Devoni foniy poetikasi


HAYRAT UL ABROR DAN 10 TA BAYTNING RITMIK XUSUSIYATINI O'RGANISH



Yüklə 73,55 Kb.
səhifə15/18
tarix28.11.2023
ölçüsü73,55 Kb.
#134032
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
1-10 navoiy

HAYRAT UL ABROR DAN 10 TA BAYTNING RITMIK XUSUSIYATINI O'RGANISH
Hayrat ul-abror (oʻzbekcha: Yaxshi kishilarning hayratlanishi) — Alisher Navoiy qalamiga mansub "Xamsa"ning birinchi dostoni (1483) boʻlib, pand-nasihat ruhidagi taʼlimiy-axloqiy, falsafiy doston. 3,988 baytdan iborat boʻlib, 64 bob, 20 maqolatdan tashkil topgan. Aruzning sareʼ bahrida yozilgan. Asar anʼanaviy muqaddima — hamd va naʼt bilan boshlanadi. Navoiyning dunyo haqidagi qarashlari mana shu muqaddimada oʻz aksini topgan. Uningcha, dunyoning boshi ham, oxiri ham, yaratuvchi ham, kuzatuvchi ham Allohdir: Avval oʻzung, mobayn oʻzung, Barchaga xoliq, boriga ayn oʻzung.
Asarda shoir Alloh, borliq, inson haqida shunday fikrlaydi: bir vaqtlar bu jahon pinhon (yashirin) edi. Na yer, na koʻk, na kun, na tun — hech narsa yoʻq edi. Sendan boshqa hech kim, hech narsa yoʻq edi. Nozir ham, manzur ham oʻzing eding. Ishqingdan mast, husningdan masrur eding, husning jilvasiga cheku chegara yoʻq edi. Senga koʻzgu kerak boʻldi va shu maqsad bilan dunyo maydonga keldi. Demak, dunyo sening jamolingga oynadir. Sen dunyoni gʻoyat goʻzal (latif) qilib yaratding, lekin hammasidan insonni ulugʻ (sharif) aylading. Binobarin, Alloh har narsadan ulugʻ va yaqin tutgan inson ham tabiatning, ham jamiyatning gultojidir. Navoiy dunyoni Allohning namoyon boʻlishidir, deb biladi. Inson esa uning markaziy siymosi.
2 bob ustozlar taʼrifiga bagʻishlangan, 2 bob soʻz va undagi maʼno haqida. Soʻng Husayn Boyqaroga, ulugʻ pirlar: Bahouddin Naqshband, Xoja Ahrorga bagʻishlovlar keladi. Nihoyat, 22-bobdan maqolatlar boshlanadi. 1-maqolat iymon, 2-maqolat islom, 3-maqolat shohlar haqida. Unda shoir bevosita shohga murojaat qiladi: "Ey, dabdabasi olamni tutgan sulton, senga haq hukmfarmolik berdi, qoʻlingni baland qilib, el-xalqni, ne-ne buyuklarni qoshingda past etdi. Lekin shuni bilki, sen ham ularning koʻpidan ojizroq bir bandasan... Haq senga vazifa topshirgan. Birinchi vazifa — bergan neʼmatiga shukr qilmoq, ikkinchisi — xalqni xurram tutmoq, haqini haqlab bermoq, asramoq. U senga omonat berilgan. Agar sen elning bir siniq ignasini tortib olsang, oxiratda olmos xanjar boʻlib, bagʻringga qadaladi. Ingichka bir ip kabi zarar yetkazgan boʻlsang, uni seni halok qiluvchi ilon deb bilaver... Beayb Parvardigor, lekin ayb qildingmi, tavba qil. Adolatsizlik qildingmi, adolat qil". Shu tariqa har bir maqolat bir mavzuga bagʻishlangan. Shoir dastlab mavzu bilan tanishtiradi. Unga munosabat bildiradi, yaʼni tasdiq yo inkor etadi, ayni mavzuga munosib biror ibratli hikoya keltiradi.
Navoiy dostonda umr, uning mazmuni, tabiat, jamiyat va inson munosabatlariga doir savollar qoʻyadi va keyingi dostonlarda muayyan taqdirlar, voqealar misolida ularga javob beradi. Dostonda oʻsha davr ijtimoiy turmushi, xalq hayoti, urf-odatlari, din-diyonat, axloq-odob haqidagi qarashlar oʻz ifodasini topgan.
Dostonning ikkinchi bobi Xoliq, ya’ni Olloh hamdiga bag‘ishlanadi. Mazkur bobda shoir hamma narsani yaratgan Xoliqning osmon va quyoshdan tortib har bir zarrani, butun o‘simliklar va hayvonot olamini, kishilik jamiyatini bir-biriga bog‘lab harakatlantirib turishini cheksiz hayrat bilan tasvirlaydi. Alisher Navoiy “Uning zoti lutf va safodan iborat, lekin vafo isi unga begona” degan fikrlarni ilgari surar ekan, bu o‘rinda tasavvuf ta’limoti asosida fikr yuritilayotganligi ma’lum bo‘ladi.
Dostonning 3-6 boblari (to‘rt bob) munojotlarni o‘z ichiga oladi. Munojotlarda dunyodagi barcha mavjudotlar o‘z yaratganiga doim sajda qilishi zarur, Xudoning qahri kelsa, “ko‘k bir etak kul” kabi sovurilib ketishi hech gap emasligi ta’kidlanadi. Shuning uchun insonlar o‘ylab ish qilishi, gunoh qilishga yo‘l qo‘ymasligi, qiyomat kunini unutmasligi, har bir gunoh uchun qiyomat kuni jazo olajagini esda tutishi, islom dini qoidalariga to‘la rioya qilishi zarurligi uqtiriladi. Navoiy oxirgi munojotda Xudoga murojaat qilib, gunohlarini kechirishini so‘raydi:
Garchi gunahning hadu poyoni yo‘q,
Aylamasang rahm ham imkoni yo‘q.

MAJOLIS UN NAFOIS ASARI
Sulton Sohibqironning humoyun valodatlari zamonidin ro‘zafzun davlatlari davronig‘achakim, qiyomatg‘acha barqaror va olam inqirozig‘acha poydor bo‘lg‘ay, ulcha faqir eshitibmen, ammo xizmatlarig‘a yetmaymen va ulcha xizmatlarig‘a yetibmen, ammo holo bu fano dor ul-g‘ururidin baqo dor us-sururig‘a intiqol qilibdurlar va ulcha holo bu farrux zamonda namoyandadurlar va ul hazrat zoti malakiy sifotig‘a madh saroyandadurlar, jam’ qililg‘ay va har qaysining natoyiji tab’idin biror nima nishona no‘sunluq yozilg‘ay. Chun bu maqsudg‘a yetildi, oni sekkiz qism etildi va har qismi nafis bir majlisg‘a mavsum bo‘ldi va majmu’ig‘a «Majolis un-nafois» ot qo‘yuldi.
«Majolis un-nafois» («Nafislar majlislari») — Alisher Navoiy tazkirasi (1490—91; 1497—98 y.da qayta ishlangan). Turkiy tazkirachilikning ilk namunasi. Asarda 15-a.da Xuroson va qo‘shni mamlakatlarda yashagan shoir, yozuvchi va olimlar (jami 459 kishi) ijodiga oid qisqa ma’lumotlar berilgan. Ma’lumotlar yillar, geografik o‘rinlar hamda sulolaviy tarti- blarga tayanib joylashtirilgan. 8 qism— «majlis»dan iborat. 1—2 majlislarda muallifning salaflari — tazkira yozilayotgan vaqtda hayot bo‘lmagan shoirlar, 3 majlisda o‘ziga zamondosh shoirlar haqida ma’lumotlar keltirilgan. 5—6 majlislarda Xuroson, Samarqand, Xorazm, Qarshi, Badaxshon, Qazvin, Sova, Kirmon, Sheroz va boshqa joylardan chiqqan kalam axdlari haqida; 7 majlisda esa temuriylar sulolasiga mansub shoirlar haqida fikr yuritilgan. 8 majlis Sulton Husayn Boyqaroga bag‘ishlangan. Tazkirada shoirlarning bilim darajasi, axloqi, dunyoqarashi, mehnatga munosabati kabi xususiyatlari alohida ko‘rsatilgan. Har bir shoirga berilgan tasnif uning ijodidan namuna keltirish bilan asoslangan.
Asarda badiiy ijod asosi va mohi yatini belgilovchi nazariy masalalar yuzasidan ham fikr yuritilgan: mazmun va shakl haqida fikrlar ilgari surilgan, shoirlar ijodiga baho berishda asarlarning g‘oyaviy mazmuni bilan birga badiiy mahoratiga ham e’tibor qaratilgan. Navoiy o‘z davri adabiy muhitining qizg‘in manzarasini, adabiyotdagi poetik janr va turlar rang-barangligini ko‘rsatib bergan. Asar qiziqarli va sodda, ravon uslubda yozilgan, fikrlar puxta va ixcham ifodalangan. Tazkira 15-asr o‘zbek ilmiy nasrining go‘zal namunasi hisoblanadi.
«Majolis un-nafois» boshqa xalqlar tillariga ham tarjima qilingan va tazkirachilik ishiga samarali ta’sir ko‘rsatgan. Chunonchi, 16-asrda fors tiliga 3 marta (Faxriy Hirotiy, 1521—22, Hirot; Qazviniy,1522—23, Istanbul; Shoh Ali, 1598, Nishopur) tarjima qilingan. Shoir Sodiqiy «Majolis un-nafois»dan ilhomlanib, turkiyda «Tazkirai majma ul-xavos»ni tuzgan. «Majolis un-nafois»ning 15-asr oxiri — 16- asr boshlarida ko‘chirilgan bir necha nusxasi Vena, Parij, Boku, Sankt-Peterburg, Toshkent va boshqa joylarda saqlanmoqda.

BISMILLOHIR-RAHMONIR-RAHIM

Yüklə 73,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə