Al-Buxoriy Universiteti Pedogogika va Psihologiya fakulteti



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə1/3
tarix08.06.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#116039
  1   2   3
Shaxs psihologiyasi 4


Al-Buxoriy Universiteti
Pedogogika va Psihologiya fakulteti
1-kurs 2-guruh talabasi
Xaydarova Nodiraning
Shaxs psixologiyasi fanidan
Mustaqil ishi
Tekshirdi: N.Ibaydullayev


Mavzu: Ma’naviyatli inson konsepsiyasi
Reja:
  • Ma’naviyat – jamiyatning yuragi, ko‘ksidagi tumori.
  • Konsepsiyaning maqsad va vazifalari
  • Konsepsiyada belgilangan vazifalarni oila va uzluksiz ta’lim tizimida amalga oshirish
  • Oilalarda uzluksiz ma’naviy tarbiyani amalga oshirish

“Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir”
Shavkat Mirziyoyev
O’’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Ma’naviyat – jamiyatning yuragi, ko‘ksidagi tumori. Ma’naviyatsiz – jamiyat yo‘q.
Jamiyatning taraqqiyoti uni harakatlantiruvchi kuchiga bog‘liq. Jamiyatni harakatlantiruvchi kuch esa –xalq. Xalq tafakkurini, umuman dunyoqarashini o‘stirmasdan, o‘zgartirmasdan ma’rifatni yuksak pog‘onaga ko‘tarmasdan turib yuksak ma’naviyatga erishish mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil 26 martda imzolagan “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida “ma’naviy-axloqiy mezonlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga erishish” kabi o‘ta dolzarb vazifalar belgilab berilgan.
Mamlakat taraqqiyoti birinchi galda yoshlarga bog‘liq. Yoshlarni aql-idrokli, bilimli, oriyatli, did-farosatli qilib tarbiyalashimiz shart. Yoshlar tarbiyasida, avvalo, oila mas’ul. Ko‘pincha ota-onalar o‘z ayblarini maktabga ag‘daradi. Holbuki, maktabning birinchi galdagi vazifasi bolaga bilim berishdir. Bolani shaxs sifatida shakllanishi oilaga bog‘liq.
Davr oila oldidagi vazifalarni yanada takomillashtirish lozimligini ko‘rsatmoqda. Yangi turmush tarzini shakllantirishda ma’naviyatning roli beqiyos. Qaror Yangi O‘zbekistonni yangi yoshlari dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qiladi.
Xalqimiz – qadimdan yuksak ma’naviyatli millat sifatida tanilgan. Butun dunyo xalqlariga o‘z bilimi, e’tiqodi, mardligi, vatanparvarligi, oilaparvarligi, tarbiyachiligi bilan o‘rnak bo‘lib kelganligi tarixiy haqiqat.
Davlatimiz rahbarining 2021 yil 19 yanvardagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida aytgan “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir”, degan fikri mamlakatimizdagi barcha rahbarlarni, ayniqsa, ziyolilarni yanada hushyor torttirdi. Demak, jamiyatda ma’naviyatning roli, ahamiyati beqiyos.
Ma’naviyatlilikni shakllantirish nafaqat bog‘cha, maktab, kollej, litsey, oliy o‘quv yurtlari oldidagi vazifalar emas, balki butun insoniyat oldidagi insoniy mas’uliyatdir.
“Ma’naviyatshunoslik” fanida Markaziy Osiyo mutafakkirlari ilmiy meroslarini, Axloq, Nafosat, Mantiq fanlarini ham qamrab olsa yaxshi bo‘ladi. Avvalo bu insoniylikni shakllantiradigan fanlar alohida-alohida o‘qitilsa yanada yaxshiroq, foydaliroq bo‘lardi.
Ma’naviyatlik insonga xos. Demak, insonlarni, ayniqsa, Yangi O‘zbekistonni yangi yoshlari yuksak ma’naviyatli, yuksak bilimli, yuksak didli, yuksak farosatli, yuksak aqlli, bilimli, yetuk mutaxassis bo‘lishi zarur.
Qaror Uchinchi Renessans poydevorini bunyod etishga xizmat qiladigan eng muhim hujjatdir
  • O‘zbekiston “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” tamoyili asosida taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Yangi davr shiddati ta’lim-tarbiya tizimiga ham o‘zining aniq, qat’iy talablarini qo‘ymoqda.
  • Ushbu talablar doirasida ta’lim sohasida pedagoglarning moddiy-ma’naviy sharoiti tubdan yaxshilanib, ta’lim sifatini oshirishning zamonaviy texnologiyalari joriy qilinmoqda.
  • O‘zbekistonda yoshlar tarbiyasini zamonaviy asosda ilmiy-texnologik isloh qilish borasida olib borilayotgan ishlar uni bugungi kun ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan tayanch kompetensiyalar, fazilatlar asosida shakllantirishni talab etmoqda.
  • Vatanga sadoqat, burch va mas’uliyat, tashabbuskorlik va boshqa fazilatlar yoshlar ongida nazariy tushunchalar sifatida qolib ketgani holda uning tabiatida amaliy odatlarga aylanmayapti. Buning oqibatida ularning ushbu fazilatlar haqidagi so‘zlari bilan amallari orasida tafovut namoyon bo‘lmoqda, bu esa har yili mustaqil hayotga kirib kelayotgan yigit-qizlarning hayotda o‘z o‘rinlarini topishlarida bir qator muammolarni yuzaga keltirmoqda.
  • Ayrim o‘quvchi-yoshlarda yuksak maqsadlarning shakllanmaganligi, o‘zini o‘zi o‘qishga safarbar qilish, iroda, matonat, tirishqoqlik, harakat fazilatlari yetarli rivojlanmaganligi ta’lim sifatiga ham zarar ko‘rsatmoqda.
  • Ma’naviy tarbiya sohasida o‘qituvchilarning faoliyatini metodik ta’minlovchi o‘quv materiallari, shu jumladan, ma’naviy tarbiya sohasiga oid metodik qo‘llanmalar, o‘quvchilar uchun zarur darsliklar yetarli emas.


Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə