Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi


Abdurahmon Jomiyning ta’limiy-axloqiy qarashlarida tarbiya mazmuni, shakl va uslublari



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə22/233
tarix25.03.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#103188
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   233
oxirgi majmua

Abdurahmon Jomiyning ta’limiy-axloqiy qarashlarida tarbiya mazmuni, shakl va uslublari.
Abdurahmon Jomiyning ta’limiy-axloqiy qarashlari «Bahoriston» asari hamda «Haft avrang» («Etti taxt») asarining tarkibidan o‘rin olgan «Tuhfatul ahror» va «Silsilatuz zahab» («Oltin tizmalar») dostonlarida aks etadi. Allomaning “Bahoriston” asari Muslihiddin Sa’diy tomonidan yaratilgan «Guliston» asari yaratilgan uslubda yozilgan bo‘lib, unda Abdurahmon Jomiy haqiqiy kamolotga erishgan inson va uning ma’naviy-axloqiy qiyofasi borasida to‘xtalib o‘tadi.Abdurahmon Jomiy ham boshqa allomalar kabi inson kamolotining birinchi mezoni uning bilimlilik darajasi deya ta’kidlaydi.«Haft avrang» asarining birinchi dostoni bo‘lgan «Tuhfatul-ahror»da ham Abdurahmon Jomiy ilmning inson hayotidagi ahamiyati ko‘rsatib berar ekan, ilm har qanday muammolarni echishda insonga yordam berishini ko‘rsatib o‘tadi.
Alloma o‘zining mashhur «Silsilatuz zahab» («Oltin tizmalar») dostonining «Sevimli aziz farzandga nasihat»” nomli bobida, har bir yoshning bilim olishi zaruriyat ekanligini ta’kidlaydi. Zero, inson umri juda qisqa bo‘lib, u umrni behuda o‘tkazmasligi, shuningdek, muayyan darajada bilimlarni egallagandan so‘ng unga amal qilish lozim, amaliyotda qo‘llanilmaydigan ilm ham behudadir degan fikrlarni ilgari suradi.
Mutafakkir bilim hamda hunarsiz kishini o‘tindan boshqa narsaga yaramaydigan mevasiz daraxtga o‘xshatadi. U har bir yoshni ilmu hunar sirlarini o‘rganishga, bu yo‘lda sabrli, matonatli bo‘lishga undaydi. Ilmu hunar kishi mushkul ahvolga tushib qolgan damlarda ham asqotuvchi vosita, aksariyat hollarda esa kishi nomini abadiylashtirilishini ta’minlovchi omil ekanligini qayta-qayta uqtirar ekan, har bir inson xoh yosh, xoh keksa, xoh shohu xoh gadoy bo‘lsin hunar o‘rganishi farz ekanligini ta’kidlaydi. Abdurahmon Jomiy insonni shaxs sifatida tarbiyalashda moddiy omillar bilan bir qatorda ma’naviy omillarning roli ham beqiyos ekanligini ta’kidlagan holda, mazkur omillar sirasida musiqaning alohida o‘rni va roli borligini ko‘rsatib beradi. Alloma «Musiqa haqida risola» nomli asarida musiqa ilmining shakllanishi, ohanglarning turlari, maqom kuylarining mazmuni, musiqa asboblari hamda ularning vazifalari borasidagi ma’lumotlarni bayon etar ekan, musiqaning inson ruhiga turlicha ta’sir ko‘rsatishini aytib o‘tadi. Xususan, ayrim musiqiy asarlar insonning ruhiyatiga ijobiy ta’sir etib, uning kayfiyatini ko‘tarsa, ayrim kuy yoki qo‘shiqlar kishida tushkun kayfiyatni hosil qilishiga alohida urg‘u beradi.
Alloma dono hamda nodon odamlarni bir-birlariga qarama-qarshi qo‘yadi. Bilimli, dono insonlar bilan bilimsiz, nodon insonlar o‘rtasida hamkorlik, hamfikrlilik yuzaga kelmaydi, zero, nodon odam hamisha ma’lum xatti-harakatlarning asl mohiyatini to‘g‘ri baholay olmaydi. Abdurahmon Jomiy o‘zining «Bahoriston» asarida mazkur fikrning nechog‘lik haqiqat ekanligini quyidagi misollar orqali ochib beradi:
«Bir bo‘zchi bir olimga pulini omonat qo‘ygan edi. Bir necha kundan keyin o‘ziga kerak bo‘lib qoldi va olimning uyiga keldi. Olim eshigi tagidagi supada o‘tirib mudarrislik qilar, oldida shogirdlari saf tortib o‘tirishar edi.
- Ey, ustod, kechagi omonatni bersang, kerak bo‘lib qoldi, - dedi bo‘zchi olimga.
- Birpas o‘tir, darsim tamom bo‘lsin.
Bo‘zchi kutib o‘tirdi, ammo dars cho‘zilib ketdi, domlaning dars paytida boshini chayqab qo‘yish odati bor edi. Shoshib turgan kosib buni ko‘rib, dars berish bosh qimirlatishdan iborat ekan, deb o‘yladi-da, ustodga:
- Sen kirib omonatni olib chiq, sening o‘rningga men bosh irg‘ab turay, ishim zarur, - dedi.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə