N. Bekmirzayev \'jj& notiqlik san’ati asoslari


Pirimqul Qodirov. Til va El., Т., G ‘. G ‘ulom nomidagi N M IU , 2005-y. 184—191-



Yüklə 5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/105
tarix28.11.2023
ölçüsü5 Mb.
#135210
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   105
Notiqlik san\'ati asoslari. Bekmirzayev N

11 Pirimqul Qodirov. Til va El., Т., G ‘. G ‘ulom nomidagi N M IU , 2005-y. 184—191-
betlar.
62


I l l bo‘lim. NOTIQLIK SAN’ATINING ASOSIY
KO‘RINISHLARI
Jamiyatda turli kasb egalari hamkorlikda ish olib borayotgani 
va ularning o‘zaro bir-birlari bilan chambarchas bog‘Iiq ekanligi 
taraqqiyotimizni ta’minlaydigan omillardan sanaladi. Shunga ko'ra 
turli soha va kasb egalari va guruhlariga qarab ularga mo‘ljallab 
tuzilishi lozim bo‘lgan nutq ham turlicha ко‘rinishga ega bo‘ladi. 
Shu bois notiqlik san’atida notiqlikning bir necha turlari mavjud. 
Jumladan: ijtimoiy-siyosiy notiqlik, bunga davlat va jamiyat 
ahamiyatiga ega b o ‘lgan yig‘inlarda, majlislarda o ‘qiladigan 
m a’ruzalar kiradi. Akademik notiqlik, bu barcha turdagi ilmiy 
konferensiyalardagi, nom zodlik va doktorlik dissertatsiyasi 
himoyalaridagi m a’ruzalar, bakalavr talabalari uchun bitiruv 
m alakaviy ish ham da m agistr talabalari uchun m agistrlik 
dissertatsiyalari yuzasidan qilinadigan m a’ruza (axborot)larni 
qamrab oladi. Auditoriya notiqligi esa — universitet, institut, kollej 
talabalari ham da litsey va maktab o ‘quvchilari uchun dars- 
ma’ruzalarini o‘z ichiga oladi.
Ijtimoiy-maishiy notiqlik — bunga turli tadbir va yig‘inlarda, 
yubiley tantanalarida so‘zlanadigan qisqa va lo‘nda nutq yoki suxan 
so‘zlar kiradi. Soha notiqligi (kino, teatr aktyorlari, konsert 
boshlovchilari yoki konsertni olib boruvchi aktyorlar nutqi) — bu 
o g 'zak i n o tiq lik n in g alo h id a tu ri h iso b lan ib , tinglovchi 
tom oshabinlar uchun um um tushunarli bo‘lgan adabiy tilda, 
chiroyli talaffuz orqali amalga oshiriladigan nutqdir. U yana boshqa 
nutqlardan diologik xarakteri bilan ham farqlanadi. Teleradio 
jurnalistlari notiqligi — bunda ko‘rsatuv yoki eshittirish olib 
borayotgan jumalist adabiy tilda omma uchun tushunarli bo'lgan 
zaylda nutq so‘zlashi, so'zlami aniq va ravshan ohang bilan talaffuz 
etishi muhim. Shuningdek, fakt va voqealami bayon etishda, o‘z 
nutqida qaytariqlarga yo‘l qo‘ymasligi uchun oldidagi matndan 
foydalanishi yoki uni mukammal o'zlashtirgan bo'lishi lozim. Diniy 
va’zxonlik (notiqlik) — bunga nomoz jumada, amri m a’ruflarda
63


im om to m o n id a n q ilin a d ig a n m a ’ru z a la r k ira d i. T o ‘y, 
“o‘rtakash”lari notiqligi - bu holatda “o‘rtakash”ning notiqligi 
uning bilim saviyasi bilan bog‘liq. Ba’zilarining gaplari tutruqsiz, 
ba’zilari ma’noli notiqlik bilan to'yni boshqaradi. Ular orasida 
bilimsizlari bo‘lsa notiqligi ham bachkanalashib boraveradi. 
Ular so‘zlarining ohangi bilan, baland ovozi bilan to ‘y 
yig‘inni boshqaradi. Bunday no‘noq o‘rtakashlarni notiq deyish 
qiyin. Ko‘pincha obro‘li to ‘ylarni aktyorlar boshqarmoqda. 
Ularning nutqida ham “o‘rtakash”lar notiqligini kuzatish 
mumkin.
Bularga qo‘shimcha notiqlikning yana bir qancha mayda 
turlariga og‘zaki suhbat, bahs-munozara, suhbat-semenar, oilada 
va do‘st tengqurlar o‘rtasidagi notiqlik ham kiradi.
Notiqlik san’atining shakllari ham mavjud b o ‘lib, bular 
monologik va diologik notiqlik hisoblanadi. Monologik notiqlikka 
m a’ruza, muzokora kabilar kirsa, diologik notiqlik — bahs, 
munozara, suhbat kabilami qamrab oladi. Notiq monologik nutqida 
tayyor matndan foydalanish imkoniyatiga ega. Biroq diologik 
notiqlik bundan mustasno. Buning ustiga munozara va bahs 
jarayonida amal qilinishi lozim bo‘lgan omillarga qa’iy amal qilish 
talab etiladi. Bular quyidagilar: milliy-madaniy qoidalarga amal 
qilish, milliy etikaga rioya qilish, raqibining gapini bo^lmaslik, 
suhbatdoshga hurmat, reglamentga rioya qilish, eng muhimi, sabrli, 
bardoshli bo'lish, o'zini tuta bilish, tiliga to ‘g‘ri kelgan har bir 
so‘zni aytishdan o‘zini tiyish, har bir so‘zni o‘ylab gapirish, ya’ni 
“yetti o‘lchab, bir kesish”, kesganda ham A. Oripov aytganidek:
Mana, o‘tib olding asal oyidan,
Endi suv ichgaysan turmush soyidan,
Yetti o‘lchab bir kes, yetmish o‘lchab kes,
Lekin kes, Yoshulli, aytgan joyidan.
Muzokoralarda yumshoq, shirin muomala va yoqimli so‘zlami 
qo‘llashning muhimligini his etish zarur.
Matn asosida nutq so‘zlashning ijobiy va salbiy tomonlari bor. 
Ijobiy tom on deganda, notiq o ‘z fikrlarini oldindan o'ylab 
tayyorlagan matnni asos qilib oladi, fikrlarining mantiqan birligini 
ta’minlaydi. Fonetik va fikriy xatolarga yo‘l qo'ymaydi. Salbiy 
tomoni esa tinglovchilar nazarida bilimsizday, notiqlik san’atini
64


eplayolmaydiganday ko'rinadi. Notiq va tinglovchilar o ‘rtasidagi 
o‘zaro bog‘liqlik ancha susayadi.
Matnsiz nutq so‘zIash notiqning xotirasi o ‘tkirligini, matn 
mazmunini chuqur o'zlashtirib olganini ko‘rsatadi. 0 ‘ziga ishongan 
notiqgina matnsiz nutq so‘zlay oladi. Bu notiqning mazkur san’atni 
mukammal egallab olganligidan, bu sohada u erishgan mahoratdan 
darak beradi.
Shunday qilib, “Notiqlik san’ati”ni quyidagi ko‘rinishlarga 
ajratish mumkin:
a) 
ijtimoiy-siyosiy chiqishlar tili; b) targ‘ibot va tashviqotchilar 
nutqi; v) akademik nutq; g) suddagi nutq; d) maxsus so‘z 
ustalarining chiqishlari va boshqalar.
Ijtimoiy-siyosiy mavzulardagi chiqishlarga odatda mas’ul 
kishilaming rasmiy nutqlari, hisobotlari kiradi.
Targ‘ibot va tashviqotchilaming chiqishlari odatda ma’lum bir 
masalalami ommaga singdirish, omma ongidagi tushunmovchilik 
va chalkashliklarga barham berish, ularni to ‘g‘ri yo‘lga solish, 
omma uchun noma’lum bo'lgan holatlardan ularni xabardor qilish, 
ayrim narsa-hodisalar mohiyatini to ‘la ochib berish kabi vazifalar 
bilan bog'liq bo'ladi.
Notiq o ‘z nutqining grammatik jihatdan to ‘g‘ri tuzilishi, shu 
davr adabiy til normasiga mos kelishi, mazmunli hamda sodda, 
aniq va mantiqli bo‘lishiga jiddiy e’tibor berishi kerak. Shundagina 
uning nutqi ommaga tushunarli bo‘ladi, ommaning uning fikri va 
mulohazalarini tushunishi oson bo'ladi. Biroq tushunarlilikning 
o ‘zi hali yetarli emas. N utq ta ’sirchan ham bo'lishi kerak. 
Ta’sirchanlikni esa yuqorida sanab o'tilgan grammatik jihatdan 
to ‘g‘rilik, soddalik, aniqlik, mantiqiylik kabilar ta’minlay olmaydi. 
Ta’sirchanlikni ta’minlash uchun ulardan tashqari tilning tasviriy 
vositalarini mukammal bilish va ulardan foydalana olish zarurdir. 
Tilning tasviriy vositalari hisoblangan metafora, metonimiya, 
sinekdoxa, o ‘xshatish, epitet, takror, adabiy ko'chirm alar va 
boshqalaming o‘mi beqiyosdir.
Ayniqsa, ohangning roli o‘zgachadir. Quyidagi misollarga e’tibor 
beraylik: Odam bo‘l, otang kabi ahmoq bo‘lma — Odam bo‘l otang 
kabi, ahmoq bo‘lma; Bu ahmoq prokurorning gapini qaytarib 
o'tiribdim i, hali. Bu, ahm oq, prokurorning gapini qaytarib
65


o‘tiribdimi, hali?; Tramvayga ikki bolali xotin chiqdi — Tramvayga 
ikki, bolali xotin chiqdi.
Bu gaplarda ohangning o‘zgarishi gap mazmunining tamomila 
o‘zgarib ketishiga sabab bo‘lgan. Yana bir misol: 

Yüklə 5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə