. 2. Yozma nutq texnikasi.
Og'zaki nutq texnikasi tovush, b o ‘g‘in, so‘zlarni, uning 
shakllarini talaffuz etishni yaxshilash borasida nutq organlarini 
faollashtiruvchi mashqlami anglatadi. Bunga nafasdan foydalanish, 
tovush tem brlarini yaxshilash, diksiyaga e ’tibor berish va 
undoshlami talaffuz etish, ohang kabilar kiradi.
0 ‘zbek adabiy tili og'zaki nutq texnikasining rivojiga o'zbek 
madaniyatining atoqli namoyandalari — shoirlar, yozuvchilar
san’atkorlar, aktyorlar katta hissa qo'shdilar.
67


Hozirgi kunda ikki yo‘nalishda she’r o‘qish texnikasi mavjud 
bo‘lib, ulardan biri an’anaviy usul, ya’ni she’r turoqlarga, so‘z 
birikmalariga boiib o ‘qiladi. Bu usulni keksa avlod ijodkorlarining 
she’r o ‘qishlarida kuzatish mumkin. Ikkinchi usul E.Vohidov, 
A .O ripov, S.Sayyid, Iqbol M irzo kabi shoirlarning sh e ’r 
o‘qishlarida seziladi. Bu usulda, asosan, misradagi har bir so‘zga 
alohida urg‘u beriladi, so‘zlar bir-biridan kichik pauza bilan ajratib 
o'qiladi.
Yoshlar orasida keyingi yo‘nalishga, usulga ergashib she’r o'qish 
odat bo‘lmoqda.

Yüklə 5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə