Devoni foniy poetikasi



Yüklə 73,55 Kb.
səhifə1/18
tarix28.11.2023
ölçüsü73,55 Kb.
#134032
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
1-10 navoiy


Devoni foniy poetikasi
"Devoni Foniy" ("Foniy devoni") — Alisher Navoiyning Foniy taxallusi bilan forsiy tilda yozgan sheʼriy asarlari majmuasi. Navoiy bu devonini umrining soʻnggi yillarida, taxminan 1492—98 yillar orasida tuzgan. Ulug shoir "Muhokamat ul-lugʻatayn" asarida oʻzining forsiy tildagi sheʼrlaridan Xoja Hofiz Sheroziy devoniga oʻxshatib ("Xoja Hofiz tavrida") devon tuzganini maʼlum qilarkan, shunday deydi: "Yana forsiy gʻazaliyot Xoja Hofiz tavridakim, jameʼ suxanadolar va nazmpiyrolar nazarida mustahsan va matbuʼdir, tartib beribmenkim, olti mingdan abʼyoti adadi ("baytlar miqdori") koʻprakdurki, koʻprak ul hazratu (Xoja Hofiz) sheʼriga tatabbuʼ voqeʼ boʻlubdur".
"D.F."dagi sheʼrlarning katta qismini Navoiy salaflari va zamondoshlarining gʻazallariga yozilgan tatabbular tashkil etadi. 554 gʻazaldan 237 tasi Hofiz Sheroziy, 52 tasi Abdurahmon Jomip, 33 tasi Xusrav Dehlaviy, 25 tasi Saʼdiy Sheroziy, 5 tasi Mavlono Kotibiy, 5 tasi Mavlono Shohiy, 4 tasi Kamol Xoʻjandiy va b. shoirlarning gʻazallariga bogʻlangan. Bunda eng koʻp gʻazal Hofiz Sheroziy gʻazallariga bogʻlangani va uning sheʼrlaridan ilxomlanib yozilgani Navoiyning bu buyuk isteʼdod egasiga ixlosi yuksak boʻlganidan dalolat beradi. "D.F."dan Navoiy (Foniy)ning oʻz original gazallari ham oʻrin olgan. Shoir ularni "Muxtara", "Ixtiro" deb atab, shu yoʻsinda tatabbulardan ajratib koʻrsatgan. Shoirning tatabbu, muxtara sheʼrlarida ishq-muhabbat mavzui ham dunyoviy, ham tasavvufiy-majoziy uslublarda kuylangan.
Navoiyning chuqur ijtimoiy-siyosiy va axloqiy mazmunda yozilgan "Tuhfat ul-afkor" qasidasi esa "Sittai zaruriya" toʻplamidan tashqari "D.F." qoʻlyozmalarida ham uchraydi. Bu qasidasi bilan Navoiy oʻzbek adabiyotida bu sheʼriy turni yangi yuksak pogʻonaga koʻtargan. Ushbu qasidani va "D.F."dan oʻrin olgan bir qator sheʼrlarni M. Muinzoda, A. Hayitmetov va b. oʻzbek tiliga tarjima qilishgan. "D.F."ni ilmiy oʻrganish ishiga S.Ayniy, H. Sulaymon, Sh. Shomuhamedov, N. Mallayev, E. Shodiyev, Ali Muhammadiy kabi olimlar munosib hissa qoʻshishgan.
Alisher Navoiy butun hayoti davomida o‘zbek tili b-n bir qatorda forsiy tilda ham ijod qilib, barakali meros yaratdi. Uning bu tildagi she’rlari 1490-y.larning o‘rtalarida, Eron olimi Yusuf Sheroziy taxminicha, 1495—1500 y.lar orasida muallif tomonidan devon holiga keltirilgan va «Devoni Foniy» nomi b-n mashhur. Mazkur devoni 1963 y.da Tehronda, 1965 y.da Toshkentda, 1993 y.da Dushanbada nashr etilgan. Professor Hamid Sulaymonov tavsifi bo‘yicha, «Devoni Foniy»da, «Debocha»dan tashqari, 7 qasida, 554 g‘azal, 1 musaddas, 1 marsiya,72 qita, 73 ruboiy, 16 tarix, 373 mu- ammo, 9 lug‘z bor. «Devoni Foniy»dagi g‘azallarning aksariyati mashhur fors shoirlari she’rlariga tatabbulardan iborat. Jumladan Jomiyning 52,Hofiz Sheroziyning 237, Xisrav Dehlaviyning 33, Sa’diy Sheroziyning 25, Mavlono Kotibiyning 5, Shohiy Sabzavoriyning 5, Kamol Xo‘jandiyning 4 va boshqa g‘azaliga tatabbu bog‘langan. Alisher Navoiy fors tilida yozgan original g‘azallariga «Muxtara», «Ixtiro» deb sarlavha qo‘ygan bo‘lib, ularning soni 50 dan ortiq.Alisher Navoiy o‘zining forsiy kasidalaridan alohida to‘plamlar ham tuzgan bo‘lib, ularning biri «Sittai zaruriya» («Olti zarurat»), ikkinchisi «Fusuli arbaa» («To‘rt fasl») deb ataladi. «Sittai zaruriya» to‘plamiga 6 qasida kiritilgan bo‘lib, ularni Xisrav Dehlaviy,Abdurahmon Jomiy, Anvariy, Haqoniy, Solmon Sovajiy va boshqa qasidanavislar ta’sirida yaratgan. U davrlarda shoirning she’riy mahorati ko‘p vaqt qasida yozish b-n belgilanganini hisobga olsak, Alisher Navoiyning ham qasidanavislik salohiyati yuqori bo‘lgan. Alisher Navoiyning «Fasuli arbaa» to‘plamiga 4 qasidasi kiritilgan bo‘lib, ulardan «Bahor» 57 baytdan, «Saraton» 71 baytdan, «Xazon» 33 baytdan, «Day» 70 baytdan iborat. Ularda yilning 4 fasli — bahor, yoz, kuz va qish, bu fasllardan har birining o‘ziga xos go‘zalligi zavq b-n tasvirlangan va to‘rttalovi ham zamon podshohi — Sulton Husayn Boyqaroni podshoh va shaxs, yaxshi do‘st va yaxshi inson sifatida vasf etishga bag‘ishlangan. Umuman, Alisher Navoiy o‘zining forsiy tildagi asarlari b-n zamondoshlarining, birinchi navbatda, Jomiyning yuqori tahsiniga sazovor bo‘lgan va fors- tojik adabiyoti, xususan she’riyati rivojiga munosib hissasini qo‘sha olgan.


Yüklə 73,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə