1-maqsad. O‘ta qashshoqlikka barham berish 2-maqsad



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/21
tarix28.11.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#138439
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
17 Целей устойчивого развития Преобразование нашего мира uz



1




1-maqsad. 
O‘ta qashshoqlikka 
barham berish
2-maqsad. 
Ochlikka barham 
berish
3-maqsad. 
Sog‘lik va farovonlik
4-maqsad. 
Sifatli ta’lim
8-bet
10-bet
12-bet
14-bet


8-maqsad. 
Munosib ish o‘rinlari va 
iqtisodiy o‘sish
5-maqsad. 
Gender tengligi
6-maqsad. 
Toza suv va sanitariya
7-maqsad. 
Arzon va toza energiya
16-bet
18-bet
20-bet
22-bet


10- maqsad. 
Tengsizlikni 
kamaytirish
11-maqsad. 
Barqaror shaharlar va 
aholi yashash joylari
12-maqsad. 
Mas’uliyatli iste’mol 
va ishlab chiqarish
9-maqsad. 
Sanoatlashtirish, 
innovatsiya va infratuzilma
24-bet
26-bet
28-bet
30-bet


13-maqsad. 
Iqlim o‘zgarishiga 
qarshi kurashish
14-maqsad. 
Dengiz ekotizimlarini 
asrash
15-maqsad. 
Quruqlikdagi 
ekotizimlarni asrash
17- maqsad. 
Barqaror rivojlanish 
yo‘lida hamkorlik
16- maqsad. 
Tinchlik, adolat va 
samarali boshqaruv
32-bet
34-bet
36-bet
38-bet
40-bet


MAQSADNING MOHIYATI 
NIMADAN IBORAT?
2030 yilgacha qashshokning barcha 
shakllariga barham berish.
8
Qoraqalpog‘istonlik asalarichi Jubayev 
Bahtiyor, nabirasi Jubayev Abdusalom 
(1,5 yosh) bilan Nukus tumanidagi 
asalarichilik xo‘jaligidan olingan 
mahsulotdan mamnun.
Fotosurat: BMTTD O‘zbekiston


9
MEN NIMA QILA OLAMAN?
Agar siz davlat siyosatini belgilashda ishtirok etsangiz 
yoki shunga mas’ul shaxs bo‘lsangiz: hukumatlar 
nochorlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj (marginal) 
kishilarning mahsuldor bandligi hamda ishga joylashish 
imkoniyatlarini kengaytirish uchun muvofiq shart-sharoit 
yaratishda yordam berishlari mumkin. Ular aholining 
kambag‘al qatlamlari manfaatlarini ko‘zlaydigan iqtisodiy 
o‘sishni rag‘batlantiruvchi hamda qashshoqlik darajasini 
pasaytirishga ko‘maklashuvchi strategiyalar va moliyaviy 
dasturlar ishlab chiqishlari mumkin.
Agar siz xususiy sektorda ishlasangiz: modomiki 
xususiy sektor iqtisodiy o‘sishni harakatga keltiruvchi 
kuch ekan, ushbu o‘sish umumqamrovli bo‘lishi va 
qashshoqlikni tugatishga hissa qo‘shish yo qo‘shmasligi 
ko‘p jihatdan aynan xususiy sektorga bog‘liq. Xususiy 
sektor o‘z kuchini iqtisodiyotning kam ta’minlangan 
kishilarning ko‘proq qismi jalb qilingan segmentlariga, 
aynan – mikro va kichik korxonalarga, shuningdek, 
noformal sektorda faoliyat yuritayotgan korxonalarga 
yo‘naltirib, aholining kambag‘al qatlamlarining iqtisodiy 
imkoniyatlari kengayishiga ko‘maklashishi mumkin.
Agar siz ilmiy yoki akademik hamjamiyatning 
a’zosi bo‘lsangiz: ilmiy va akademik doiralar vakillari 
aholining qashshoqlik ta’siri bo‘yicha tushunchalarini 
kengaytirishda muhim rol o‘ynaydilar. Fan qashshoqlik 
darajasini qisqartirib, barqaror rivojlanishga erishish 
imkonini beradigan yangi, barqarorlik prinsiplariga 
asoslangan yondashuv, yechim va texnologiyalar uchun 
poydevor yaratadi.
800 milliondan ortiq kishi avvalgidek o‘ta qashshoqlikda 
yashamoqda va eng zarur hayotiy ehtiyojlarni, masalan, 
sog‘likni saqlash, ta’lim, suv zaxiralaridan foydalanish 
va sanitariyaga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishda 
qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
800 million kishi bu – juda ko‘p.
Ha, yana bir ma’lumot. Janubiy Osiyo va Sahroi 
Kabirdan janubgachabo‘lgan Afrika mamlakatlari 
aholisining aksar qismi bir kunda 1,90 AQSh dollaridan 
kam mablag‘ oladi. Bu kishilar dunyo bo‘yicha o‘ta 
qashshoqlikda kun kechirayotgan jami odamlarning 70 
foizini tashkil etadi.
Daromadi o‘rtachadan kam bo‘lgan mamlakatlar, 
jumladan, Hindiston, Indoneziya, Xitoy, Nigeriya aholisi 
soni nochorlik chegarasi ortida yashayotgan barcha 
kishilarning taxminan yarmiga teng. 
Biroq ushbu holat rivojlangan mamlakatlarga 
ham aloqador. Hozirgi kunda jahonning eng badavlat 
mamlakatlarida 30 milliondan ziyod bola nochorlik 
chegarasi ortida yashamoqda.

Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə