Namangan davlat universiteti Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasining 1-sonli yig‘ilishi bayonnomas I



Yüklə 38,37 Kb.
səhifə2/7
tarix06.09.2023
ölçüsü38,37 Kb.
#121393
1   2   3   4   5   6   7
1 bayonnoma qayta tayyorlangan

6. Turli masalalar
6.1.Kafedrada professor-o`qituvchilariga jamoatchilik asosidagi ishlar taqsimoti
6.2. Maktabgacha ta`lim metodikasi kafedrasi professor-o`qituvchilari o`rtasida navbatchulikni tashkil etish.
6.3. Universitet “Odob-axloq kodeksining” professor-o`qituvchilarga tegishli bandi bilan tanishish.
6.4. Kafedraning yosh o`qituvchilarini shogird sifatida tajribali ustozlarga “Ustoz-shogird” tizimi asosida biriktirish


1-masala. “Yangi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun” shiori ostida barcha akademik guruhlarda mustaqillik darsini yuqori saviyada tashkil etish, o`quv xonalarining o’quv jarayoniga tayyorligi holati muhokamasi.
Birinchi masala yuzasidan N.Abdusamatova maktabgacha ta’lim yo’nalishi talalabalariga mustaqillik darslari doirasida “Yangi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun” Shiori ostida "Mustaqillik darslari" tashkil etilishi lozimligi, talabalarga Yangi O‘zbekistondagi ta’lim tizimi, yangiliklari, yoshlarga berilayotgan e’tibor va o‘zgarishlar haqida professor-o‘qituvchilar tomonidan batafsil ma’lumotlar berilishi lozimligi yuzasidan axborot berib o`tdi. Shuningdek, yangi o’quv yiliga tayyorgarlik bo`yicha ayrim o’quv xonalaridagi kamchiliklar, xususan xonalar tozaligi, gigiyenik vositalar bilan ta`minlangani, mustaqillik shiorining doskaga qayd etilganlik holatlariga to`xtalib o`tdi va quyidagi tavsiyalarni berdi: Mustaqillik darslari davomida Vatanimiz tarixi va bugungi kuni haqida videorolik namoyish etish, respublikamizning istiqlol yillarida qo‘lga kiritgan yutuqlari, mustaqillik bergan imkoniyatlarning ahamiyati hamda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy sohada erishilgan yutuqlar xususida so‘z yuritish kerakligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Ushbu masala bo`yicha kafedra o‘qituvchilari D.Xomidova, D.Xudoyqulova o`z fikr-mulohazalarini bildirib o`tdilar.


YUQORIDAGI MASALADAN KELIB CHIQIB, YIG`ILISH QAROR QILADI:

  1. Kafedra mudiri N.Abdusamatovaning Maktabgacha ta’lim yo’nalishi talabalari uchun “Yangi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun!” shiori ostida mustaqillik darslarini tashkil etish to‘g‘risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  2. Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik bo‘yicha barcha me’yoriy hujjatlarni tayyorlash kafedrada faoliyat olib borayotgan fan o‘qituvchilari zimmasiga yuklatilsin.



2-masala yuzasidan yig‘ilish raisi N.Abdusamatova kafedraning 2022-2023 o‘quv yili uchun ish rejalari tuzilganligi, professor-o‘qituvchilarga yangi o‘quv yili uchun o‘quv yuklamalari ajratilganligi, shaxsiy ish rejalarini tasdiqlatish kerakligi, kafedra yig‘ilishlari rejasini va kafedra mudirining yillik rejasi (o‘quv, o‘quv-uslubiy, tashkiliy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar)ni shuningdek, kafedra o`quv yuklamasidagi o`quv fanlaridan tayyorlangan o`quv va ishchi dasturlar, o`quv-uslubiy majmualar, amaliy va seminar mashg`uloti ishlanmalari, mustaqil ta`lim ishlanmalarini tasdiqlash bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi.
Ushbu masala yuzasidan so‘zga chiqqan kafedra dotsenti D.Asqarova, o’qituvchilar Sh.Dosbayeva, D.Xomidovalar yig’ilish raisining fikrlarini ma’qulladilar. Shundan so‘ng ovozga qo‘yildi va bir ovozdan tasdiqlandi.



Yüklə 38,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə