Devoni foniy poetikasi


Sab'ai Sayyor dan 10 ta baytning ritmik xususiyatini o'rganish



Yüklə 73,55 Kb.
səhifə12/18
tarix28.11.2023
ölçüsü73,55 Kb.
#134032
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
1-10 navoiy

Sab'ai Sayyor dan 10 ta baytning ritmik xususiyatini o'rganish
Alisher Navoiy “Xamsa”sining to‘rtinchi dostoni “Sab’ai sayyor” deb atalib, 1484 yilda yozib tugallangan. Asarning bosh qahramoni Bahrom bo‘lib, tarixiy shaxs sifatida Eronning sosoniy hukmdori Varaxran V (420 – 438 yillarda podsholik qilgan) bilan bog‘liq. Bu hukmdor qulon (yovvoyi kiyik)ni ovlashga nihoyatda o‘ch bo‘lganligi uchun xalq orasida Bahrom Go‘r (qulon) laqabi bilan shuhrat topgan. Sharq mamlakatlarida Mars (Mirrix) yulduzi Bahrom deb atalib, jang-u jadallar homiysi sifatida keladi. Bahrom timsoli dastlab forsiy adabiyotda Abulqosim Firdavsiy “Shohnoma”sida tasvirlangan. “Shohnoma”da Bahrom Go‘r haqidagi voqea dostonning faqat bir faslini tashkil etib, unda Bahromning tug‘ilishi, taxtga chiqishi, mamlakatni idora qilish tadbirlari, ov vaqtida o‘z kanizagi Ozoda bilan to‘qnashuviga doir voqealar tasvirlangan. “Shohnoma”dagi Bahrom Go‘r va uning kanizagi orasidagi bu to‘qnashuv lavhasi Nizomiy tomonidan qayta ishlanib, mashhur “Haft paykar” dostoni vujudga keladi. Nizomiy Bahromning kanizak bilan bog‘liq hikoyasini qoliplovchi hikoya qilib olib, unga 7 hikoyat kiritadi. Nizomiy asaridan keyin 200 yil o‘tgach, Xusrav Dehlaviy unga javob tarzida “Hasht behisht” dostonini yaratib, 7 hikoyatni hind eposidan oladi. Turkiy tilda birinchi bo‘lib bu mavzuni Alisher Navoiy qalamga oladi va o‘z dostonini “Sab’ai sayyor” deb ataydi. “Sab’ai sayyor” dostoni 38 bob, 5009 baytdan iborat bo‘lib, shundan 11 bobni muqaddima tashkil qiladi.
Doston muqaddimasi an’anaviy hamd bilan boshlanadi. Navoiy Allohni olamning yaratuvchisi sifatida madh etar ekan, dostonning mazmuni taqozosi bilan birinchi bobdayoq yetti raqamiga alohida e’tiborni qaratib, iltizom (bir so‘zni biror parchaning barcha misra yoki baytlarida qo‘llab, shu so‘zning muhimligini ta’kidlash) badiiy san’ati vositasida falakning yetti qavat ekanligi, yetti gumbazdan tashkil topgani, yer yuzi yetti iqlimga bo‘lingani, yetti ko‘k, yetti yulduz kabilar haqida fikr yuritadi. Shuningdek, Bahrom va Dilorom so‘zlarini asl va majoziy ma’nolarda qo‘llab, sayyoralar olami, dunyoning yaratilishi haqida o‘z falsafiy qarashlarini bayon qiladi, olamning yaratilishini tasavvufdagi vahdat ul- vujud falsafasi asosida bayon qiladi: Ishq sensen dog‘iyu oshiqsen, Yana ma’shuqluqqa loyiqsen. Ayni ma’shuqluqda jilvai zot, O‘zini ko‘rgali tilab mir’ot. Sensenu sendin o‘zga xud nima yo‘q, Gar ko‘runsa sen o‘lg‘ung ul nima o‘q. Dostonning 2-bobi munojot bo‘lib, bunda buyuk shoirning yaratuvchiga murojaati, najot umidi, tavba va iltijolari o‘z ifodasini topgan: Qodiro, ul zaifu osiymen, Ki boshimdin ayoq maosiymen. Navoiy tashbeh san’ati vositasida o‘zini toat vaqtida xasta chumoliga, isyon vaqtida vahshiy sherga, nafsini bahaybat filga, ko‘nglini nimjon pashshaga o‘xshatadi: Toat aylarda mo‘ri xasta barin, Lek isyon mahalli sheri arin.„Sabʼai sayyor“ („Yetti sayyora“) — „Xamsa“ Alisher Navoiyning toʻrtinchi dostoni (1484), ishqiysarguzasht harakterda. 38 bob (5000 baytdan oshiq). Sharqda keng tarqalgan „Bahrom Goʻr“ afsonasi asosida. Afsona Eronning sosoniy hukmdori Chyaraxran V (420— 438 hukmronligi) nomi bilan bogʻliq (Varaxran — dariycha Bahrom). U goʻr— qulon oviga oʻchligi uchun Bahrom Goʻr nomi bilan mashhur. Afsonani yozma adabiyotga, dastlab Firdavsiy olib kirgan. Soʻng Nizomiy, Xusrav Dehlaviy va boshqa shu mavzuda asarlar yozganlar. Navoiy bu tajribalarni umumlashtirib, mukammal original doston yaratgan. Doston Sharqda „Bahrom va Gulandom“, „Bahromnoma“, „Haft manzari Bahrom“ nomlari bilan shuhrat qozongan. „Sabʼai sayyor“ anʼanaga koʻra, hamd, munojot va naʼt bilan boshlangan, soʻng voqealar bayon etilgan. Mundarijasi „Hamsa“dagi boshqa dostonlardan farq qiladi; hikoya ichida hikoya usulida yozilgan. Bahrom va Dilorom voqeasi asarda qoliplovchi hikoya boʻlib, uning ichida yana 7 hikoya keltirilgan. Ular asarning umumiy yoʻnalishi bilan chambarchas bogʻlanib, yaxlit bir badiiy asarning uzviy qismlarini tashkil etadi. Ayni vaqtda hikoyaning har biri mustaqil hisoblanadi va mavzular davrning, xalq turmushining muhim tomonlarini qamrab oladi; xalq hayoti, tinchlik va osoyishtalik, adolat va vatanparvarlik, sevgi va maʼrifat gʻoyalari ilgari suriladi, munofiklik va zolimlik qoralanadi.
Bahrom — 7 iqlim shohi. Ovda uni izlab kelayotgan Moniyni uchratadi. Moniy xitoylik goʻzal Dilorom haqida xabar beradi, oʻzi chizgan qizning suratini koʻrsatadi. Shoh suratni koʻrib telbalarcha oshiq boʻladi.

Yüklə 73,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə