N. Bekmirzayev \'jj& notiqlik san’ati asoslari



Yüklə 5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/105
tarix28.11.2023
ölçüsü5 Mb.
#135210
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   105
Notiqlik san\'ati asoslari. Bekmirzayev N

m an b alam i 
o'rgangan kishilar qanchalik ko‘p bo‘lsa, jamiyatga 
shuncha ko‘p manfaat yetadi.
0 ‘zbekiston o ‘z m ustaqilligini qo'lga kiritgandan keyin 
xalqimizning o‘tmishidagi an’analariga mustahkam tayangan holda 
ilgarilab bormoqda. Hozirgi zam on ilmiy-texnika yutuqlari 
mamlakatimizga keng kirib kelmoqda. Chet mamlakatlarning 
zamonaviy ilmiy-texnikasi mamlakatimizdagi ilmiy tadqiqot 
muassasalariga, o ‘quv yurtlariga, ishlab chiqarish tashkilotlariga 
o‘z vaqtida yetib borishi uchun katta tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mustaqillik sharofati bilan milliy qadriyatlarimiz tiklandi va 
xalqimizning iymon va e ’tiqodiga, tarixiy an ’analariga mos 
keladigan qimmatli kitoblar yozildi va chop etildi.
82


Biroq ommaviy axborot vositalari hamda kitoblami tarqatish 
va targ‘ib qilishda qiyinchiliklar bor, lekin bulaming yechimini 
topsa bo‘ladi. Bu o‘rinda yana kutubxona xodimlari faol bo‘lishlari, 
hokimligu, idoralarga yelib yugurishlari zarur bo'ladi.
K utubxonashunoslik va kutubxona xodim lari faolligini 
oshirishda awalo ularning insoniylik fazilatlari hamda notiqlik 
san’atidan xabardor bo‘lishlari qo‘l keladi. Kutubxonachi awalo 
targ‘ibotchi inson. Shu m a’noda kutubxonachi ma’naviy axloqiy 
jihatdan qalbi pok, ilmi yetuk odam bo‘lishi kerak. Tashqi ko‘rinishi 
yoqimli, istarasi issiq, yuzida nim tabassum sezilib turishi lozim. 
Har bir so‘zida mayinlik, gaplarida muloyimlik va shirinlik sezilib 
turmog‘i darkor. Eng muhimi, muomala madaniyatini mukammal 
egallagan bo‘lishi kerak.
Kutubxonachiningboyligi shu kutubxonada joylashgan kitoblar 
ekanligini esdan chiqarmasligi lozim. Kutubxonaga ma’nvaiy oziq 
yoki ilm izlab kelgan kitobxonlarni iliq kutib olib, ularni 
ranjitmasdan shirin muomalada bo‘lmog‘i shart. Kutubxona­
shunoslik bilan shug'ullanuvchi xodimlar o ‘z kutubxonasidagi 
kitoblami yaxshi bilishi, o ‘z xalqining milliy mafkurasini anglashi, 
o‘z millatining tilini va adabiyotini, tarixini yaxshi bilishi zarur. 
Dunyoqarashi, fe’l-atvori keng bo'lib, o‘z ona tilida ravon va 
aniq nutq so'zlashi, katta so‘z boyligiga ega bo‘lishi, kitob tanlashda 
kitobxonlarga yaqindan yordam berib, targ‘ib ishlarini olib borishi 
kerak.
Eng muhimi, bugungi kun talablaridan kelib chiqib, axborot 
resurs m arkazlari ham da kutubxonalarda elektron po ch ta 
resurslaridan zamon talabi darajasida xabardor bo‘lishlari shart. 
Shu kabi ishlarni mukammal amalga oshirishda kutubxona 
xodimlari malakasini uzluksiz oshirib borish juda muhim.
Chunki kutubxonaga maktab o'quvchisidan tortib talabagacha, 
ilmiy xodimdan tortib barcha soha mutaxasislarigacha tashrif 
buyurishlari aniq. Madomiki shunday ekan, kutubxona xodimlari 
ularga yaqindan yordam berishlari uchun, o ‘zlari bugungi 
zamonaviy axborot tizimiga kirib kelayotgan barcha texnologiyalar 
bo'yicha yo‘l-yo‘riq ko'rsata olish malakalarini egallagan bo'lishlari 
kerak.

Yüklə 5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə