ZIYONET.UZ ta`lim portalida geografik o`yinlar O‘yin ta‘rifi: Siz, qaysi mamlakat qayerda joylashganligini bilasizmi? Ushbu
mamlakatlarning poytaxtlari, bayroqlari haqida ma'lumotga egamisiz? Unday
bo‘lmasa sira xafa bo‘lmang, chunki ushbu o‘yin orqali siz o‘z bilimlaringizni
sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Ushbu o‘yindan maqsad barcha
mamlakatlarni topish va ularga tegishli bo‘lgan poytaxtlar va bayroqlarni
aniqlashdir. Sizning e'tiboringizga 3 xil rangdagi bosqichlar havola etilgan:
moviy rang, olov rang va feruza rang (pastdagi tugmachalar). Agar siz xarita
orqali mamlakatni topmoqchi bo‘lsangiz, moviy rang tugmachani bosasiz va
sizga kerakli qit'ani tanlaysiz, poytaxtni topmoqchi bo‘lsangiz olov rangli
tugmachani tanlaysiz, bayroqni topmoqchi bo‘lsangiz feruza rangli
tugmachani tanlaysiz. Har bir ob'yektni qidirish uchun (mamlakat, poytaxt,
bayroq) 20 soniya vaqt ajratiladi.
11-rasm. Ziyonet.uz ta’lim portali Jahon davlatlari Siz berilgan 20 soniya vaqt ichida barcha savollarga javob berishga ulgura
olmasangiz yoki noto‘g‘ri javob bersangiz, kompyuter siz qidirayotgan ob'yekt
qayerda joylashganligini o‘zi sizga ko‘rsatib beradi.
12-rasm. Ziyonet.uz ta’lim portali Jahon poytaxtlari 13-rasm. Ziyonet.uz ta’lim portali Jahon bayroqlari Geografik o`yin URL adresi :
http://games.ziyonet.uz/uz/game/403
Geografiya.uz saytida masofaviy ta`lim beruvchi o`yinlar Dunyo xaritasi flesh o'yini 14-rasm. Geografiya.uz sayti Dunyo xaritasi flesh o’yini
Oldingizda dunyo xaritasi. Uning hammasini bitta kontinentga tering.
Buning uchun sichqonchaning chap tugmasini bosib, qo`yib yubormagan
holda xaritaning tegishli joyiga joylashtiring?