Namangan davlat universiteti tadqiqotchisi Ergasheva Xilola Yunusxanovnaning



Yüklə 49 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü49 Kb.
#138664
növüReferat
Taqriz 1. Ergasheva Xilola


Namangan davlat universiteti tadqiqotchisi Ergasheva Xilola Yunusxanovnaning 13.00.02 – Ta‘lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ikkinchi tilni o‘rgatish jarayonida kommunikativ kompetensiyani shakllantirish metodikasi (ingliz tili misolida) ” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi va uning avtoreferatiga
TAQRIZ

Jahonda globallashuv jarayonida barcha sohalar kabi xorijiy tillarni kommunikativ maqsadlarda ta’lim jarayonlariga tadbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, xorijiy tillarni maktabgacha yoshdan kommunikativ yondashuv asosida o‘rgatish zaruriyati va ehtiyojining yuzaga kelayotgani tarbiyalanuvchilarning ta’lim jarayonida kommunikativ kompetensiyalarini shakllanishiga, rivojlanishiga, takomillashishiga muhim zamin yaratadi. Shuningdek, bolalarni ikkinchi tilga o‘rgatish jarayonida muloqotchanlik malakalarini didaktik o‘yinlar orqali rivojlantirish uchun ta’lim jarayonlarini tashkil etish prinsiplarini muvofiqlashtirish zarur hisoblanadi. Angliya, Germaniya, AQSH, Koreya, Yaponiya, Fransiya, Rossiya kabi rivojlangan davlatlarda ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvni ta’minlash bilan bir qatorda maktabgacha talim tashkilotlarida bolalarga xorijiy tillarni o‘rgatishda yoshga oid psixologik xususiyatlarini, ikkinchi tilni ta’limga tadbiq etishda oila bilan hamkorlik masalalari, ikkinchi tilni o‘rganish jarayonida kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish va uni amaliyotga joriy etish sifat va samaradorlikni oshirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borish muhim ahamiyat kasb etmoqda.


Shu nuqtai nazardan Namangan davlat universiteti tadqiqotchisi Ergasheva Xilola Yunusxanovnaning 13.00.02 – Ta‘lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ikkinchi tilni o‘rgatish jarayonida kommunikativ kompetensiyani shakllantirish metodikasi (ingliz tili misolida)” mavzusidagi dissertatsion tadqiqot ishi dolzarb mavzuga bag‘ishlangan.
Avtoreferatning kirish qismida mavzuning dolzarbligi va zarurati, muammoning o‘rganilganlik darajasi, ilmiy yangiligi asoslangan, tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining asosiy ustuvor yo‘nalishlariga bog‘liqligi, obyekti, predmeti, metodlari, maqsad va vazifalari aniqlangan, olingan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati, amaliyotga joriy qilingani, nashr etilgan ishlar, dissertasiyaning tuzilishi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
Dissertant avtoreferatda tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga bog‘liqligini aniq ko‘rsatgan.
Dissertasiya ishi kirish, uch bob, xulosalar va tavsiyalar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, ilovalardan tarkib topgan.
Tadqiqot ishida maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi pedagogik jarayonni takomillashtirish modeli ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat komponentlari (maqsadli-mazmunli, tashkiliy-metodik, nazorat-baholash)ning bolalarning rivojlanish sohalari (jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi, ijtimoiy-hissiy rivojlanish; nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari; bilish jarayonining rivojlanishi; ijodiy rivojlanish) bilan o‘zaro integratsiyalash hamda refleksiv uzviylikni ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
ikkinchi tilga o‘rgatish jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalarda kommunikativ kompetensiyani shakllantirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari bolalarning tayanch kompetensiyalari (kommunikativ, o‘yin, ijtimoiy, bilish) ustuvorlik berish asosida mukammallashtirilgan;
ikkinchi tilga o‘rgatish jarayonida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda kommunikativ kompetensiyani shakllanganlik darajasini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari refleksivlik, kreativlik, innovatsion faoliyatga yo‘nalganlik kabi indikatorlar tarkibini kiritish asosida aniqlashtirilgan;
ikkinchi tilini o‘rgatish jarayonida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda kommunikativ kompetensiyani shakllantirish jarayoni samaradorligini baholashdagi korporativ-mustaqil sifat nazorati komponentini kiritish asosida takomillashtirilgan.
Dissertasiya avtoreferatida mavzuga oid nashr qilingan ishlar xronologik tarzda tizimli yoritib berilgan.
Ergasheva Xilola Yunusxanovnaning 13.00.02 – Ta‘lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ikkinchi tilni o‘rgatish jarayonida kommunikativ kompetensiyani shakllantirish metodikasi (ingliz tili misolida) ” mavzusidagi pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiyasi avtoreferati tugallangan, OAK talablari asosida rasmiylashtirilgan. Dissertant tomonidan himoya qilinayotgan dissertasiya ishi pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun loyiq deb hisoblayman.
Yüklə 49 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə