N. Bekmirzayev \'jj& notiqlik san’ati asoslari



Yüklə 5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/105
tarix28.11.2023
ölçüsü5 Mb.
#135210
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   105
Notiqlik san\'ati asoslari. Bekmirzayev N

artikulatsiya,
tovush tugagach, nutq 
organlarining asl holiga qaytishi 
rekursiya
deb yuritiladi.
Nutq tovushlarining aniq yoki noaniq talaffuzi artikulatsiya 
apparatining faol yoki nofaolligiga bog‘liq.
Bir kishining nutq a’zolari boshqa kishining nutq a’zolaridan 
ko‘pmi-ozmi farq qiladi. Shunga ko‘ra odamlaming tovushi ham 
bir-biriga o‘xshamaydi. Nutq tovushlarini birov ingichka, birov 
yo‘g‘on, birov jarangdor, birov xira talaffuz qiladi.
Ba’zi yosh bolalar unli va undosh tovushlarni aytishda 
artikulatsion nuqsonlarga yo‘l qo'yadi. Masalan, 
r
harfi o‘miga /; 
s
harfi o‘miga 
sh
harfini aytadi. Bunday nuqsonlami muntazam 
mashqlar orqali tuzatib yuborsa bo'ladi.
86


IV Bo‘lim. MUOMALA - INSO N ZIYNATI.
I-bob. M uom ala madaniyati
“Muomala” so'zi zamirida butun insoniyat taqdiri mujassam. 
Uning ildizi Odam Oto va Momo Havomiz o‘rtasidagi muomala 
va muloqotlariga borib taqalsa ham ajab emas. Shundan buyon 
insoniyat muomalaning to ‘g‘ri va ravon yo‘llarini izlaydi, ba’zan 
topganday bo'ladi, yana yo'qotadi va yana izlaydi...
Shunchalar mushkulmi muomala madaniyatiga erishish? Bu 
yo‘lda odamzodga nima to ‘siq bo‘lmoqda, deya o‘ylaysan, kishi. 
Birdan-bir to‘siq bu — inson qalbidan chuqur joy olgan “men”i 
emasmikan? Odam bolasi eng ko‘p o ‘z “m en”ini o ‘ylaydi. Bu 
“men” qurg‘ur shunchalar yopishqoq illat ekanki, inson qalb to ‘riga 
shu qadar o‘rnashib olganki, hatto “men” egasini dunyoga keltirgan 
zot—volidai muhtaramasidan, padari buzrukvoridan ham o ‘zini 
ustun qo'yarkan. 0 ‘z “men”ining soyasida qolgan odam o‘zligini 
yo'qotib qo‘yarkan. Hazrat Navoiy aytganlariday: “El netib topgay 
menikim, men o‘zimni topmasam” .
Madomiki, shunday ekan, biz “muhtaram” “men”lar orasida 
yashayotgan ekanmiz, ularning d o ‘q -p o ‘pisalari bilan ham
e rk a lik la ri-y u , m a q ta n c h o q lik la ri b ila n h am , o ‘zaro 
muloqotlarimizda sal kechirimliroq 

Yüklə 5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə