N. Bekmirzayev \'jj& notiqlik san’ati asoslari



Yüklə 5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/105
tarix28.11.2023
ölçüsü5 Mb.
#135210
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   105
Notiqlik san\'ati asoslari. Bekmirzayev N

bolish im izg a
to ‘g‘ri keladi. 
Ayniqsa, o‘smir yoshidagi “muhtaram m en”larning g'ururiga 
tegadigan gap, so'zlarim iz oqibatida turli ko‘ngilsiz noxush 
voqealarning kelib chiqishi hech gap emas. Bunday voqea- 
hodisalarga hayotimizda guvoh bo‘lib turibmiz. Bunaqa “m en” 
otini minganlarga faqat Yaratgandan insofu tovfiq, sabr-bardosh 
va insoniy kayfiyat tilaymiz.
Manmansirash va keraksiz g'urur odamlar boshiga ne-ne 
kulfatlarni yog'dirmagan. Islom tafakkurining so'nmas mevasi 
so‘fizmda inson o‘z “men”idan, g'ururidan kechmay turib Ollohni 
tanimaydi, degan aqida mavjud. Inson bolasi shu aqidaga amal 
qilsagina, o ‘zlaridagi ortiqcha g'urumi sindirishga qurbi yetadi. 
Harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlar xizmat taqozasi bilan bir-
87


birlaridagi ortiqcha g'urumi ketkazishadi va bu darddan bir-birlarini 
xalos etishadi. Qarabsizki, xizmatdan qaytganlarning deyarli 
k o 'p c h ilig i m uloyim , o d am sh n a v a n d a b o 'lib , m u o m ala 
madaniyatida ham o‘zgarish yasaydi.
Qisqasi, insoniyatning asab torlari taranglashgan hozirgi 
serg‘alva zamonda odamlar bilan shirin muomalada bo‘lish uchun 
har birimizdan sabr-toqat, bag‘rikenglik va yuksak saxovat talab 
etiladi.
Tasaw ur qiling, farzand o ‘z ota-onasini hurmat qilmasa, 
shogird ustozining yuziga oyoq qo‘ysa, fuqaro o‘z hokimining 
gapini ikki qilsa, u yurtda osoyishtalik, farovonlik bo‘lmaydi. 
Musulmonchilik qonun qoidalariga ko‘ra, Allohga, uning Rasuliga 
hamda hokimlarga nisbatan e ’tiqodda bo'lish buyurilgan: “Ey, 
m o'm inlar, Allohga itoat qilingiz va payg'ambarlarga hamda 
o'zlaringizdan bo‘lgan hokimlarga bo‘ysuningiz!” (Qur’oni karim, 
Niso surasi, 59-oyat).
Y aratg an g a b e a d a d s h u k u rla r b o 'ls in k i, Istiq lo lg a
erishganimizdan so‘ng yurtimizda juda katta o‘sish-o‘zgarishlar 
sodir bo'lm aqda. Ulkan qurilishlar, shifo maskanlari, o'quv 
dargohlaridagi yutuqlar, shaharlarim izdagi obodonchilik va 
osmono‘par binolaru ko‘priklar — barchasi, birgina Toshkent 
shahridagi o‘zgarishlaming o‘ziyoq har qanday odamni o ‘ylashga 
undaydi. Agar Shayxzoda hayot boTganlarida, “Toshkentnoma” 
dostonini qayta yozgan bo‘lardilar. Ayni kunlarda kishilarimiz 
o 'rta s id a b ir-b irla rig a n isb atan h u rm a t-e ’tib o r qaytadan 
tiklanmoqda. Bu — yurt obodligidan el ko‘nglini shod etadigan 
omillardandir.
Ajdodlarimiz orzu qilgan kunlar bizga nasib etgan shu kunlarda 
m a’naviyatimizda, muomala madaniyatimizda ba’zan oqsoqlik 
sezamiz. Inson bolasidan qoladigan eng ulug‘ meroslardan biri — 
shirin muomala. Barcha narsaga yetgan aqlimiz shunga qolganda 
ch archaydi. N im ag ad ir b ir-b irim iz d a n sh irin so ‘zim izni 
q izg‘anam iz. O dam ham isha — ochm i, to 'q m i, qiynalib 
yashayaptimi, farovon yashayaptimi, baribir shirin gapning gadosi. 
Shirin so‘z insonning ruhiy ozug'i bo'lm aganida akademik 
shoirimiz G 'afur G 'ulom xalq boshiga og‘ir musibatlar tushgan 
yillarda “bir og'iz shirin so‘z nondek arzanda” - deb yozmagan 
bo‘lardi. Inson qalbiga ham oddiy va non kabi tabiiy shirin so‘zlar
88


bilan kirib boriladi. Biroq bunga hamma ham erisha olmaydi. 
Oddiy bo‘lib ko‘ringan muomala madaniyati o‘ta murakkab, asrlar 
osha yechimini topgani holda amalda bajarilishi og‘ir bo'lgan 
muammo. Chunki uni inson o‘zi bajarishi kerak, bunga esa g‘urur 
yo‘l bermaydi. Uni yengish, sindirish hammaning ham qo'lidan 
kelmaydi. Madomiki, shunday ekan, insonning o‘zi muammo. 
Agar muammo boMmaganida edi, G.Byuxner: “Inson tubsiz. Unga 
qaragan kishining boshi aylanib ketadi” demagan, Erkin Vohidov 
insonni bejiz tirik sayyoraga mengzamagan, Abdulla Oripov “Har 
bir inson — bir Vatan” — deb atamagan bo‘lardi. Inson sirligicha 
qolmoqda. Odamzod bir-birini anglab yetmaguncha olam tinch 
bo‘lmaydi. Bir-birini anglamoq uchun esa, eng awalo, har kim 
o ‘zligini anglashi shart. Ko'ryapsizmi, qanchalar murakkabmiz?! 
B undan c h o ‘chim ang, har narsaga qodir inson, m uom ala 
madaniyatini ham joyiga qo‘ya oladi. 0 ‘zingiz o'ylab ko‘rganmisiz? 
Nima uchun hamma yoshu qari chiroyli bo'lishni xohlaydi, nima 
uchun ko‘zgu oldida o ‘zining u yoq bu yog‘ini to ‘g‘rilaydi? Nega? 
Odamlarga yoqish uchunmi? 0 ‘smir yoshidagilarning va o‘rta 
yoshdagi erkak-ayollardagi bu harakatini qanday baholaysiz? Keksa 
yoshdagilarning bu xushxulqini-chi? Bu savollarga har kim o‘z 
dunyoqarashi nuqtai-nazardan javob berishi mumkin. Yoki turli 
xil atir upalaru, turli xil 

Yüklə 5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə