N. Bekmirzayev \'jj& notiqlik san’ati asoslari


“0 ‘zbek M illiy Entsiklopediyasi” , I jild, 2000, 517-bet



Yüklə 5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/105
tarix28.11.2023
ölçüsü5 Mb.
#135210
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   105
Notiqlik san\'ati asoslari. Bekmirzayev N

7 “0 ‘zbek M illiy Entsiklopediyasi” , I jild, 2000, 517-bet.
8 Primqul Qodirov, “Til va El”, G ‘.G ‘ulom N M IU , 2005-yil, 14—22 betlardan olindi.
35


Xalq og'zaki ijodining ilk tajribalari notiqlik san’atiga, badiiy 
so‘z san’atining ravnaqiga, yozma adabiyotga boy manba bo‘lib 
xizmat qilib kelgani va kelayotgani barchaga ma’lum, shu ma’noda 
“Alp Er To‘ng‘a” dostoni, muqaddas kitob “Avesto”, 0 ‘rxun va 
Enasoy yodgorliklari va boshqa yozma yodgorliklar Markaziy Osiyo 
xalqlarining tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, madaniyati, tilini 
o‘rganishda muhim manba bo'lish bilan birga, ma’lum notiqlik 
san’atiga undovchi, unga manba bo'luvchi qimmatga ham egadir.
“Avesto”ning muqaddas kitob sifatida to ‘la shakllanishi 
eramizdan awalgi birinchi ming yillik o‘rtalariga to ‘g‘ri keladi. 
“Avesto”da notiq foydalanishi lozim bo‘lgan o‘rinlar juda ko‘p. 
Jumladan, “G ‘alla yerdan unib chiqqanda devlar larzaga keladi, 
g‘alla о‘rib olinayotganda devlar nola — faryod chekadi, g‘alla 
yanchib un qilinayotganda esa devlar mahv bo‘ladi... G'allani mo‘l- 
ko‘l bo‘lishi go‘yo devlarning labiga qizdirilgan temir bosgandek 
ulami tumtaraqay qiladi...”9 Bu jumlalar orqali odamlarni mehnat 
qilishga, mehnatga muhabbat bilan yondoshmoqqa chaqirish 
mumkin. Unda notiqlik kuchini oshiradigan da’vat mujassam. 
Demak, notiq uchun bu kabi dav’atkorlikka undovchi misollar 
“Avesto”dan keng o 'rin olganligidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. 
“Avesto”dan o‘rin olgan rivoyat va afsonalardagi vatanni himoya 
qilishga chorlovchi, qahram onlikka undovchi “ Siyovush” 
(’’Siyovarshan” deb berilgan “Avesto”da) kabi qahramonliklarning 
butun xatti-harakati da’vatkorlik qudratiga ega. Biroq milodgacha 
notiqlik san’ati tarixi notiqlik maktablari uchun manba va material 
bera olgani holda, maktablar darajasiga o‘sib chiqmagan bo'lishi 
mumkin. Ammo kim kafolat bera oladi, qadimgi Afinada
Yunoniston va Rimda paydo bo‘lgan notiqlik maktablarida yoki 
maktab darsliklarining paydo bo'lishida “Alp Er To‘ng‘a” dostoni, 
“Avesto” kabi muqaddas kitob yoki “B undaxishn” ham da 
“Denxard” kabi qimmatli manbalaming ta ’siri bo'lmaganligiga. 
Albatta ilm va fan qayerda bo‘lmasin, qaysi bir xalqda yaratilmasin, 
o‘zaro bir-biriga ta’siri bo‘lishi tabiiy holat. Jahon ilmida o‘zaro 
ta’sir hamisha bo‘lgan va bundan keyin ham bo‘ladi. Shu asosda 
jahon fani, qaysi sohada bo‘lmasin, bir-birini to ‘ldirib, boyitib 
boradi.

Yüklə 5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə