Reja: Xayol haqida tushuncha



Yüklə 31,89 Kb.
səhifə1/5
tarix22.03.2024
ölçüsü31,89 Kb.
#168997
  1   2   3   4   5
Xayol haqida tushuncha. Xayol turlari. Xayol jarayonlari.


Hayol haqida tushuncha .Hayol jarayonlari va hayol turlari
Reja:
1.Xayol haqida tushuncha
2.Xayolning funksiyalari
3.Xayolning turlari
4.Temperamentga psixologik tavsif va inson faoliyatidagi o`rni
5.Xarakterni o`rganishga nazariy va emperik yondashuv

Tayanch iboralar:


Hayol va tasavvur haqida umumiy tushuncha. Hayol va tafakkurning o`xshashligi va farqlari. Hayol va muammoli vaziyat. Hayol turlari. Hayol jarayonlari. Hayol va motivatsiya. Tasavvur va o`quv jarayonidagi ko`rgazmalilik. Tasavvur turlari va Hayol shakllaridagi individul xususiyatlar va ularni o`quv jarayonida boshqarish. Hayol va organik jarayonlar. Ilmiy, texnika va pedagogik faoliyatda, badiiy ijodiyotda Hayolning roli.

HAYOL HAQIDA TUSHUNCHA.


Hayol yoki fantaziya, tafakkur kabi yuksak bilish jarayonlariga kiradi va faqat odamlarga xos bo`lgan faoliyatlarda yuzaga chiqadi. Mehnatning tayyor natijasini Hayolga keltirmay turib, ishga kirishib bo`lmaydi. Fantaziya yordamida kutilayotgan natijani tasavvur qilish - inson mehnatining hayvonlar instinktiv harakatlaridan tubdan farqidir. Hayol inson faoliyatining barcha jabhalarida yuzaga chiqadi. Masalan, oddiy stol yasash uchun ham uning shakli qanday bo`ladi, nima uchun kerak, rangi, balandligi va h.k.larni oldindan tasavvur qilish lozim. Bir SO`Z bilan aytganda, ishni boshlashdan oldin bu stolni tayyor holda ko`ra bilish talab qilinadi.
HAYOL inson ijodiy faoliyatining zarur elementi bo`lib, mehnatning oxirgi va oraliq mahsulotlarida o`z ifodasini topadi. Hayol mehnat natijalarini narsalarda gavdalantirishga undaydi va shuning bilan birga muammoli vaziyat aniq bo`lmagan hollarda ish-harakat programmasini tuzishni ta`minlaydi. Shuning bilan birga Hayol faqat biror aniq faoliyatni programmalashtiruvchigina ham emas, ba`zan uning urnini bosuvchi obrazlar hosil qilish vositasi sifatida ham yuzaga chiqadi.
Hayol tafakkur singari, muammoli vaziyatda, ya`ni masalani echishning yangi usullarini kidirib topishda yuzaga keladi. ehtiyojlarni qondirishning real jarayonidan oldin ehtiyojlarni qondirishning soxta, Hayoliy jarayoni sodir bo`ladi.
Muammoli vaziyatda masalani hal qilish uchun biz tushunchalarga (bilimlarga) va obrazlarga suyanamiz. Ko`pincha bu ikkala vosita ham birgalikda qo`llaniladi. Ammo ulardan qaysi birining ustunligi muammoli vaziyatning xarakteriga bog`liq. Agar masalaning dastlabki ma`lumotlari, chunonchi, ilmiy muammoning dastlabki ma`lumotlari aniq bo`lsa, masalani echish yo`lining mohiyati ko`proq tafakkur qonunlariga tobe bo`ladi. Agar muammoli vaziyat ko`p jihatdan o`zining noaniqligi bilan ajralib tursa, dastlabki ma`lumotlarni aniq analiz qilish juda qiyin bo`lsa Hayol mexanizmlari ishga tushadi
HAYOL TURLARI
Hayol o`zining faolligi va aktivligi bilan xarakterlanadi. Shu bilan birga Hayol kishini faollikka undovchi kuch, turtki sifatida ham ishlaydi. Lekin ayrim hollarda Hayol faoliyatning o`rnida, ya`ni soxta faoliyat sifatida harakat qilishi mumkin. Odam og`ir ahvolga tushganda, biror masalani echa olmaganda, o`z xatolaridan qochishga harakat qilgan kabi hollarda u foydasiz orzularga, real hayotdan uzoq fantastika olamiga kirib ketishi mumkin. Bunday hollarda kishi amalga oshirib bo`lmaydigan ish-harakat rejalarini tuzadi. Hayolning bunday turi PASSIV HAYOL deb ataladi. PASSIV HAYOL IXTIYORIY YOKI IXTIYORSIZ yuzaga kelishi mumkin. Ixtiyoriy ravishda yuzaga keltirilgan, lekin hayot bilan, real hayotdagi faollikka olib kelmaydigan passiv Hayol turi ShIRIN HAYOL deb ataladi. Qandaydir quvonchli, yoqimli narsalar haqida shirin Hayollarga berilish hammaga xos. Ammo inson hayotida shirin Hayol kechirish hollari ko`proq bo`lsa, bu shaxsning passivligidan dalolat beradi. Passiv Hayol ixtiyorsiz ravishda ham yuzaga kelishi mumkin. Hayolning bu turi asosan ong faoliyatining, ikkinchi signallar tizimining susayishida, odamning vaqtinchalik harakatsizlik holatida, uyqisirash holatida, affekt holatida, uyqida (tush ko`rish), ongning kasallikka uchrab buzilishida (gallyutsinatsiyada) va shu kabilarda sodir bo`ladi.
Passiv Hayolning aksi bo`lgan AKTIV HAYOL ijodiy va qayta tiklovchi Hayol turlariga bo`linadi.
Ma`lum bir asosga, yozuvlarga, chizmalarga asoslanib ularga muvofiq keladigan obrazlar tizimini yaratuvchi Hayol QAYTA TIKLOVChI HAYOL deyiladi.
IJODIY HAYOL qayta tiklovchi Hayoldan farq qilgan holda, orginal va qimmatli moddiy mahsulotlarda amalga oshiriladigan yangi obrazlarni yaratish. Ijodiy Hayol barcha turdagi texnik, badiiy va boshqa ijodiyotning ajralmas qismini tashkil qiladi.
HAYOL JARAYONLARI
Hayol (fantaziya) obrazlari qanday yaratiladi?
Hayol jarayonlari ham idrok, xotira, tafakkur kabi analitik va sintetik xarakterga ega. Analiz idrok va xotiradek ob`ektning ayrim umumiy belgilarini ajratish va saqlash hamda muhim bo`lmagan belgilardan chetlashish imkoniyatini beradi. Analiz va undan keyingi sintez natijasida andaza, etalon hosil qilinadi. Shu etalonga suyangan holda tashqi olam, borliq, predmetlar va hodisalar o`rganiladi.
Analiz va sintez Hayol jarayonida boshqacha o`ringa va yo`nalishga ega. Chunki Hayol jarayonida yangi, avval bo`lmagan obrazlar, tasavvurlar yaratiladi. Albatta bunda yangilik va eskilik o`rtasidagi izchillik saqlanib qoladi. Hayol jarayonlarida tasavvurlar sintezi turlicha amalga oshiriladi.
AGGLUTINASIYA. Agglutinasiya - kundalik hayotimizda birlashtirib bo`lmaydigan turli sifatlar, xususiyatlar va qismlarni "yopishtirib" birlashtirishdan iborat Hayol jarayoni. Agglutinasiya yo`li bilan ko`proq ertak obrazlari yaratiladi (suv parisi, tovuq oyog`ida turgan uy, pegas, kentavr va shu kabilar). Agglutinasiyadan texnik ijodda ham foydalaniladi (tank amfibiya, gidrosamolyot).
GIPERBOLIZASIYA. Giperbolizasiya narsalarni kattalashtirish, kichraytirish, ularning ma`lum qismlarining sonini ko`paytirish, ularning o`rnini almashtirish orqali yangi obrazlar yaratish. Bunga misol qilib ko`p qo`lli xudolarning obrazi (hind afsonalarida), tog`dek katta odam, no`xatdek kichik polvon, etti boshli ajdarlar va shu kabilar giperbolizasiya yo`li bilan yaratilgan obrazlarni keltirish mumkin.
URG`U BERISH Fantaziya obrazlarini yaratishning yana bir yo`li narsalarning qandaydir sifatlarini, belgilarga urgu berish, ularga diqqatni turli yo`llar bilan jalb qilishdir. Bu usullar ayniqsa satirik jurnallarda ko`p qo`llaniladi. Bu usul bilan o’rtoqlik hazillari va turli karikaturalar yaratiladi.
SXEMATIZASIYA (sxemalashtirish) - biror mavjud narsadan andaza olib, shu andaza asosida obrazlar yaratish. Masalan rassomlar turli o`simliklarning obrazi asosida naйshlar yaratadilar.
Yangi Hayol obrazlarini yaratishning yana bir usuli, TIPIKLASHTIRISH. Tipiklashtirishdan badiiy adabiyotda keng qo`llaniladi. Bu usul yordamida biror hodisaga, kishilar toifalariga, davrga xos yoki ularda ko`p takrorlanuvchi belgilar ma`lum obrazlarda gavdalantiriladi
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar va topshiriqlar.
Hayol haqida tushuncha?
Hayol va muammoli vaziyat?
Hayol turlari?
Hayol jarayonlari?
Ijodiy faoliyatda Hayolning roli?
Hayol va organik jarayonlar qanday bog’liq?

Yüklə 31,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə