N. Bekmirzayev \'jj& notiqlik san’ati asoslari


 Kaykovus, “Qobusnoma”. Toshkent, “M eros” 1992, 165—166-betlar



Yüklə 5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/105
tarix28.11.2023
ölçüsü5 Mb.
#135210
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   105
Notiqlik san\'ati asoslari. Bekmirzayev N

10 Kaykovus, “Qobusnoma”. Toshkent, “M eros” 1992, 165—166-betlar.
46


bilur. U1 olimdur, unga tobe bo'lmoq kerakdur. Biri uldurkim, 
bilmas va bilmag'onin bilur, ul qobildur, unga o‘rgatmoq kerak. 
Biri uldurkim, bilur va bilg‘onin bilmas, ul uyqudadur, uni bedor 
qilmoq kerakdur. Biri uldirkim, bilmas va bilmag‘onin ham bilmas, 
u johildur, undan qochmoq kerakdur. Ammo deb erdimki, so‘z 
ham to 'rt navdur: biri bilinm ayturg‘on va aytilm ayturg‘on; 
ikkinchisi, aytilaturg‘on va bilinaturg'on: uchinchisi, ham 
bilanturg'on va ham bilishga zaruratsiz, ammo aytsa bo‘laturg‘on, 
to'rtinchisi bilaturg‘on va aytilmayturg‘on. Ammo aytilmayturg‘on 
va bilinmay turg‘on undoq so'zdurki... dunyoning salohi unga 
bog‘liqdir. Ul so‘zdin aytuvchiga ham, eshituvchiga ham ko‘p naf 
yetar. Ammo b ilin atu rg 'o n , biroq aytilm ayturg‘on undoq 
so‘zdirkim, bir muhtasham odamning aybi senga ma’lum bo‘lur. 
Lekin aql tariqidin xayolga kelsang uni aytmoq besharmlikdur. 
Chunki aytsang ul muhtashamning qahri yo u do‘stning ozori 
senda hosil bo‘lur, yoxud o‘z boshingga ulug‘ sho‘rish va g‘ovg‘o 
paydo qilursen. Shul vajdin ham bul so‘z bilinaturg‘on, ammo 
aytilm ayturg‘on so ‘zdur. Bu so 'zlarn in g yaxshirog‘i ham
bilinaturg‘on va ham aytuIaturg‘on so'zdur.
Bu to ‘rt nav so'zning ikki yuzi bordir. Biri xo‘b va biri zisht. 
Har so‘zni xaloyiqqa zohir qilsang, yaxshi yuz bila zohir qil, toki 
maqbul bo‘lsin va xaloyiq sening so‘z bila baland martabaga 
egalig‘ingni bilsunlar. Nedinkim kishining martabasini so‘z bilan 
bilurlar, ammo so‘zning martabasini kishi bila bilmaslar, chunki 
har kishining ahvoli o ‘z so‘zining ostida pinhondur, ya’ni bir 
so‘zni bir iborat bila aytsa bo‘lur, eshitg‘on kishining esa ko'ngli 
Undan tira (qorong'u) b o ig ‘ay va yana o‘shal so‘zni bir iborat 
bila aytsa bo'lurkim , eshitg‘on kishining joni undin rahatda 
bo‘lg‘ay.
Ey farzand, 
so‘zning
yuzin va orqasin bilg‘il va ularga rioya 
qilg‘il, har na so‘z desang yuzi bila degil, to suxango‘y b o ig ‘aysan. 
Agar so‘z aytib, so‘zning nechuk ekanin bilmasang qushga 
o'xsharsanki, unga to ‘ti derlar, ul doim so‘zlar, ammo so‘zning 
ma’nosin bilmas.
Suxango‘y shu kishi bo‘lg‘ayki, ul har so‘zni desa, xalqqa 
ma’qul bo‘lg‘ay va xalq ham har so‘z desa unga ma’qul bo‘lg‘ay. 
Bunday kishilar oqillar qatoriga kirgay, yo‘q ersa ul inson suratida 
mavjud bo‘lg‘on bir hayvondur.
47


So‘zni bag‘oyat ulug‘ bilg‘il, so‘z osmondin kelmas va ul har 
narsa emasdur. Qay bir so‘zki bilsang joyini o ‘tkarmay aytg‘il, 
vaqtni zoe qilmag'il, yo‘q ersa donishg‘a sitam qilg‘on bo‘lg‘aysan. 
Har so‘z desang rost deg‘il va be’manilikni da’vo qilg‘uvchi 
bo‘lmag‘il.
Bilmag‘on ilmdin dam urmag‘il va undin non talab qilmag'il. 
Harna matlubing bo‘lsa, bilg'on ilm va hunardin hosil bo‘Iur. 
Bilmag'on hunar da’vosidin hech narsa hosil bo‘lmas, faqat behuda 
zahmat chekarsan
Ammo, ey farzand, hech kishining oldida ifrat (haddan oshish) 
qilmag'il va ifrotni shumlig1 deb bilmag‘il. Har ishda miyona 
(o‘rtacha) boig'il, so‘z aytmoqda va ish qilmoqda... sangin (og‘ir) 
bo‘lg‘il. Rozingni (siringni) o ‘zingdan o ‘zga kishiga aytmag‘il, agar 
aytsang so'ngra uni roz demag'il.
Xaloyiqning orasida bir kishining qulog'iga so‘z aytish yaxshi 
em asdur. Agar bu so ‘z garchand yaxshi so ‘z b o ‘lsa ham , 
tashqarisindan uni yomon so‘z deb gumon qiladilar va ko‘p 
odamlar bir-birlaridan dargumon bo£ladilar. Gar so‘z demoqchi 
bo‘lsang, shunday so‘z degilki, so'zingning rostlig‘iga guvohlik 
bersinlar. Agar o'zingni zo‘rlik bila aybdor qilmoq tilamasang, 
biror narsaga guvoh bo‘lmag‘il va agar guvoh bo‘lsang, guvohlik 
berar vaqtda ehtiroz (saqlanish, ehtiyotlanish) bo‘lg‘jl. Agar 
guvohlik bersang, mayl bila bermag'il.
Har so‘zni andisha bila boshlag‘il, toki aytg‘on so‘zingdin 
pushaymon bo‘lmag‘aysan.
Andishani ilgari tutmoq ham bir nav karomatdur. Hech so‘zni 
eshitishdan diltang bo‘lmag‘il. Ul so‘z ishinga xoh yarasun, xoh 
yaramasun, uni eshitgil, to yuzingga so‘z eshigi beklanmasun va 
foydasi favt (yo‘qotish, oelim) bo'Imasin.
Sovuq so'zlik bo‘lmag‘il. Sovuq so‘z bir tuxumdur, undin 
dushmanlik hosil bo‘lur.
Agar har qancha dono bo‘lsang ham o ‘zingni nodon tutg‘il, 
toki senga hunar o'rgatish eshigi hamisha ochiq bo‘lg‘ay. Gar 
so‘zni va hunami yaxshi bilsang ham hech bir so‘zni sindirmag‘il, 
to ‘g‘ri ta’rif qilg'il va uni bir rangda aytg'il: xosga xos so‘z, omiyga 
omiy so‘z degil, toki u hikmatga muvofiq bo‘lsun va eshitg‘on 
kishiga og'ir kemasin, yo‘qsa so'zingni dalil va hujyat bila ham 
eshitmag‘aylar. Undin so‘ng ularning rizosiga qarab so‘zlag‘il, to 
salomat bo‘lg‘aysan.
48


Ey farzand, agar har nechakim suxondin bo‘lsang, o'zingni 
bilg‘ondin kamroq tutg‘il, to so'zlash vaqtida nodon va beburd 
bo‘lib qolmag'aysan. Ko‘p bilib, oz so‘zlag‘il va karn bilib ko‘p 
so‘z demag'il. Nima uchunki aqlsiz shundog1 kishi bo'ladur — u 
ko‘p so'zlar. Debdurlarki, xomushliq salomatlik sababidur, chunki 
ko‘p so'zlaguchi oqil kishi bo‘lsa ham, avom uni aqlsiz derlar. 
Aqlsiz kishi xomush bo‘Isa, uni oqil hisoblaydilar. Har necha 
pok, porso (xudojo‘y), ravish (yo‘l, yo‘sin, qoida) bo‘lsang ham 
o'zingni ta’rif qilmag‘ilki, har kishi sening guvohlig'ingni eshitmas. 
Qo‘shish qilkim, xaloyiq seni ta ’rif qilsunlar va shundoq so‘z 
degilkim, u ishga yarasun, bekor va zoe ketmasun.
Ey farzan d , dem ak, yolg‘on va bexudo s o ‘z aytm oq 
devonalikning bir qismidir. Har kishiga so‘z aytur bo‘lsang qarag‘il, 
ul sening so'zingga xaridormu yoki xaridor emasmu? Agarda uni 
so'zingga xaridor topsang, unga so‘zingni sotgil. Yo‘q ersa, ul 
so‘zni qo‘yib, shundoq so‘z degilkim, unga xush kelsin va sening 
so‘zingga xaridor bo‘lsin. Lekin inson bila inson bo‘lg‘il, odamiy 
bila odam bo‘lg‘il, nedikim inson boshqa, odamiy boshqadur.
Ey farzand, toki qila olsang, so‘z eshitmakdin qochmag‘ilkim, 
kishi so‘z eshitmak bila suxango‘y hosil qilur. Awalo buni shundoq 
dalillash mumkin, agar o ‘g‘lon onadan tug‘ilsa, unga yerning 
ostidan bir joy qilib sut berib, ul joyda parvarish qilsalar, onasi va 
doyasi unga gapirmaslar, u o ‘g‘lon hech kishining 
so'zin eshitmasa,
ulug‘ bo‘lgonda lol (soqov) bo‘lur. Ko'rmasmusankim, barcha 
lollar kar bo'lurlar”.
Kaykovusning «Qobusnoma» asari hayotimizda yashashimiz 
uchun qayerda, qachon, qanday holatda muomala-munosabatga 
undaydi. Hatto bugunning odamlar o'rtasidagi muomala saboqlariga 
o'rgatadigan kitobi, deb ko'pchilik amerikalik sotsiolog Deyl 
Kameygining kitobini misol keltiradilar. To‘g‘ri, unda g‘arbcha 
muomala keng o ‘rin olgan, Kaykovusning «Qobusnoma»si esa 
sharq axloqi yo‘nalishida bo‘lib, ham foniy dunyo, ham boqiy 
dunyo saboqlaridan ta’lim berishi bilan qimmatlidir. Shu m a’noda 
«Qobusnoma» bebaho kitob bo‘lib qolaveradi. Ayniqsa, notiqlik 
bobida undan ko‘p foydalanish mumkin.
Mavzuni «Qobusnoma»dagi ibratli fikr bilan yakunlamoqchimiz: 
“...Nutqni juda yaxshi va san’atkorona o ‘rganib ol, doimo gapga 
chechan bo'lishga harakat qil... Nutqi shirin kishining mehribon 
kishilari ham ko‘p bo‘ladi ”.
49



Yüklə 5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə