Devoni foniy poetikasi


LAYLI VA MAJNUN DOSTONLARINING BOBLAR BO'YICHA TASNIFI



Yüklə 73,55 Kb.
səhifə8/18
tarix28.11.2023
ölçüsü73,55 Kb.
#134032
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
1-10 navoiy

LAYLI VA MAJNUN DOSTONLARINING BOBLAR BO'YICHA TASNIFI
Navoiyning “Layli va Majnun” dostonida an’ana va o’ziga xoslik.
Majnun - birinchi navbatda inson. Insonning komillik-poklikka intilishida esa ishqi majoziy imtihon maydoni. Chunki ana shu maydonda inson ishq yo’lidagi dard, kuyish-yonishlar, jonni kuydiruvchi yuzlab sho’`la-yolqinlar ko’rasida toblanadi - har xil xiraliklardan poklanadi va poklikda shuhrat qozonadi ("poklikka mavsuf").
Ul o’tda chu ehtizoz topdi,
Andoqki kerak gudoz topdi.
Har g’ashlig’din erdi noqis
Bo’ldi bu gudoz bila xolis. (9-tom, 294)
Boshqacha aytganda, u "o’zligi" - surati majoziyligidan qutulib, ma`naviy - axloqiy poklik darajasiga, ya`ni komil inson darajasiga erishib, odamlarni maftun etadi ("birovga mash`uf"). Majnun ana shu darajadagi timsol bo’lib, Ilohiy zotning sifatlaridan bahramand bo’lgan- komil insondir. Demak, Majnun majoziy ishqda komillikka erishib, haqiqiy ishqdan bahramand bo’lganlarning Ramzidir. Majnunning bunday yuksak komillik darajasiga erishuvining asosiy omili Laylidir. Layli komillikni namoyon etadigan ko’zgudir, mazhardir. Majnun ana shu ko’zguda o’zini emas, balki Laylini-komillikni ko’radi:
Ham Layli o’lub tilida zikri,
Ham Layli o’lub ichida fikri.
Har yon nazar etsa oshkoro,
Layli nazarida jilva oro. (9-tom, 149)
Shuning bilan bir qatorda:
Majnun sog’inib o’zini Layli,
Aylar edi nozu ishva mayli.
Layli o’zini sog’indi Majnun,
Shukr ettiki, yori bo’ldi maqrun.
Ul bu bo’ldiyu lek bu ul
Topmadi aroda ikkilik yo’l. (9-tom, 250)
Demak, Majnun va Layli komillikda vahdatni - yaxlitlikni tashkil etadi. Bu esa nihoyatda baland darajadagi ishqning-xos ishqning ko’rinishi bo’lib, unda jismoniylik emas, balki ma`naviylik yetakchi mavqeni egallaydi. Bunday yuksak darajadagi xos ishqni tushunmaydiganlar Majnun va Layli ishqi mohiyatini ham tushunmaydilar. Bular qatorida Laylining otasi ham bor, ibn Salomlar ham bor. Shuning bilan bir qatorda Alisher Navoiy dostonda Majnun va Laylilar ishqi mohiyatini tushunuvchi va ularga yordam qo’lini cho’zganlar ham borligini Navfal obrazi misolida ko’rsatadi. Chunki:
Navfalki Arabda erdi nodir,
Tig’iga qadar, o’qig’a qodir.
Yaxshiliq ila Arabda mavsum,
Oromgahi bu marz ila bum…
Navfal dag’i ishq ko’rgan erdi,
G’am dashti aro yugurgan erdi. (9-tom, 152-153).
Shu jihatdan Navfal qizi va uning sevgilisi taqdirining ijobiy hal qilingani tushinarlidir. Ammo Navfal qizi va uning sevgilisining muhabbati Majnun va Laylilar o’rtasidagi ishq-xavos ishqi darajasiga ko’tarilgan emas. Navfal qizi va sevgilisining o’zaro ishqi Alisher Navoiy ta`riflagan "avom ishqidurkim, …derlar: "falon falonga oshiq bo’lubdur… va bu qismning (avom ishqining) biyikrak martabasi shar`iy nikohdurkim, bari xaloyiqqa sunnat…" Alisher Navoiy dostonida bu ikki xil ishqning talqinida shoir majoziy ishq martabasiga Majnun va Laylilar ishqi misolida alohida urg’u beradi, chunki bu martaba komillik martabasi bo’lib.


Yüklə 73,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə