O‘qituvchining o‘rni va uning vazifalari o‘sib kelayotgan Yosh avlodni tarbiyalash ishiga jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tibor karalishining naqadar muhim ahamiyatga egaligi bilan aniqlanadi



Yüklə 38,81 Kb.
səhifə1/16
tarix30.12.2023
ölçüsü38,81 Kb.
#166109
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Panjiyeva (1)


Mavzu: Pedagoglik kasbiga qo‘yiladigan talablar
Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tatbiq etish jarayonida o‘qituvchining Yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishida jamiyat oldidagi javobgarligi yanada ortib boraveradi.
O‘qituvchining o‘rni va uning vazifalari o‘sib kelayotgan Yosh avlodni tarbiyalash ishiga jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tibor karalishining naqadar muhim ahamiyatga egaligi bilan aniqlanadi.
“Tarbiyachi, – deydi Al Forobiy, – aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo‘lishi va bolalarga aytmoqchi bo‘lgan fikrlarini to‘la va aniq ifodalay olishni bilmog‘i zarur”.
Ulug‘ shoirimiz Alisher Navoiy ham o‘qituvchi mehnatini holisona baholab: “Agar shogird podsholikka erishsa ham, unga (muallimga) qulluq qilsa arziydi”,
“Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘rgatmish ranj ila,
Aylamak emas oson oning haqqin yuz ganj ila”, – kabi satrlar bitgan.
Psixologlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, xalq ta’limi bo‘limlari va maktab direktorlari o‘qituvchining ayrim hislatlari naqadar muhimligini har xil baholaydilar. Jumladan, xalq ta’limi bo‘limlarining mudirlari o‘qituvchidan birinchi navbatda o‘z fanini yaxshi bilishini va dars berish metodikasini mukammal o‘zlashtirishini talab qilsalar, maktab direktorlari o‘qituvchiga qo‘yiladigan bunday talablarni uchinchi o‘ringa qo‘yadilar.
Zamonaviy maktab o‘qituvchisi qator vazifalarni bajaradi.
  • O‘qituvchi – sinfdagi o‘quv jarayoni tashkilotchisidir.
  • O‘qituvchi o‘quvchilar uchun dars payti, qo‘shimcha darslarda va shu bilan birga darsdan tashqari hollarda ham kerakli maslahatlar berishda bilimlar manbaidan biridir.
  • Ko‘pchilik o‘qituvchilar sinf rahbari vazifasini bajarib, tarbiya jarayoni tashkilotchilari bo‘lib hisoblanadilar.

O‘qituvchi jamiyat tomonidan qo‘yilgan talablar bilan bir qatorda o‘z faoliyatida, tevarak-atrofidagi kishilar, maktab ma’muriyati, hamkasblari, o‘quvchilar va ularning ota-onalari undan nimalarni kutishini ham esdan chiqarmasligi lozim.

Yüklə 38,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə