Devoni foniy poetikasi


Layli va Majnun dan 10 ta baytning ritmik xususiyatini o'rganish



Yüklə 73,55 Kb.
səhifə13/18
tarix28.11.2023
ölçüsü73,55 Kb.
#134032
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
1-10 navoiy

Layli va Majnun dan 10 ta baytning ritmik xususiyatini o'rganish
Yaqin va O’rta Sharq xalqlari adabiyotida “Layli va Majnun” mavzusiday keng tarqalgan boshqa bir ishq qissasini topish qiyin. Mana o’n uch asrdirki, ushbu mavzuda adabiyot olamida she’r va dostonlar bitilib keladi. Ushbu qissaning kelib chiqish manbai qadim arablar hayoti bilan bog’liq voqealarga borib taqaladi. Ayrim arab manbalarining ma’lumot berishicha, Majnun tarixiy shaxs bo’lib, Shimoliy Arabistondagi Bani Omir qabilasiga mansub bo’lgan. Uning ismi manbalarda Qays ibn Mulavvah, Mahdiy ibn Muod, al-Aqra va ba’zan al-Buhturiy ibn al-Ja’d tarzida keltiriladi. Majnun o’z qabilasidan Layli ismli qizni sevib, unga bag’ishlab ajoyib she’rlar to’qigan. Uning she’rlari qabiladoshlari va boshqa qabila kishilari orasida keng tarqalganligi haqida Ibn Qutaybaning “Kitobu-sh-she’r va-sh-shuaro” asarida ma’lumotlar keltiriladi. Lekin shu bilan birga ayrim tarixchilar Majnun tarixiy shaxs emas, uning nomi majoziy, mavjud she’rlar o’z amakisining qizini sevib qolgan umaviy bir yigitning she’rlari, u she’rlarida Majnun taxallusini qo’llagan deb aytadilar. Har holda nima bo’lganda ham VII asrning ikkinchi yarmidan boshlab arab she’riyatida Majnun taxallusi bilan ishq mavzusida yozilgan g’amgin she’rlar paydo bo’lgan. Badiiy adabiyotda bu qissa doston shaklida ilk bor Nizomiy Ganjaviy tomonidan vujudga keldi. Keyinchalik forsiy tilda Amir Xusrav Dehlaviy, Ashraf Marog’iy, Abdurahmon Jomiy, Amir Shayxim Suhayliy, turkiy tilda Gulshahriy, Oshiq Poshsho, Shahidiy, Fuzuliy kabi shoirlar bu dostonga javob yozdilar. Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostoni 38 bob, 3623 baytdan iborat. Shundan muqaddima 9 bobni o’z ichiga oladi. Doston an’anaviy hamd – Allohning madhi bilan boshlanadi. Unda shoir olamning yaratilishi, tun, kun, oy, quyosh, yulduzlarning, yil fasllari va ulardagi tabiatning o’ziga xos jilolari, insonning tabiat ichida yaratilishi, yo’qdan bor, bordan yo’q bo’lishi – bularning hammasi Allohning beqiyos qudrati va ulug’ligining ifodasi ekanini ta’kidlab, unga hamdu sanolar o’qiydi. Navoiy bobda g’oyat ustalik bilan Allohning yerdagi tajallisi tasvirini ushbu yozilayotgan dostoni g’oyasi bilan bog’liq holda bayon qiladi. Yaratuvchining har yerdagi tajallisi jahonda Layli bo’lib ko’rinadi, jilva qiladi, uning bu xususiyati esa yaratilganlarni Majnun qilishdan iboratdir:
Ey har sorikim, qilib tajalli,
Ul mazhar o’lub jahonda Layli.
Ey oniki Layli aylab otin,
Majnun qilmoq qilib sifotin.
Ikkinchi bob Munojotni o’z ichiga oladi. Mazkur bobda Navoiy Allohga murojaat qilib, uni borliqni yaratgan yagona va oliy zot deb deb ataydi va o’z gunohlarini, xatolarini kechirishni iltijo qiladi. Shoir dostonni yozishga kirishar ekan, Xudodan o’ziga madad va ko’mak so’raydi:
YO Rab, eshigingda ul gadomen,
Kim, boshtin ayoqqacha xatomen.
Mushkum bu xatoda bo’ldi kofur,
Kofur ila mushkum o’ldi benur…
Boq dardu malolatimg’a, yo Rab,
Rahm ayla bu holatimg’a, yo Rab…
Shukrungg’a tilimni qoyil ayla,
Sajdangga boshimni moyil ayla…
Bo’l rohnamun mango ul ishga,
Kim, bo’lsa sanga rizo ul ishga…


Yüklə 73,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə