1-maqsad. O‘ta qashshoqlikka barham berish 2-maqsad



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/21
tarix28.11.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#138439
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
17 Целей устойчивого развития Преобразование нашего мира uz

NIMA UCHUN BU MUHIM?
1990 yildan beri 2,6 milliard kishi 
toza ichimlik suvi manbalaridan 
bahramand bo‘lmoqda, biroq 
663 million kishi hanuz bunday 
imkoniyatga ega emas.
2,4 milliard kishi hojatxona 
yoki moslashtirilgan qazilma 
chuqur kabi asosiy sanitariya 
xizmatlaridan foydalana 
olmaydi.
Har kuni deyarli 1000 nafar bola 
suv ta’minoti hamda sanitariya 
sohasidagi muammolar keltirib 
chiqaradigan,oldini olish va 
tuzatish mumkin bo‘lgan diareya 
(ich buzilishi) kasalliklari tufayli 
hayotdan ko‘z yummoqda
2,6
2,4 1 000
MILLIARD KISHI
MILLIARD KISHI
NAFAR BOLA


MAQSADNING MOHIYATI 
NIMADAN IBORAT?
Barcha uchun energiyaning arzon
ishonchli, barqaror va zamonaviy 
manbalaridan foydalanish imkoniyatini 
ta’minlash.
20
“Tik-ozek” qishloq fuqarolik yig‘ini 
qoshidagi vrachlik punktiga o‘rnatilgan 
Quyosh paneli. Qoraqalpog‘iston, 
Mo‘ynoq tumani.
Fotosurat: BMTTD O‘zbekiston


21
MEN NIMA QILA OLAMAN?
Mamlakatlar
qayta tiklanadigan energiya manbalariga 
sarmoya kiritish, ko‘proq energiya tejovchi amaliyotni 
qo‘llash, shuningdek, toza energiyaga asoslangan 
texnologiya va infratuzilmalardan foydalanish orqali 
qimmat bo‘lmagan, ishonchli va barqaror energetik tizimga 
o‘tishni tezlashtirishlari mumkin.
Korxonalar
gidroenergetika va bioenergetikadan 
foydalanish va ularni yanada rivojlantirish maqsadida 
ekotizimlarni qo‘llab-quvvatlashlari hamda muhofaza 
qilishlari, shuningdek, o‘zlariga zarur bo‘lgan energiyani 
100 foiz qayta tiklanadigan manbalardan olishni ta‘minlash 
majburiyatini o‘z zimmalariga olishlari mumkin.
Ish beruvchilar
telekommunikatsiyalarni faolroq 
qo‘llash va avtomobil yoki havo transporti o‘rniga 
transportning temiryo‘l kabi energiyani kam sarflovchi 
turlaridan ko‘proq foydalanishni rag‘batlantirish orqali 
transportga bo‘lgan ichki ehtiyojni kamaytirishlari 
mumkin.
Investorlar
xilma-xil ta‘minotchilar tomonidan taqdim 
etiladigan yangi texnologiyalarni bozorga tez chiqarib, 
barqaror energiya yetkazib berish bo‘yicha xizmatlarga 
kiritiladigan sarmoya hajmini ko‘paytirishlari mumkin.
Siz
elektr jihozlarini, jumladan kompyuterlarni elektr 
taqsimlagichlarga ulash va zarur bo‘lmagan vaqtda ularni 
manbadan to‘liq uzib qo‘yishorqali elektr energiyasini 
tejashingiz mumkin. Shuningdek, atrof muhitga uglerod 
chiqarilishini kamaytirish uchun velosiped, jamoat 
transportidan foydalanish yoki piyoda yurish mumkin.
Bizning kundalik hayotimiz ishonchli va arzon energetik 
xizmatlarga, shuningdek, ularning uzilishsizishlashi va 
teng rivojlanishiga bog‘liq. To‘g‘ri tashkil etilgan energetik 
tizim tadbirkorlik, sog‘likni saqlash va ta’limdan tortib 
qishloq xo‘jaligi, infratuzilma, kommunikatsiya va yuqori 
texnologiyalargacha – barcha sektorlarning rivojlanishiga 
ko‘maklashadi. Aksincha, energiya ta’minoti va energiyani 
o‘zgartirish tizimlaridan foydalanish imkoniyatining 
mavjud bo‘lmasligi inson salohiyati va iqtisodning 
yuksalishiga to‘siq bo‘ladi.

Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə