47
3. Mеhnat shartnomasini bеkor qilish borasida O‘zbеkiston
Rеspublikasi Mеhnat kodеksining qaysi moddasida bayon etil-
gan?
A) 20-modda
B) 77-modda
C) 80-modda
D) 100-modda
1
2
3
D
C
D
5-mavzu: Ishga qabul qilishda talab qilinadigan hujjatlar
Rеja:
1. Xodimni ishga qabul qilishda talab qilinadigan hujjatlar.
2. Ishga qabul qilishda talab qilinadigan hujjatlarga qo‘yi-
ladigan talablar.
Ishga qabul qilishda talab qilinadigan hujjatlar ro‘yxati MK-
ning 80-moddasida ko‘rsatilgan. Ishga qabul qilish vaqtida ishga
kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni:
●
pasport yoki uning o‘rnini
bosadigan boshqa hujjatni, o‘n
olti yoshgacha bo‘lgan shaxslar esa, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi gu-
vohnoma va turar joyidan ma’lumotnomani;
●
mehnat daftarchasi (birinchi marta ishga kirayotgan
shaxs lar bundan mustasno) o‘rindoshlik asosida ishga kirayot-
gan shaxslar mehnat daftarchasi o‘rniga asosiy ish joyidan olgan
ma’lumotnomani;
●
harbiy xizmatga majburiyatlar
harbiy biletni, chaqiriluvchi-
lar harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnomani;
●
qonun hujjatlariga muvofiq maxsus ma’lumotga yoki max-
sus tayyorgarlikka ega shaxslargina bajarishi mumkin bo‘lgan ish-
larga kirayotganda oliy yoki o‘rta maxsus o‘quv yurtini bitirgan-
ligi to‘g‘risidagi diplomni yoxud mazkur
ishni bajarish huquqini
beradigan guvohnomani yoki boshqa tegishli hujjatni taqdim eta-
di.
Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxsdan qonun
hujjatlarida ko‘rsatilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
48
Ishga kiruvchi tomonidan pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi
hujjat taqdim etilishi quyidagi maqsadlarda ko‘zda tutiladi:
– ishga kiruvchining shaxsi va ishga qabul qilish uchun yo‘l
qo‘yiladigan yoshi haqida ishonch hosil qilish;
– uning harbiy majburiyatga
munosabatini aniqlash;
– ushbu joyda ro‘yxatdan o‘tganligi haqida ishonch hosil qi-
lish. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar ularga amaldagi qonun hujjat-
lari (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 22-dekabr-
dagi Farmoni bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasida
pasport tizimi to‘g‘risidagi nizom», «Xorijiy shaxslar, fuqaroli-
gi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston
Respublikasida yashash-
ga ruxsatnomalari to‘g‘risida nizom» va boshqalar) talablariga
javob berishi kerak. «O‘zbekiston Respublikasida pasport tizi-
mi to‘g‘risidagi nizom»ning 42-moddasi fuqarolarning pasportsiz
yoki haqiqiy bo‘lmagan pasportlar bilan shuningdek propiskasiz
ishga qabul qilinishi uchun mansabdor shaxslarning javobgar-
ligini nazarda tutadi. MK hali pasportga ega bo‘lmagan o‘n ol-
ti yoshga to‘lmagan shaxslarni ishga qabul qilinishiga yo‘l qo‘yar
ekan, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma
ularning shaxsini tas-
diqlovchi hujjat hisoblanadi.
Tеst
1. Ishga qabul qilishda talab qilinadigan hujjatlar ro‘yxati
O‘zbеkiston Rеspublikasi Mеhnat kodеksining qaysi moddasida
qayd etilgan?
A) 20-modda
B) 77-modda
C) 80-modda
D) 100-modda
2. Xodim qanday holatlarda mеhnat daftarchasisiz ishga qabul
qilinishi mumkin?
A) ish staji 1 yildan kam bo‘lgan holatda
B) agar xodim pеnsiya yoshiga yеtgan bo‘lsa
C) agar xodim birinchi marotaba ishga qabul qilinayotgan
bo‘lsa
D) agar xodim pasportga ega bo‘lmasa
49
3. Xodim qanday holatlarda mеhnat daftarchasisiz ishga qabul
qilinishi mumkin?
A) agar xodim mеhnatga layoqatsiz bo‘lsa
B) agar xodim oliy ma’lumotga ega bo‘lmasa
C) agar xodim o‘rindoshlik asosida ishga kirayotgan bo‘lsa
D) agar xodim harbiy xizmatga layoqatsiz bo‘lsa
1
2
3
C
C
C
Dostları ilə paylaş: