N. Bekmirzayev \'jj& notiqlik san’ati asoslari


Kaykovus va uning “Qobusnoma” asari



Yüklə 5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/105
tarix28.11.2023
ölçüsü5 Mb.
#135210
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   105
Notiqlik san\'ati asoslari. Bekmirzayev N

Kaykovus va uning “Qobusnoma” asari
Amir Unsurulmaoliy Kaykovus Kaspiy dengizining janubiy 
qirg‘og‘idagi gilon qabilasiga mansub bo‘lib, u hijriy 412-yilda, 
milodiy 1021-1022-yilda o'rtahol feodal oilasida tug'ildi. Kaykovus
44


hayoti haqida keng ma’lumotlar bizgacha yetib kelmagan. Undan 
bizga m ashhur asari “ Q obusnom a” yetib kelgan. Kaykovus 
“Qobusnoma”ni hijriy 475-yilda, melodiy 1082—83-yilda yozadi. 
Bu haqda muallif quyidagilarni yozadi: “Sana 475 da boshladim”, 
deydi. Bu Kaykovusning 63 yoshiga to ‘g‘ri keladi.
«XI asrning 82—83-yillarida G ‘arbiy Eron podshohining 
nabirasi Kaykovus ibn Iskandar o‘z o‘g‘li Gilonshohga bag‘ishlab 
«Nasihatnoma»sini yaratadi va o‘sha davr an’anasiga ko‘ra, uni 
bobosi podishoh Shams ul maoliy Qobus sharafiga «Qobusnoma» 
deb aytaydi (Kaykovus «Qobusnoma», Т., « 0 ‘qituvchi» 2006-y. 
5-bet)»
Qadimdan m a’lumki, ulug‘ zotlar farzand tarbiyasiga jiddiy 
etibor berganlar. Shu bois Sharqda “Kalilla va Dimna” nomi ila 
m a sh h u r 
b o ‘lgan 
“ T o 'tin o m a ” 
( “ S h u k a s a p ta ti” ), 
“Panchatantra”(“Besh hikmat”), Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u 
bilig” (“Baxt-saodatgaboshlovchi bilim”), Muslihiddin Sa’diyning 
“G uliston” va “ B o'ston” , Nosiriddin Rabg‘uziyning “Qissai 
R a b g ‘u z iy ” , 
A lish er N a v o iy n in g
“ M a h b u b u l-q u lu b ” 
(“Ko'ngillaming sevgani”) kabi o‘nlab asarlar borki, ular asrlar 
davomida tarbiyaviy dastur namunasi bo‘lib kelmoqda. Bunday 
qimmatli asarlar ajdod-avlodlarimizni halollik, poklik, to‘g‘rilik, 
mardlik, odamiylik kabi xislatlarga chorlab kelgan. Shular orasida 
Kaykovusning “Qobusnoma” asarining ham o‘z o ‘rni bor.Unda 
bitilgan kichik rivoyat va hikoyatlar, kitobning yanada chiroyiga- 
chiroy qo‘shib, kitobxon ongini charxlashga xizmat qiladi.
“Qobusnoma”ning asosiy yo‘nalishi Qur’oni karim suralari, 
Muhammad (s.a.v)ning faoliyati va ko‘rsatmalarini ifodalovchi 
hadislar, hikmatli hikoyalar bilan uyg‘unlashib ketadi. Aniqrog‘i, 
“Parvardigori olamni tanimoq zikrida”, “Payg‘ambarlaming hilqati 
zikrida” boblari bilan boshlanadi.
“Qobusnoma” 44 bobdan iborat bo'lib, unda Kaykovus o ‘zining 
hayotiy tajribalari bilan o ‘g‘li Gilonshohni tarbiyalashni maqsad 
qiladi. Kaykovus o ‘z o ‘g‘liga nasihat qilar ekan, aslo zulm otiga 
minmaslikka da’vat etadi. Kitobdagi barcha pand-nasihatlarini o‘g‘li 
uchun bebaho meros deb biladi.
Kaykovus musiqa ilmini, adabiyot va san’atni, tabiyot fanlarini 
yaxshi egallagan olim kishi bo‘lgan.
45


0 ‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Subutoy Dolimov 
hamda adabiyotshunos olim Ulug‘bek Dolimovlarning yozishicha: 
“Qobusnoma” asrlar mobaynida G ‘arb va Sharq mutafakkirlarining 
e’tiborlarini o‘ziga jalb etib kelgan: 1702—1705-yillarda turk tiliga, 
1786— 1787-yillarda M uhammad Siddiq Rashidiy tom onidan 
uyg‘ur tiliga, 1881 -yilda Qayum Nosiriy tomonidan tatar tiliga 
hamda XIX asrdayoq ingliz, farang, olmon, rus tillariga tarjima 
qilindi. 1935-yilda Tehran dorulfununining professori, atoqli adib 
Said Nasifiy “Qobusnoma”ni Tehronda bosmadan chiqardi.
1860-yilda “ Q obusnom a” o ‘zbek tiliga b irinchi m arta 
Muhammad Rizo Ogahiy tomonidan (forschadan o‘zbek tiliga— 
ta’kid bizniki N.B.) taijima qilindi. Ogahiy taijimasining qo‘lyozma 
nusxasi 0 ‘zbekiston F a n la r A kadem iyasi S harqshunoslik 
institutining qo‘lyozmalar fondida va Sankt -Petrburgdagi Saltikov- 
Shedrin nomli kutubxonada saqlanmoqda.10
“Qobusnoma”ning Ogahiy tom onidan qilingan tarjimasini 
adabiyotshunos olim Subutoy Dolimov qayta ishlab nashrga 
tayyorlagan. Bu nodir asar Subutoy Dolimov tomonidan 1965, 
1973 va 1986-yillarda uch marta nashr qilingan edi. 1992, 2006- 
yillarda esa adabiyotshunos olim Ulug‘bek Dolimov (Subutoy 
Dolimovning o ‘g‘illari—ta ’kid bizniki N.B.) tomonidan qayta 
to‘ldirilgan holda nashrdan chiqarildi. Mana shu so‘nggi nashrdan 
chiqqan “Qobusnoma”ning yettinchi bobi “ Suxandonlik bila 
baland martabali bo‘lmoq zikrida” deb nomlangan.
Mazkur bobda Kaykovus farzandiga murojaat qilar ekan 
quyidagilami yozadi: «Kishi suxandpn, suxango‘y (notiq) bo‘lishi 
kerak. Ammo, ey farzand, sen suxango‘y bo‘lg‘il va lekin durug‘go‘y 
(yolg'onchi) bo‘lmag‘il. Rostgo‘ylikda o ‘zing shuhrat qozong'il, 
tokim biror vaqt zarurat yuzidin yolg‘on so‘z desang qabul 
qilg'aylar. H ar so‘z desang ham rost degil va lekin yolg‘onga 
o‘hshag‘on rostni demag‘ilkim, rostga o‘xshagan durug‘ durug'ga 
o‘hshagan rostdin yaxshidur, nedinkim ul durug' maqbul bo‘lur, 
ammo ul rost maqbul bo‘lmas. Demak, nomaqbul rostni aytishdan 
parhez qil, toki mening bila Abu Suvor Shopur binni Abu al- 
Fazlning orasidag'i voqea sening boshingda sodir bo'lmasin.
Ey farzand, bilg'ilki, so‘z to ‘rt nav bo‘lur, undoqkim xaloyiq 
ham to ‘rt nav bo‘lg‘ondek. Biri ulkim, bilur va bilg'onin ham

Yüklə 5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə