Devoni foniy poetikasi


NAVOIY IJODIGA QOFIYA TIZIMI



Yüklə 73,55 Kb.
səhifə2/18
tarix28.11.2023
ölçüsü73,55 Kb.
#134032
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
1-10 navoiy

NAVOIY IJODIGA QOFIYA TIZIMI
Qofiya misralar oxiridagi qoʻshimcha, soʻz va soʻz qoʻshilmalarining oʻ zaro ohangdosh boʻlib kelishidir. Qofiya sheʼrning musiqiyligi, ohangdorligi va taʼsirchanligini kuchaytiradi, uning yod olinishini osonlashtiradi. Qofiya mumtoz sheʼrshunoslikda vazn kabi sheʼriy ritmni vujudga keltiruvchi asosiy unsur boʻlib, uning bayt soʻngida qoʻllanilishi zaruriy talablardan biri boʻlgan. Sharq musulmon adabiyotshunosligida qofiya haqidagi nazariy qarashlar maxsus fan — ilmi qofiyada oʻz ifodasini topgan. Mumtoz adabiyotda shoirlarning badiiy salohiyati sheʼrda qoʻllangan qofiyalarning gʻoyalar mohiyati, timsollar olamini ochib berishdagi ahamiyati, qofiya uchun tanlangan soʻzlarning ohangdorligi bilan ham belgilangan. Qofiya sanʼatlari va turlaridan unumli foydalanish, qofiyaning boshqa sheʼriy unsurlar — vazn, badiiy sanʼatlar bilan munosabatiga eʼtibor qaratish mumtoz ijodkor mahoratining muhim qirralaridan biri hisoblangan. Shu sababli oʻtmishda shoirlarimiz qofiya ilmini maxsus fan sifatida alohida oʻrganganlar, shu sohadagi yetuk ustozlardan taʼlim olganlar. Bizga maʼlumki, qofiya sheʼriy asarlarda ifodalanishi maqsad qilingan gʻoyalarni badiiy soʻz yordamida teran va taʼsirchan aks ettirishning oʻziga xos va muhim vositalaridan biridir. Har bir misra yoki bayt tarkibidagi qofiyalarda shoirning gʻoyaviybadiiy niyati muayyan maʼnoda oʻz ifodasini topadi. Ijodkor== Manbalar ==
qofiya vositasida kitobxon diqqatini sheʼrdagi eng muhim fikrlarga jalb qiladi. Qofiyanirig tarkibiy qismini qofiya harflari va harakatlari tashkil qiladi. Qofiya harflari mumtoz poetikaga doir manbalarda „hurufi qofiya“ deb atalib, ularning soni 9 tadir. Qofiya harflari qofiyaning qaysi qismida qoʻllanilishiga qarab ikki guruhga ajratiladi: a) oʻ zak tarkibida keladigan harflar; b) qoʻshimcha tarkibida qoʻllaniladigan harflar. Dastlab oʻzak tarkibida keladigan harflarni koʻrib chiqamiz: 1. Raviy (ar. — yukni tuyaga bogʻlaydigan a rqon) — qofiyadosh soʻ zlar oʻ zagi yo negizi soʻngida aynan takrorlanib keluvchi choʻ ziq unli yoki undosh harf. Mumtoz poetikaga doir manbalarda qofiyaning asosini tashkil qiluvchi va takrorlanishi shart boʻ lgan harf sifatida tilga olinadi. Masalan, quyidagi baytda qofiya soʻngidagi choʻ ziq „o“ unlisi raviy hisoblanadi: Ashraqat min aksi shamsil-kaʼsi anvor ul-hudo, „Y o r aksin mayda koʻr“ deb, jomdin chiqti sado. Mumtoz qofiya talabiga koʻra, qofiyadosh soʻzlar oʻzagi oxirida kelgan qisqa unli raviy boʻla olmaydi, bunday hollarda undan oldin turgan undosh harf raviy hisoblanadi. Masalan, Alisher Navoiyning: Sham’dek qomatu yuz sham’i ila jonona, Qildi oʻrtarga koʻngullar qushini parvona - deb boshlanuvchi gʻazalida raviy harfi qofiyadosh soʻzlar (jonona — parvona) oxiridagi qisqa „a“ unlisi emas, balki undan oldin turgan „n“ undoshidir. 2. Taʼsis (ar. — asoslash) — raviy harfidan oldin bir harakatli undosh joylashgach, shu undoshdan oldin keladigan choʻziq „o“ unlisi. Mumtoz poetika talabiga koʻra, faqat „o“ unlisi taʼsis vazifasini bajarishi mumkin. Masalan, „moyil — hamoyil“da „o“ unlisi taʼsis hisoblanadi. Taʼsis qatnashgan qofiya turi muassas qofiya deb yuritiladi. 3. Daxil (ar. — oraga kiruvchi) — taʼsisdan keyin keluvchi birinchi undosh harf. Daxil koʻp hollarda takrorlanadi, baʼzan esa takrorlanmasdan, ikki turli xil undosh daxil boʻlishi mumkin. Masalan, „jarohat — rohat“ qofiyalarida daxil bir undosh 435 („t“) takroridan hosil qilingan boʻlsa, „tojir — musofir“da "j " va "f " undoshlari daxildir. 4. Ridf (ar. — mingashish, izma-iz ergashish) — raviy harfidan oldin keluvchi choʻziq unli harf. Mumtoz poetikaga doir manbalarda uning ikki turi keltiriladi: 1) ridfi asliy (asosiy ridf) yoki ridfi mufrad (yakka ridf)- raviydan oldin keluvchi choʻziq unli harf. Masalan, „jon — rayhon“ da „o“ unlisi ridfi asliydir. 2) ridfi zoyid (orttirma ridf) — ridfi asliy va raviy orasida takrorlanib keluvchi undosh harf. Masalan, „rost — norost“da „s“ undoshi ridfi zoyid hisoblanadi. Ridf qatnashgan qofiya turi murdaf qofiya deb yuritiladi. 5. Qayd (ar. — bogʻlangan) — qator undosh bilan tugagan soʻzlarda raviydan oldin, qisqa unlidan keyin kelib takrorlanuvchi undosh harf. Masalan, „arjumand — pisand“ qofiyalarida „n“ undoshi qayddir. Qayd qatnashgan qofiya turi muqayyad (q a y d li) qofiya deb yuritiladi. b) qoʻshimcha tarkibida qoʻllaniladigan harflarga esa quyidagilar kiradi: 1. Vasl (ar. — ulanish) — raviydan keyin keluvchi choʻziq unli yoki undosh harf. Masalan, „shiddati — furqati“ qofiyalarida „t“dan keyin keluvchi choʻziq „i“ unlisi vasldir. Vasl qatnashgan qofiya tuzilishiga koʻra mutlaq qofiya hisoblanadi.


Yüklə 73,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə