Mavzu: hozirgi kunda o’qituvchi nutq texnikasi va notiqlik madaniyatini takomillashtirish muammolari. Reja



Yüklə 6,11 Kb.
tarix10.11.2023
ölçüsü6,11 Kb.
#132729
MAHLIYO


MAVZU: HOZIRGI KUNDA O’QITUVCHI NUTQ TEXNIKASI VA NOTIQLIK MADANIYATINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI.
REJA:
1.NUTQNING O’QITUVCHI FAOLIYATIDAGI O’RNI.
2.NUTQ TEXNIKASINI EGALLASH.
3.NOTIQLIK SAN’ATI.
Nutq – tildagi mavjud ifoda vositalaridan foydalangan holda real­likka aylangan fikr bo‘lib ikki xil ko’rinishda namoyon bo‘ladi:
1) ichki nutq; 2) tashqi nutq. Ichki nutq- o‘qituvchi ongida hosil bo‘ladigan, hali amalga oshmagan til ele­ment­laridan tashkil topgan, kishining og‘iz ochmasdan fikrlashi, mulo­haza yuritishi, o‘ylashi ichki nutqdir. Tashqi nutq - o‘qituvchi mulohazasi va fikrining til vositasida nutq organlariga ta’siri va harakati bilan real tovushlar sifatida yuzaga keladigan nutq, u ijtimoiy hodisadir.
O‘qituvchining nutqiy faoliyati:
  • so‘zlash,
  • mutolaa qilish
  • eshi­tishdan iborat.

  • Nutq hodisasi – monolog, dialog, polilog, deklamatsiya ham­da ay­rim matn va kitob shaklida bo‘lishi mumkin.
    Nutqning asosiy xususiyatlari:
    1.Nutqning to'g'riligi varavonligi. 2.Nutqning aniqligi va ta'sirchanligi. 3.Nutqning manitiqiyligi. 4.Nutqning tozaligi va ifodaliligi.

Nutq texnikasi: nafas olish, tovush, diktsiya, ritmika. Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlaridan biri o‘qituvchining nutq malakalarini, ya’ni savodli gapirish, o‘z nutqini tushunarli va aniq, ta’sirchan qilib bayon etish, o‘z fikr va his-tuyg`ularini so‘zda aniq ifodalash malakalarini egallashdan iborat.
O‘qituvchining nutq madaniyatiga ega bo‘lishi, to‘g`ri nafas olishni ishlab chiqishi eng katta – eng asosiy qiymatdir. 
Nafas olish - organizmga hayot bag`ishlovchi fiziologik funktsiyani bajaradi. Shu bilan birga u nutq energiya bazasi bo‘lib ham hisoblanadi.
Tovush – chiqarilayotgan havo hiqqildoqdan o‘tishi paytida ovoz pardalarining tebranishi natijasida vujudga keladi.
Diktsiya – aniq talaffuz qilish. Talaffuzning aniqligi o‘qituvchi nutqining o‘quvchilar tomonidan to‘g`ri tushunilishini ta’minlaydi.
Ritmika – bu ayrim so‘z bo‘g‘inlarining aytilish muddati va to‘xtalishi gapirishdagi to‘liq davomiylik, nutq va ifodalarning navbat bilan o‘z o‘rnida ishlatilishini bildiradi.
O’qituvchi o’zining nutq tеxnikasini takomillashtirish borasida doimiy qayg’urishi, fonеtika, fonologiyaga oid bilimlardan umumiy tarzda bo’lsada, xabardor bo’lishi, kеrak bo’lganda, o’z nutqidagi nuqsonlarni bartaraf etishga yordam bеradigan mashqlardan muttasil foydalanib borishi maqsadga muvofiq. Chunki tugal nutq tеxnikasisiz o’qituvchining, har bir nutq tuzuvchining og’zaki nutqi madaniyatini aslo raso dеb bo’lmaydi.
Notiqlik – bu nutqning og’zaki shakli. Notiqlik san’ati og’zaki nutq san’atidir.
Notiqlik, asosan nutq vositasida o’qituvchilar jamiyat talablari asosida yosh avlodga muayyan ta’lim va tarbiya beradi, yuqori malakali, raqobatbardosh, o’zining mustaqil fikriga ega bo’lgan kadrlarni tayyorlaydi.
Notiqlik, ko’proq nutqning mazmunini, mantiqiy asoslarini, mundarijaviy tuzilishini e’tiborga oladi, nutq madaniyati esa, nutqning til qurilishi – lisoniy tuzilishiga e’tibor qiladi.
Notiqlik san’ati notiq uchun oldindan qanday so’zlash tizimi va rejasini bermaydi. 
Notiq - so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib, u nutq, mantiq so‘zlari bilan o'zakdoshdir. Nutq so‘z va tafakkurning uzviy bog‘liqligida namoyon bo‘ladi.
Notiq boshqa odamlar xulq-atvoriga va faoliyatiga ta’sir ko‘rsatish maqsadida ularga so‘z orqali ta’sir etuvchi shaxsdir. Notiqning tafakkuri va ongi uzviy bog‘liqdir.
Notiq mantiqiy fikrlash xususiyatiga ega bo‘lgan hamda idroki, xotirasi, o‘y-xayollari, irodasi, so'zamolligi, gapga chechanligi, bilimliligi bilan oddiy odamlardan farqlanuvchi shaxsdir.
Navoiy o‘z davrining buyuk mutafakkiri, so‘z ustasi bo‘lish bilan birga, kishilarga yaxshi so‘z bilan ta’sir eta bilish san’atini juda qadrlovchi, ulug‘lovchi, bunday san’at ustalariga e’tibor qilib, ehtirom ko‘rsatuvchi bir shaxs edi.
«Haq yo‘lida kim sanga bir xarfo‘qitmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila»,
- deb har bir kishini bilimli bo‘lib yetishishiga sababchi bo‘lgan ustozini e’zozlashga da’vat etgan.
Navoiy notiqlikdagi yaxshi va yomon tomonlami ko‘ra bilish va ulami farqlay olishga chaqiradi. Navoiy notiqlik san’atining buyuk qudratiga alohida e’tibor beradi.
Yüklə 6,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə