KIRISH
Respublikamizning
zamonaviy
taraqqiyot
yo’liga
o’tishidagi
yangilanishlar jamiyatimizda demokratik va insonparvarlik g’oyalariga to’la
rioya qilish, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy
munosabatlarni
umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida tubdan o’zgartirish, ilg’or
rivojlangan davlatlarda qo’lga kiritilgan yutuqlarni tanqidiy va tahliliy
o’rganish, ularni respublikamiz shart-sharoitlarini hisobga olgan holda
hayotga joriy etish orqali amalga oshirilmoqda. Tabiiyki, bu jarayondagi
muvaffaqiyatlar ma’naviy yetuk, zamonaviy bilim va ko’nikmalarga ega
bo’lgan o’quvchi-yoshlar, shuningdek bo’lg’usi hayoti va mehnat faoliyatiga
shaxsiy va kasbiy jihatdan tayyor bo’lgan
yosh mutaxassis kadrlar
tayyorlanishiga chambarchas bog’liqdir.
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev o’z
nutqlarida ta’lim sohasi islohotlariga, pedagog-xodimlar va murabbiylar
faoliyatiga alohida e’tibor berib, soha rivojini davlat siyosati darajasida hal
qilib kelmoqda. Jumladan, Prezident: - “Eng katta boylik – bu aql-zakovat va
ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu
bilimsizlikdir! SHu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni
o’zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat egasi bo’lish
uzluksiz
hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak” deb ta’kidlagan. Zero, “O’zbekistonda yangi
bir uyg’onish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda”. Bu
poydevor, ya’ni “Yangi O’zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi”. SHu
maqsadda, xalq ta’limini 2030 yilgacha rivojlantirish, ta’lim-tarbiya va ilm-fan
sohalarini rivojlantirish bo’yicha bir qancha me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul
qilindiki, ularda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ta’lim sohasi
vakillari, mutasaddilar, rahbar xodimlar, mutaxassislar hamda pedagoglar
jonbozlik ko’rsatishi lozim.
Ta’lim-tarbiya jarayonini maqsadga muvofiq tashkil etish va o’qituvchi-
larning pedagogik faoliyati, ularning kasbiy tayyorgarligidagi
qayd etilgan
kamchiliklarni bartaraf etish uchun:
o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi munosabatlarni insonparvarlashti-
rish va demokratlashtirish;
ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilarning bilish faoliyatini hamkorlikda
tashkil etish va boshqarish orqali ongli intizomni tarkib toptirish;
o’qitishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan uyђun
ravishda foydalanish orqali ta’lim samaradorligiga erishish;
o’quvchilarning bilish faoliyatini mustaqil va ijodiy izlanish asosida
tashkil etish orqali mustaqil va ijodiy faoliyatni tarkib toptirish;
o’quvchilarning qiziqishlari, ehtiyojlari va qobiliyatlarini
hisobga olgan
holda ta’lim-tarbiya jarayoniga tabaqalashtirilgan yondashuvning ilmiy-
uslubiy asoslarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish zarur.
Ushbu vazifalar ta’lim-tarbiya jarayonining faol ishtirokchisi, tashkilot-
chisi va boshqaruvchisi bo’lgan o’qituvchilar zimmasiga yuklanadi va bu
vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishi o’qituvchilarning kasbiy-pedagogik
tayyorgarligi darajasiga bog’liq bo’ladi.
O’quv fani sifatida geografiya o’quvchi shaxsini rivojlantirish uchun katta
imkoniyatlarga ega, chunki u jamiyat hayoti va uning tabiat bilan hamkorligini
o’rganish kompleks geografik yo’nalishga asoslangan. Geografiyani o’rganish
natijasida o’quvchilarda inson va atrof muhit
haqida yaxlit tasavvur
shakllanadi. Geografiya ta’limi rivojlanishining xozirgi bosqichida uning
mazmuni o’quvchilarda jahon geografik xaritasi, geografik madaniyat
shakllantirishga yo’naltirilgan.
Geografiya o’qituvchisining ilmiy-uslubiy tayyorgarligiga quyidagi
talablar qo’yiladi:
Geografiya darslari,
ekskursiyalar, darsdan va sinfdan tashqari
mashg’ulotlarda o’qitishning samarali vositalari, uslublari hamda shakllaridan
foydalanish;
O’quvchilarni geografiya fani asoslari haqidagi bilimlar bilan qurollan-
tirish, ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning mazmuni, vositalari, metodlari va
shakllarini uyg’un tanlash orqali ta’lim samaradorligiga erishish;
Geografiya ta’limi mazmuni va pedagogik
munosabatlarni insonpar-
varlashtirish yo’llari, geografiya o’qitishda o’quvchilarni tarbiyalashning
mazmuni, vositalari, metodlarini bilish va amalga oshirish;
O’quvchilarni milliy mustaqillik tamoyillari va Vatanga sadoqat ruhida
tarbiyalash, ma’naviy va axloqiy fazilatlarini faollashtirish yo’llarini belgilash
va amalga oshirish ko’nikmalarini egallash;
Geografik bilimlar asos bo’ladigan kasblar haqida tushuncha berish,
o’quvchilarni ongli ravishda kasb tanlashga yo’llash;
O’quvchilarning bilish faoliyatini pedagogik texnologiyalar talablari
asosida maqsadga muvofiq tashkil etish va boshqarish,
faollashtirish, bilim,
ko’nikma va malakalarni shakllantirish yo’llarini bilish;
O’quvchilarning o’quv motivlarini faollashtirish ko’nikmalari;