1. Avtomobil saloni va kabinasini supirish va tozalash jihozlari. Changso’rgichlar. Avtomobillarni yuvish jixozlari



Yüklə 102,97 Kb.
səhifə1/4
tarix30.12.2023
ölçüsü102,97 Kb.
#167450
  1   2   3   4
Detal yuvish jihozlari va ularning xususiyatlari;


DETAL YUVISH JIHOZLARI VA ULARNING XUSUSIYATLARI
Reja:


1.Avtomobil saloni va kabinasini supirish va tozalash jihozlari.
Changso’rgichlar.
2.Avtomobillarni yuvish jixozlari.
3.Agreget va detallarni yuvish qurilmalari.
4.Ishlatilgan suvdan qayta foydalanish uchun qo’shimcha jihozlar
Avtomobillardan turli maqsadlarda, turli yo’l va iqlim sharoitlarida ishlatish ularning ifloslanishiga olib keladi.
Yuk avtomobili kuzovlarining ifloslanishi tashiladigan yuk turiga bo’gliq bo’lib, ular qum, tuproq, ko’mir, qurilish materiallari va iste’mol mollari bo’lishi mumkin.
Yengil avtomobillar va avtobuslarning kuzovi tashqi yuzasi yo’gingarchilik, chang ta’sirida ifloslanadi. Ularning saloni ham yo’lovchilarning har xil buyum qoldiqlari qoldirishi va chang kirishi sababli ifloslanadi. Kuzovga yopishib qolgan iflosliklar ta’sirida bo’lgan joylardagi, bo’yoqning ximik va fizik xususiyatlari o’zgarib, yuza asta sekin eskiradi. Bularni oldini olish va ТХK ishlarini sifatli bajarish maqsadida tozalash, yuvish va quritish ishlari olib boriladi.


1.Avtomobil saloni va kabinasini supirish va tozalash jihozlari. Changso’rgichlar.
Тozalash jihozlari. Тozalash ishlarida kuzovda qolgan yuk qoldiqlari yi’gishtiriladi, yuk avtomobillarining kabinalari, avtobus va yengil avtomobil salonlari changdan tozalanadi. Buning uchun xar xil turdagi changyutgichlardan foydalaniladi, ularning qo’z’galmas va qo’z’galuvchan turlari mavjud. Тozalash ishlarida qo’z’galuvchan va qo’z’galmas changyutgichlar ishlatiladi. Yengil avtomobillarning salonini tozalashda elektrodvigatelining quvvati 0,3...0,5 kVt li qo’z’galuvchan, avtobuslar saloni va yuk avtomobillarining kuzovlarini tozalashda elektrodvigatelining quvvati 5,0…..7,0 kVt li qo’z’galmas changyutgichlar ishlatiladi.
1.1-jadval

Nomi

Markasi, modeli

Тasnifi

Supurish mashinasi

KSM 750 B XL

Quvvati 5 o.k. ga ega bo’lgan Хonda dvigatelli, ishlab chiqarish qobiliyati 4000 m2soat, o’tish kengligi 100 mm, konteyneri hajmi 40 litr, ishchi tezligi 4 kmsoat, tashqi o’lchamlari 1240x690x1150 mm, massasi 80kg (11.1-rasm).

Qo’z’galuvchan va qo’z’galmas changyutgichlar

LAVOR

Quvvati - 1,5 kVt
So’rish qobiliyati - 3190 mm simob ust.
Havo oqimi - 140 m3/s

Elektr changso’rgich quyidagilardan tuzilgan: elektr shabadalatgich va changso’rgich uchida konussimon kallakli, cho’tkali shlanglar majmuasidan iborat. Chang so’rqichning to’siqli ichagidagi xavo so’rish bosimi 1112 Pa bo’ladi. Bunday changso’rgichlardan birining shakli 1.1-rasmda keltirilgan.


NT 561 Eco


KSM 750 B XL

1.1-rasm. Avtomobillar salonini tozalash ishlariga mo’ljallangan changso’rgish mashinalari.

Yirik avtoservis korxonalari va avtobus saroylarida chang so’rgichlardan foydalanish katta samara beradi.

Yüklə 102,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə