1. Avtomobil saloni va kabinasini supirish va tozalash jihozlari. Changso’rgichlar. Avtomobillarni yuvish jixozlari



Yüklə 102,97 Kb.
səhifə2/4
tarix30.12.2023
ölçüsü102,97 Kb.
#167450
1   2   3   4
Detal yuvish jihozlari va ularning xususiyatlari;

2.Avtomobillarni yuvish jixozlari.

Avtomobillarning saloni, kabinasi va platformalari tozalangandan keyin tashqi qismini yuvishga o’tiladi. Yuvish ishlari turli xildagi ko’rish ariqlari, estakada va ko’targichlar bilan jihozlangan maxsus maydonda bajariladi.



Elite DSHH 2840T


HDS 558/698/798 CSX Eco

1.2-rasm. Avtomobillarni yuqori bosimda yuvish uchun shlangli jihozlar.

Avtomobillar turiga hamda yuvish usuliga qarab yuvish jihozlari qo’lda yuvish uchun moslashgan, mexanizatsiyalashgan, avtomatlashgan va aralash turda bo’lishi mumkin.
Oddiy qo’lda yuvish: shlanga va sepkich yordamida past 0.2-0.4MPA bosimli yoki yuqori 1-2.5MPA bosimli bo’lishi mumkin.
Shlangali yuvish jihozlari kichik avtoservis korxonalarida ishlatilib, ular aravachaga o’rnatilgan agregatdan iborat bo’ladi (1.2-rasm).
Agregat 6,5 MPa gacha bosim hosil qiluvchi plunjerli yoki markazdan qochma nasoslardan, shlanga uchiga o’rnatilgan yuvuvchi sepkichdan va yuvuvchi aralashma uchun si’gimdan tashkil topgan. Yuvuvchi sepkichga teshigining diametri har xil bo’lgan forsunkalar o’rnatiladi.
1.2-jadval

Nomi

Markasi, modeli

Тasnifi

Shlangali yuvish jihozi

Elite DSHH 2840T




Shlangali yuvish jihozi

HDS 558/698/798 CSX Eco

Suv harorati 80S gacha, 5-7 MPa bosimda, bu’g harorati 140S gacha, bosimi 1,4-1,6 MPa

Hozirgi kunda ko’rsatilgan shlangali yuvish jihozlarining ko’pgina takomillashgan turlari ishlab chiqarilmoqda. Ularda yuvish aralashmasining haroratini ko’tarish uchun maxsus isitgichlar qo’llanilgan. Jihoz yuvilayotgan yuzaga 80 S da isitilgan suv zarrachasini 5-7 MPa bosimda va 140S da isitilgan bu’gli zarrachani 1,4-1,6 MPa bosimda yetkazib beradi. Havoning issiq paytlarida isitgich o’chirilib suv yoki yuvish aralashmasi sovuq holda ham yetkazib berilishi mumkin.


Isitgichli jihoz ko’p funksiyali bo’lib, ular avtomobillarning sirtini, tagini yuvishdan tashqari ularning dvigatellarini, yechilgan agregatlarni b va ularni bo’laklarga ajratilganda detallarni, salonning devorlari va pollarini yuvishda ishlatilishi mumkin. Bir necha turda ishlab chiqariladigan bu jihozlar suvni 750-3000 ls hajmda yetkazib berishi mumkin.
Zarrachali yuvish qurilmasi asosan yuk avtomobillari, o’zito’kkichlar, tirkama va yarim tirkama bilan ishlovchi avtomobillarni yuvish uchun mo’ljallangan.







1.3-rasi. Yengil avtomobillarni zarrachali yuvish jihozlari

M129 rusumli qo’z’galmas avtomat ravishda boshqariluvchi zarrachali yuvish jihozi yuvish postining ikki tomoniga o’rnatilgan ikkita oldingi-2 va ikkita orqa-3 yuvish mexanizmlaridan, hamda suv yi’guvchi chuqur bo’lmagan ariqchadan iborat. Postga kirishdan oldin ivitish ramkasi-4, postdan chiqishda esa, chayish ramkasi-1 o’rnatilgan (1.4-rasm).



1.4-rasm. M129 rusumli yuk avtomobillarini zarrachali yuvish jihozi

1.3-jadval

Nomi

Markasi, modeli

Тasnifi

Avtomobilni yuvish jihozi

UPM-95

Jihoz suv nasosi, suvni yuqori va past bosimda aylantirish tizimi, yonil’gi ta’minot tizimi, elektr tizimi va mexanik elementlarga ega bo’lgan shassi dan tashkil topgan.

Avtomobilni yuvish jihozi

M-121

Jihoz tebranuvchi sepgichli yuvish mexanizmlari, nasos, 2 ta uzgich-ulagich, apparat shkafidan tashkil topgan. Yuvish mexanizmlari yuritmasi sepgichni harakatga keltiruvchi reduktorli elektrodvigateldan tuzilgan. Ishlab chiqarish qobiliyati 30-40 avt./s ni tashkil etadi.

Yuk avtomobillarini zarrachali yuvish jihozi

M129

Jihoz ikkita oldingi va ikkita orqa yuvish mexanizmlari, ivitish ramkasi, chayish ramkasi hamda suv yi’guvchi ariqchadan iborat. (8.4-rasm).

Yuvish jihozi

M136

harakatlanuvchi portalli, ishlab chiqarish qobiliyati 2560 avt.soat, suv sarfi 200500 lavt. , suv bosimi 2MPa (8.5-rasm).

M129 rusumli jihoz avtomobilni tagidan yuvishni ta’minlamaydi, shuning uchun u takomillashtirilib M136 rusumdagi jihoz ishlab chiqarilgan. Bu jihoz qo’shimcha ravishda yer sathida o’rnatiladigan tebranuvchi forsunkalar bilan jihozlangan, uning ishlab chiqarish qobiliyati avtomobilning turiga qarab 2560 avt.soat ni, suv sarfi 200500 lavt. ni, suv bosimi 2MPa ni tashkil qiladi. Тirkama bilan ishlovchi avtomobillar va o’zia’gdargichlar uchun harakatlanuvchi portalli zarrachali yuvish jihozlarini ishlatish maqsadga muvlfiq bo’lib, ular birdaniga avtomobilning sirtqi va tag tomonlarini birdaniga yuvadi (1.5-rasm).


Zarrachali yuvish jihozlarining afzallik tomonlari tuzilishining oddiyligi, kam metall sarflanishi va hammabopligidadir. Kamchiligi ko’p suv sarf qilishi va yengil avtomobillarni hamda avtobuslarni sifatli yuvmasligidadir.



1.5-rasm. M136 rusumli harakatlanuvchi portalli avtomobillarni yuvish jihozi
1-chiqindi yi’ggich; 2, 4-pastki kollektor uzatmasining richaglari; 3-pastki kollektor uzatmasining tortqilari; 5-yuvilgan chiqindilar; 6-pastki kollektor elektr uzatmasi; 7-forsunkali yon kollektor; 8-sachratish forsunkalari; 9-himoya ekrani; 10-bosimli suv trubkasi; 11-buraluvchi kronshteyn; 12-quvurlar; 13-portal yo’naltiruvchisi; 14-portal ramasi

Shcho’tkali yuvish jihozlari – yengil avtomobillar va avtobuslar uchun ishlatiladi. Ular shchetkali barabanlar bilan bir qatorda, avtomobil ‘gildiragini va tagini yuvish uchun purkagichlar bilan ham qurollangan bo’ladi. SKB-1126 GARO jihozining barabanlari silindirining diametri 0,7-1,0 m, aylanish soni 150-200 aylmin, elektr dvigatelining quvvati 1,5-1,7 kVt, suvning bosimi 0,2-0,6 MPa, ishlab chiqarish qobiliyati 30-40 avts, suv sarfi 400-500 lavtobus, konveyer tezligi 6-9 mminni tashkil etadi.


Bundan tashqari avtobuslar sirtini yuvish uchun cho’tkali yuvish jihozlari (M123 va M128) va KamAZ, MAZ, Shkoda avtopoyezdlari va avtomobillarini yuvish uchun zarrachali-shcho’tkali yuvish jihozlari (M127) ishlab chiqariladi. Ulardan birinchisi 5 ta harakatlanuvchi shcho’tkalardan tashkil topgan bo’lib, ishlab chiqarish qobiliyati 60 avtsoat, ikkinchisi 7 ta shcho’tkali bo’lib, ishlab chiqarish qobiliyati 80120 avtsoat ga teng.
Shcho’tkali yuvish jihozining (1.6-rasm) asosiy organi silindrsimon aylanuvchi shcho’tkalar bo’lib, ularga trubalar yordamida suv yoki yuvuvchi aralashma yetkazib beriladi.
Ular yengil avtomobillar, avtobuslar va furgonli avtopoyezdlarni yuvishda ishlatiladi.





1.6-rasm. Yuk avtomobillari va avtobuslarni shcho’tkali yuvish qurilmasi.

Cho’tkali yuvish jihozlari ishchi organining tuzilishi bo’yicha harakatlanuvchi (yuvilayotgan avtomobilning sirti bo’yicha bo’ylama harakatlanadi, bunda avtomobil qo’z’galmay joyida turadi) va qo’z’galmas (bunda avtomobilning o’zi yoki konveyer yordamida harakatlanadi) bo’lishi mumkin. Harakatlanuvchi jihozlar (1.6 va 1.7-rasmlar) P-shaklidagi arkadan iborat bo’lib, u yuvish postiga tashalgan relsli yo’lda elektr yuritma yordamida harakatlanadi.



1.7-rasm. Yengil avtomobillar uchun shcho’tkali harakatlanuvchi yuvish jihozi.
1-buyruq tekshiruvchi; 2-portal roliklarini harakatga keltiruvchi dvigatel; 3,4,7-suv, aralashma va shampun sepuvchi forsunkali gorizantal yo’naltiruvchi; 6-shampunli bak; 8-firma emblemasi; 9- sintetik yuvish aralashmasi baki; 10-aylanuvchi havopurkagich; 11-yuvish aralashmasini tarqatuvchi forsunka; 12-buraluvchi kronshteyn; 13-vertikal shcho’tkani harakatlantiruvchi dvigatel; 14-elektro’tkazgich; 15-gorizontal cho’tkani harakatlantiruvchi dvigatel; 16-avtomobilni quritish shamollatgichi; 17,21-yaltiratgich baklari; 18-forsunkalarning oqish buchagini sozlovchi moslama; 19-yechiladigan cho’tka ushlagichlar; 20-chap tomon cho’tkasi; 22-gorizontal cho’tka posangisi; 23-’gildirak disklarini yuvish moslamasi; 24-relsli yo’l.

Portalga elektr uzatmali 2 ta vertikal va 1 ta gorizontal shcho’tkalar hamda yuzani quritish uchun havo purkagich o’rnatilgan.
Avtomobilni yuvish portalining 1 yoki 2 martadagi (ikki tomonga) harakatida bajariladi. Yengil avtomobillarni bu jihozlar yordamida yuvish uchun 5-6 min sarflanadi, shuning uchun bu jihozlardan uncha katta bo’lmagan ТХKSlari va avtoservis korxonalarida keng ko’lamda foydalaniladi.
Jihoz avtomobillarni harakatlantiruvchi konveyer bilan birgalikda ishlaganda uning ishlab chiqarish qobiliyati 40 avt.soat ni tashkil qiladi.
Avtomarkazlar va katta avtoservis korxonalarida avtomobillarni yuvish-quritish liniyalari (1.8-rasm) tashkil qilinadi. Bu liniyalarda avtomobillarni yuvish postiga katta bosimdagi suv yordamida yoki cho’tkali yuvish (a) jihozlari va quritish postiga esa o’rta bosimdagi issiq havo oqimi yordamida quritish jihozlari (b) o’rnatiladi. Quritish postida issiq havo oqimi avtomobillarning ikki yon va ustki tomonlaridan yuboriladi.

a)


b)

1.8-rasm. Yengil avtomobillarni yuvish va quritish oqimli qatori.
a-avtomobillarni cho’tkali yuvish jihozi;
b-avtomobillarni quritish jihozi.

Yengil avtomobil va avtobuslarni yuvish uchun avtomatik qurilmalar keng qo’llanilmoqda. Bu qurilmalar vagon toifasidagi avtobuslarni yuvishga mo’ljallangan.
Yuvilgan avtomobil kuzovlarini quritishda yengil avtomobillar sovuq havo, kam xolatlarda iliq havo purkovchi qurilma yordamida purkab quritiladi.
Havo havotaqsimlovchi quvurlar orqali tirqishli diffuzorlarga so’riladi, bu kuzovning ko’ndalang qismi tekisligi bo’yicha 65° qiyalik yo’nalishda joylashgan bo’ladi. Diffuzor havo oqimini yelpi’gichsimon purkab turadi. Komandakontroller va vaqt relesining borligi, shabadatlatgichni ishlatib va to’xtatib turishni ta’minlaydi. Qurilmaning ish unumi 30-40 avtsoat, shabadatlatgich elektr motorlarining quvvati 22,5 kvt.

Yüklə 102,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə