Devoni foniy poetikasi


MUXAMMAS MUSADDASLARDAN SHARHLAR



Yüklə 73,55 Kb.
səhifə10/18
tarix28.11.2023
ölçüsü73,55 Kb.
#134032
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
1-10 navoiy

MUXAMMAS MUSADDASLARDAN SHARHLAR
Muxammas (arab. — beshlik) — sharq sheʼriyatidagi sheʼriy shakllardan, qofiyalanish tartibiga koʻra tuzilgan sheʼr. Muxammasning har bir bandi 5 misradan iborat boʻlib, a—a—a—a—a, b—b—b—b—a, v—v—v—v—a, baʼzan esa a—a—a—a—a, b—b—b—a—a tarzida qofiyalanadi. Bandlarning oxirida shoir taxallusi keltiriladi. Muxammas 1 bandining 5 misrasida qofiya sifatida qoʻllangan soʻz shu misra boʻylab 2—3 marta takrorlanadigan namunalari ham uchraydi (masalan: Dilkash, Komil Xorazmiy, Feruz, Muazzamxon va boshqa ijodida). Muxammasning 2 turi bor: tabʼi xud (mustaqil) va tazmin (taxmis). Birinchisida barcha beshlik miyeralar bir muallifniki, ikkinchisi (taxmis)da ijodkor bironta ustoz, zamondosh shoir yoxud oʻz gʻazallari baytlarining har birini beshlik bandlarga aylantiradi. Ikki shoir misralari payvandidan iborat sheʼr paydo qilinadi. Gʻazalning har bir bayti oldidan oʻzining uch misrasini qoʻshadi. Muxammas shoir uchun fikr-kechinmalarini chuqurroq ifodalash, boshqa shoirlar bilan musobaqalashish, kuch sinash, bahslashuv vositasi boʻlgan.
Muxammas oʻzbek sheʼriyatidagi ilk namunalari Hofiz Xorazmiy va Gadoiy devonlarida uchraydi. Navoiy davrida uning tazmin namunalari yaratilgan. Muxammasnavislik, ayniqsa XVII asrdan boshlab tez rivojlangan. Mashrab, Vafoiy, Uvaysiy, Nodira, Mahzuna, Munis, Furqat, Xiromiy, Muqimiy va boshqa shoirlar mumtoz muxammaslar yaratganlar. Muxammaslar XX asr sheʼriyatida ham anʼana sifatida davom etdi. Masalan, Sobir Abdulla, Char-xiy kabi shoirlar boshka shoirlarning g'azallariga muxammaslar bog'laganlar.
Qaysi falak burjining mehri puranvorisen?
Qaysi sadaf durjining gavhari shahvorisen?
Qaysi Xo‘tan ohusi, nofayi totorisen,
Qaysi chamanzorning lolav-u gulnorisen?
So‘yla mango, ey sanam, kimni sevar yorisen?
Qomatinga bandadur bog‘ aro sarvi ravon,
La’li labing rashkidin g‘uncha erur bag‘ri qon.
Chunki chaman sahnida bo‘lsa yuzing gulfishon,
Nolasin aylar fuzun bulbuli bexonumon,
So‘yla mango, ey sanam, kimni sevar yorisen?
Yig‘latur oshiqlaring la’li labing xandasi,
To‘bi-yu shamshod erur sarv qading bandasi.
Husn-u jamol avjining mehri duraxshandasi
Ko‘rsa mahi orazing, bo‘lg‘usi sharmandasi,
So‘yla mango, ey sanam, kimni sevar yorisen?
Ey, yuzi husn-u jamol bog‘ining ahmar guli,
Jon ila ko‘nglum erur ushbu guling bulbuli.
Qumriyi nolon erur sarv qadingning quli,
Yo‘q esa nechun oning bo‘ynida bordur g‘uli.
So‘yla mango, ey sanam, kimni sevar yorisen?
Sen kibi bir dilbare gulruh-u siymin badan,
Vaqti takallum aro to‘tiyi shakkar suxan.
Majli aro aylasang shu’badayi la’b fan,
Vola o‘lurlar sango ahli zamon-u zaman
So‘yla mango, ey sanam, kimni sevar yorisen?
Aysh-u nashot istabon g‘amg‘a duchor o‘lmag‘on,
Mehringga dil bastayi zor-u nizor o‘lmag‘on.


Yüklə 73,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə