Devoni foniy poetikasi


NASOYIM UL MUHABBATDAGI HIKOYATLAR SHARHI



Yüklə 73,55 Kb.
səhifə3/18
tarix28.11.2023
ölçüsü73,55 Kb.
#134032
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
1-10 navoiy

NASOYIM UL MUHABBATDAGI HIKOYATLAR SHARHI
"NASOYIM ul-MUHABBAT" ("Sevgi shabadalari") — Alisher Navoiy asari. 1495—96 yillarda Abdurahmon Jomiyning "Nafohat ul-uns" asari taʼsirida yozilgan. Jomiy asariga tanqidiy qaragan Navoiy "burungʻi zamondagʻi mashoyixdin barchasining zikrin qilmaydurlar va oʻz muosirlarining koʻpi-ni, oʻzlarin ham bitmaydurlar" der ekan, asarda Jomiy, Lutfiy, Ashraf Muflisiy, Shayx Sanʼon, Nosir His-rav, Nasimiy va shular qatori Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirgʻoniy kabi "turk mashoyixlari" haqida maʼlumot beradi. Navoiy asarda ilova qilingan shaxslarning faqat sufiyona qarashlarinigina yoritmasdan, adabiyot va jamiyatdagi oʻrnini belgilashga ham katta eʼtibor bergan. "N. ul-m." Navoiyning didaktik qarashlari, tarjimonlik va tadqiqotchilik faoliyati hamda estetik qarashlarini oʻrganish uchun muhimdir. "N. ul-m."ning baʼzi nusxalari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida saqlanadi (inv. № 3415, 857 3420, 8514, 1825). Alisher Navoiyning «Nasoyim ul-muhabbat mnn shamoyim ul-futuvvat» asari ilk bor arabiy, forsiy matnlar, ularning tarjimalari va izohlari bilan to‘liq holda nashr etilmoqda. Asar muqaddima va 770 ta shayx (35 tasi avliyo ayollar)iing hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan. Ilgarngi nashrida (1968) atigi 153 ta shayxlar haqida ma’lumot berilib, ayrim diniy va tasavvufiy atamalar ma’lum sabablarga ko‘ra tushirilib qoldirilgan edi. «Nasoyim ul-muhabbat Abdurrahmon Jomiyning «Nafahot ul-uns min hazarot il-quds» tazqirasining tarjimasi, lekin Navoiy Jomiy asariga erkin, ijodiy munosabatda. bo‘ladi va uning asaridagi ma’lumotlarni to‘ldirib yoxud qisqartirib boradi va 618 ta shayxlar sonini 770 taga yetkazadi. Tarix va madaniy merosimizni keng o‘rganayotgan hamda naqshbandiylik ta’limotiga rag‘bat ko‘rsatayotgan ekanmiz, bu asarni to‘liq holda nashr etilishn ilmiy, ma’rifiy va axloqiy ahamiyatga ega. Ayniqsa, Imom A’zam, Imom Moturidiy, Ahmad Yassaviy, Hakim Tirmiziy, Bahouddin Naqshbandiylarning aqida va qarashlari bilan xalqimizni, xususan, yoshlarimizni yaqindan tanishtirish joyizdir. Asarni nashrga tayyorlashda O‘zR FA Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida saqlanayotgan 857 va 5420 inv. raqamli qo‘lyozmalar hamda «Nasoyim ul-muhabbat»ning Turkiyada chiqqan tanqidiy matnlari asos qilib olindi (Kamol Eraslan, 1996). Matnlarni qiyoslash, shaxs va joy nomlarini to‘g‘ri yozish, tarjima va izohlar tuzishda Jomiyning «Nafahot ul-uns min hazarot il-quds» asari qo‘lyozmasidan, Eronda (doktor Obidiy, 1370 H. sh.), Toshkentda (1916) chop bo‘lgan izohli manbalardan hamda Mahmud bin Usmon Ali (Lomi’iy Chalabiy, 1479—1532) tomonidan usmonli turk tiliga o‘girilgan tarjimadan foydalanildi. Arabiy va forsiy matnlarni asarning oxiriga ilova qildik. Keyingi nashrlarda kitob yuzasidan bildirilgan fikr va mulohazalarni inobatga olib, arabiy va forsiy matnlarni ham o‘z o‘rnida berib, chop etish nazarda tutiladi. Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat www.ziyouz.com kutubxonasi 2 QISQARTMALAR a. r. — alayhir-rahmah — unga (Allohning) rahmati bo‘lsin! a. s. — alayhis-salom — unga (Allohning) salomi bo‘lsin. v. a.—vallohu a’lam — Alloh bilguvchiroq. n. b. — nafa’ano bihima — ikkalasi tufayli (Alloh) bizga naf yetkazsin. n. m. n.— nuvvira marqaduhu nuran — uning qabri nurga to‘lsin. n. m. n.— navvara marqadahu nuran — (Alloh) qabrini nurga to‘ldirsin. k. v. — karramallohu vajhahu — Alloh uning yuzini mukarram qilsin. r. — rahimahullohu — Alloh unga rahm qilsin. r. a. — raziyollohu anh(u) — Alloh undan rozi bo‘lsin. r. a. — rahmatullohi alayhi — unga Allohning rahmati bo‘lsin. r. a. a. — rizvonullohi alayhim ajma’in — ularnnng barchasidan Alloh rozi bo‘lsin. r. r. — ravvahallohu ruhahu — Alloh uning ruhinn shodlantirsin. r. t. — rahimahullohu taolo — Allohu taolo unga rahm qilsin. r. t. a. a. — rizvonullohi taolo alayhim ajma’in — ularning barchasidan Allohu taolo rozi bo‘lsin. r. t. a. — raziyollohu taolo anhum — Allohu taolo ulardan rozi bo‘lsin. r. t. r.— rahimahullohu taolo ruhahu — Allohu taolo ruhiga rahm qilsin. s. a. v—sallallohu alayhi vasallam — unga Allohning salavoti va salomi bo‘lsin. s. r. a. — salavotur-rahmoni alayhi — unga rahmonning (Allohning) salavoti bo‘lsin. s. t. — subhonahu va taolo — pokdir (Alloh) va oliydir. q. — qaddasallohu — Alloh muqaddas qilsin. q. a.— qaddasa arvohahum — Alloh ularning ruhlarini muqaddas qilsin. q. a. — qaddasallohu asrorahum — Alloh ulariing sirlarini muqaddas qilsin. q. s. — quddisa sirruhu — uning sirri muqaddas qilindi. q. s. — qaddasallohu sirrahu — Alloh sirrini muqaddas qilsin.
MAJOLIS UN NAFOIS ASARI
Sulton Sohibqironning humoyun valodatlari zamonidin ro‘zafzun davlatlari davronig‘achakim, qiyomatg‘acha barqaror va olam inqirozig‘acha poydor bo‘lg‘ay, ulcha faqir eshitibmen, ammo xizmatlarig‘a yetmaymen va ulcha xizmatlarig‘a yetibmen, ammo holo bu fano dor ul-g‘ururidin baqo dor us-sururig‘a intiqol qilibdurlar va ulcha holo bu farrux zamonda namoyandadurlar va ul hazrat zoti malakiy sifotig‘a madh saroyandadurlar, jam’ qililg‘ay va har qaysining natoyiji tab’idin biror nima nishona no‘sunluq yozilg‘ay. Chun bu maqsudg‘a yetildi, oni sekkiz qism etildi va har qismi nafis bir majlisg‘a mavsum bo‘ldi va majmu’ig‘a «Majolis un-nafois» ot qo‘yuldi.
«Majolis un-nafois» («Nafislar majlislari») — Alisher Navoiy tazkirasi (1490—91; 1497—98 y.da qayta ishlangan). Turkiy tazkirachilikning ilk namunasi. Asarda 15-a.da Xuroson va qo‘shni mamlakatlarda yashagan shoir, yozuvchi va olimlar (jami 459 kishi) ijodiga oid qisqa ma’lumotlar berilgan. Ma’lumotlar yillar, geografik o‘rinlar hamda sulolaviy tarti- blarga tayanib joylashtirilgan. 8 qism— «majlis»dan iborat. 1—2 majlislarda muallifning salaflari — tazkira yozilayotgan vaqtda hayot bo‘lmagan shoirlar, 3 majlisda o‘ziga zamondosh shoirlar haqida ma’lumotlar keltirilgan. 5—6 majlislarda Xuroson, Samarqand, Xorazm, Qarshi, Badaxshon, Qazvin, Sova, Kirmon, Sheroz va boshqa joylardan chiqqan kalam axdlari haqida; 7 majlisda esa temuriylar sulolasiga mansub shoirlar haqida fikr yuritilgan. 8 majlis Sulton Husayn Boyqaroga bag‘ishlangan. Tazkirada shoirlarning bilim darajasi, axloqi, dunyoqarashi, mehnatga munosabati kabi xususiyatlari alohida ko‘rsatilgan. Har bir shoirga berilgan tasnif uning ijodidan namuna keltirish bilan asoslangan.
Asarda badiiy ijod asosi va mohi yatini belgilovchi nazariy masalalar yuzasidan ham fikr yuritilgan: mazmun va shakl haqida fikrlar ilgari surilgan, shoirlar ijodiga baho berishda asarlarning g‘oyaviy mazmuni bilan birga badiiy mahoratiga ham e’tibor qaratilgan. Navoiy o‘z davri adabiy muhitining qizg‘in manzarasini, adabiyotdagi poetik janr va turlar rang-barangligini ko‘rsatib bergan. Asar qiziqarli va sodda, ravon uslubda yozilgan, fikrlar puxta va ixcham ifodalangan. Tazkira 15-asr o‘zbek ilmiy nasrining go‘zal namunasi hisoblanadi.
«Majolis un-nafois» boshqa xalqlar tillariga ham tarjima qilingan va tazkirachilik ishiga samarali ta’sir ko‘rsatgan. Chunonchi, 16-asrda fors tiliga 3 marta (Faxriy Hirotiy, 1521—22, Hirot; Qazviniy,1522—23, Istanbul; Shoh Ali, 1598, Nishopur) tarjima qilingan. Shoir Sodiqiy «Majolis un-nafois»dan ilhomlanib, turkiyda «Tazkirai majma ul-xavos»ni tuzgan. «Majolis un-nafois»ning 15-asr oxiri — 16- asr boshlarida ko‘chirilgan bir necha nusxasi Vena, Parij, Boku, Sankt-Peterburg, Toshkent va boshqa joylarda saqlanmoqda.

BISMILLOHIR-RAHMONIR-RAHIM

Yüklə 73,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə