N. Bekmirzayev \'jj& notiqlik san’ati asoslari


 N.M allayev, “0 ‘zbek adabiyoti tarixi” , Toshkent, 1965, 76-bet



Yüklə 5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/105
tarix28.11.2023
ölçüsü5 Mb.
#135210
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   105
Notiqlik san\'ati asoslari. Bekmirzayev N

9 N.M allayev, “0 ‘zbek adabiyoti tarixi” , Toshkent, 1965, 76-bet.
36


Sharqda, jumladan, Movarounnahrda badiiy, ilmiy ijodning 
taraqqiyoti, shuningdek, va’zxonlik, “Qur’on”ni targ‘ib qilish 
bilan mushtarak holda so‘zning ahamiyati, m a’nosi va undan 
maqsadga muvofiq foydalanish borasida qadimdan ko‘p yaxshi 
fikrlar aytilgan.
Vaz’xonlikning, balog‘at (chechanlik, notiqlik) san’atining 
o'suvi barobarida nutq oldiga qo‘yilgan talablar mukammallashib 
bordi. Buyuk allomalar Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, 
Ibn Sino, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Mahmud Qashg‘ariy, 
Zamaxshariy, Abu Ya’qub Sakkokiy tilga, lug‘atga, grammatika 
va mantiqshunoslikka bag‘ishlangan asarlar yozdilar yoki boshqa 
sohalarga doir asarlarida bu mavzuga aloqador fikrlar bildirdilar.
Buyuk qom usiy olim B eru n iy (9 7 3 —1048) o ‘zin in g
«Geodeziya» asarining kirish qismida fanlarning paydo bo‘lishi va 
tarmoqlanib ko‘payishi haqida so‘z yuritib, har bir fanning inson 
hayotidagi zaruriy ehtiyojlar talabi bilan yuzaga kelishini aytadi. 
U ningcha, gram m atika, aruz va m antiq fanlari ham shu 
ehtiyojning hosilasidir. Inson nutqi o‘z tuzilishi, materialiga ko‘ra 
rostni ham, yolg‘onni ham ifodalashi mumkin. Bu ko‘plab 
munozaralarga sabab boiadi. Inson bu munozaralar jarayonida 
rostni yolg‘ondan ajratadigan «mezon»ni yaratadi. Bu mantiq fani 
edi. Inson nutqida shubhali o ‘rinlar sezilsa, m a’lum «mezon» 
yordamida ular tuzatiladi. Olim mantiqni o ‘rganmasdan, uni 
malomat qilganlarga hayron qoladi va ularga achinib: «Agar u 
dangasalikni tashlab, oromga berilmasdan, gap bilan bog'lanib 
keladigan nahv (grammatika), aruz (she’r o ‘lchovi) va mantiqni 
(logika) mutolaa qilganida edi, so‘zning (nutq) nasr va nazmga 
qjralishini bilgan bo'lardi» — deydi (Beruniy.To'plangan asarlar.
I ll tom, 192, 64-bet). Demak, Beruniy nutqning ikki xil — nasr, 

Yüklə 5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə