Al-Buxoriy Universiteti Pedogogika va Psihologiya fakulteti


Konsepsiyaning maqsad va vazifalari



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə2/3
tarix08.06.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#116039
1   2   3
Shaxs psihologiyasi 4

 Konsepsiyaning maqsad va vazifalari
  • Konsepsiyaning maqsadi — yosh avlodda mustaqil va baxtli hayot uchun zarur ijtimoiy malaka hamda fazilatlarni yoshiga mos, bosqichma-bosqich shakllantirishdan iborat.
  • Ushbu maqsadga erishish, uni amalda ro‘yobga chiqarish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish talab etiladi:
  • ma’naviy-axloqiy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish;
  • tarbiyaning homiladorlik davridan boshlanib voyaga yetgunga qadar davom etadigan, tadrijiylik va uzluksizlik tamoyillariga asoslangan metodikasini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish;
  • bola tarbiyasida milliy va zamonaviy pedagogikaning ilg‘or yutuqlaridan samarali foydalanish;
  • tarbiyalanuvchilar bilan birga tarbiyachilarning ham bilimi va malakasini muntazam oshirib borish;
  • ma’naviy tarbiyani shakllantirishda oila, mahalla va ta’lim muassasalari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va boshqa ijtimoiy tuzilmalar o‘rtasida samarali hamkorlik mexanizmini yo‘lga qo‘yish;
  • ma’naviy tarbiyaning tadrijiy rivojlanish va uzluksizlik tamoyillariga asoslanishi.

Konsepsiyada belgilangan vazifalarni oila va uzluksiz ta’lim tizimida amalga oshirish
Uzluksiz ma’naviy tarbiya:
  • davlat ta’lim standartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalari;
  • ta’lim sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar;
  • davlat boshqaruvi organlari, jamoatchilik tashkilotlari, mahalla va oila institutlari orqali joriy etiladi. Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:
  • birinchi bosqich — oilalarda (ikki davr asosida: birinchi davr — homila davri, ikkinchi davr — bola tug‘ilganidan 3 yoshgacha bo‘lgan davr);
  • ikkinchi bosqich — maktabgacha ta’lim 3 — 6 (7) yoshgacha bo‘lgan davr;
  • uchinchi bosqich — umumiy o‘rta ta’lim tizimida (ikki davr asosida: birinchi davr — 7 (6) — 10 yosh boshlang‘ich sinf, ikkinchi davr — 11 — 17 yosh o‘rta va yuqori sinflar);
  • to‘rtinchi bosqich — ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatayotgan va band bo‘lmagan yoshlar, shuningdek, o‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari tizimida (ikki davr asosida: birinchi davr — o‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim bilan qamrab olinmagan, shuningdek, ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatayotgan va band bo‘lmagan yoshlar — 17 — 30 yosh, ikkinchi davr — o‘rta maxsus kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalarining o‘quvchi-talabalari 15 — 22 (24) yosh).
  • Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining I — XI sinflari uchun “Odobnoma”, “Vatan tuyg‘usi”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari”, “Dinlar tarixi” fanlarini birlashtirgan holda “Tarbiya” fanini joriy qilish bilan bog‘liq tashkiliy, moliyaviy, ilmiy-metodik ishlar kompleksini amalga oshirish.
  • Oilalarda uzluksiz ma’naviy tarbiya tizimi o‘z ichiga ikki davrni qamrab oladi:
  • birinchi davrda — hududlardagi oilaviy poliklinikalarda, mahallalardagi homilador ayollar bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik, ma’naviy-ma’rifiy, tibbiy, psixologik yordam ishlari tizimli tashkil qilinadi. Yosh ota-onalar bola parvarishi va tarbiyasiga tayyorlanadi;
  • ikkinchi davrda — bola tug‘ilganidan 3 yoshgacha bo‘lgan davr orasida amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlar metodikasi ishlab chiqilib, hayotga tatbiq qilinadi.
  • Homilador ayollar o‘qishi tavsiya qilinadigan tibbiy-ma’rifiy, tarbiyaviy, badiiy va elektron adabiyotlar turkumlari tayyorlanadi, ro‘yxati shakllantiriladi va tarqatiladi.
  • Mahalla, oilalarda ota-onalar va bolalar ma’naviy tarbiyaviy munosabatlarini tahlil etish asosida “Namunaviy oilaviy tarbiya muhiti” mezonlarini belgilash va shu asosida mahalla, tuman, shahar, hududlar va respublika tanlovlarini o‘tkazish.
  • Oiladagi ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash maqsadida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli holatlarni hal etishning huquqiy va pedagogik-psixologik asoslarini o‘rgatish, ajralishlarning oldini olishda “Ota-ona farzandini voyaga yetguniga qadar boqish va tarbiyalash uchun javobgar” prinsipi asosida “Ota-onalik — baxt va burch” targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish.
  • 3 yoshgacha bolalarda badiiy-estetik didni shakllantirish va intellektni rivojlantirishga mo‘ljallangan alla, ertak, maqollar va topishmoqlarning audio shakli yaratilib, multfilmlar to‘plami tayyorlanadi va hududlarga tarqatiladi.
  • Bolalarga taklif etilayotgan o‘yinchoqlarni ma’naviy tahlil va tadqiq qilish orqali bolalar ruhiyatiga salbiy ta’sirlarning oldi olinadi.
  • Oilada ota-onalarning farzand tarbiyalash metodlariga oid bilimlarini muntazam oshirib borish maqsadida:
  • bola tarbiyasida milliy tarbiya metodlari va zamonaviy pedagoglarning ilg‘or yutuqlaridan samarali foydalanish;


Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə