Namangan davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti kim-cu-22 guruh talabasi Qo‘ziboyeva O‘g‘iloyning Umumiy fizika fanidan



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə1/3
tarix27.05.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#113560
  1   2   3
Elektromagnit induksiya hodisasi. Faradey tajribalari.


Namangan davlat universiteti
Tabiiy fanlar fakulteti KIM-CU-22 guruh
talabasi Qo‘ziboyeva O‘g‘iloyning Umumiy fizika fanidan
“Elektromagnit induksiya hodisasi. Faradey tajribalari”
mavzusida yozgan
MUSTAQIL ISHI
Elektr toki o‘z atrofida magnit matdon hosil qiladi. Agar shunday ekan, uning teskarisi, ya’ni magnit maydoni elektr tokini vujudga keltira olmaydimi? - degan savol tug‘iladi. Olimlar uzoq vaqt bu savolga javob izlashgan va nihoyat, Ersted tajribalari e’lon qilingandan keyin 1831-yilda ingliz olimi M.Faradey tajribalar asosida magnit maydoni yordamida elektr toki hosil qilish mumkin ekanligini aniqladi, boshqacha aytganda u elektromagnit induksiya hodisasi deb ataluvchi hodisani kashf qildi. Elektromagnit induksiya hodisasining kashf qilinishi ulkan ahamiyat kasb etib, magnit maydon yordamida elektr toki hosil qilish mumkinligini isbotladi. Bu bilan elektr va magnit hodisalari o‘rtasida o‘zaro bog‘lanish mavjudligi ko‘rsatilib, elektromagnit maydon nazariyasi yaratilishiga turtki bo‘ldi.
Elektromagnit induksiya hodisasi
O‘tkazgichning magnit induksiya oqimini kesib o‘tishi yoki yopiq kontur qamragan magnit induksiya oqimining o‘zgarishi hisobiga o‘tkazgich yoki konturda EYuKning hosil bo‘lishi elektromagnit induksiya hodisasi deyiladi.
“Induksiya” so‘zi lotinchada “uyg‘otish” degan ma’noni anglatadi.
Elektromagnit induksiya hodisasi
1-rasm.
Maykl Faradey (1791-1867)
G galvanometrga ulangan g‘altakning bir uchiga doimiy magnitni yaqinlashtiramiz (2-rasm). Bunda g‘altakda elektr tok paydo bo‘ladi. Buni G galvanometr strelkasining og‘ishi ko‘rsatadi. Magnit harakatdan to‘xtashi bilan tok yo‘qoladi. Agar biz magnitni g‘altakdan uzoqlashtira borsak, galvanometr strelkasi teskari tomonga og‘adi, ya’ni avvalgi tokka teskari yo‘nalgan tok paydo bo‘ladi. Magnitni harakatsiz qoldirib, solenoidni harakatlantirganda ham huddi shunday hodisa yuz beradi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə