1-maqsad. O‘ta qashshoqlikka barham berish 2-maqsad



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/21
tarix28.11.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#138439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
17 Целей устойчивого развития Преобразование нашего мира uz

NIMA UCHUN BU MUHIM?


MAQSADNING MOHIYATI 
NIMADAN IBORAT?
Barcha uchun xavfsiz suv zaxiralari va 
sanitariya vositalaridan foydalanish 
imkoniyatini ta’minlash.
18
Aholini suv bilan ta’minlash loyihasini ishga 
tushirish jarayonidan. Qoraqalpog‘iston, 
Nukus tumani.
Fotosurat: BMTTD O‘zbekiston


19
MEN NIMA QILA OLAMAN?
Fuqarolik jamiyati tashkilotlar
i hukumatlarning 
hisobdorligini ta’minlash bo‘yicha ish olib borishi, suv 
ta’minotini tadqiq etish hamda rivojlantirishga sarmoya 
kiritishi, shuningdek, ayollar, yoshlar va mahalliy aholi 
hamjamiyatlarining suv zaxiralarini boshqarishda 
ishtirokini rag‘batlantirishi lozim. 
Shu bilan birga, 
siz gigiyena bilan bog‘liq 
muammolarni yechish choralarini rag‘batlantirish 
va axborot ulashishga yo‘naltirilgan «Suv zaxiralari 
butunjahon kuni», «Hojatxona butunjahon kuni» kabi 
tadbirlarda qatnashishingiz mumkin.
Suv zaxiralari, sanitariya va gigiyena vositalaridan 
foydalanish inson huquqlari sirasiga kiradi, ammo 
milliardlab kishilar kundalik turmushda hatto eng 
asosiy xizmatlardan foydalanishda qiyinchiliklarga 
duch kelmoqdalar.
Butun dunyoda 
1,8 milliard kishi 
najas bakteriyalari 
bilan zararlangan ichimlik suvi manbalaridan 
foydalanadi. 
2,4 milliardga yaqin kishi 
hojatxona yoki 
moslashtirilgan qazilma chuqur kabi asosiy sanitariya 
xizmatlaridan mosuvo qilingan. Suv yetishmasligi 
tufayli Yer shari aholisining 40 foizidan ko‘prog‘i aziyat 
chekadi va bu raqam yanada oshishi kutilmoqda.
Inson faoliyati natijasida hosil bo‘lgan suyuq 
chiqindilarning 80 foizdan ko‘pi hech qanday ishlov 
berilmasdan daryo yoki dengiz suvlariga chiqarilmoqda, 
buning oqibati suv havzalarining ifloslanishiga olib 
kelmoqda.

Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə