Namangan davlat universiteti


ANALOGIYA (yun. o‗xshash, monand) —



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/462
tarix13.04.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#105358
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   462
LUG\'AT ATAMALAR

ANALOGIYA
(yun. o‗xshash, monand) —
 
umuman har xil bo‗lgan predmetlar
hodisalarning muayyan ma‘noda o‗xshashligi, monandligi. 
ANARXIK KOMMUNIZM
(yun. 
anarxia
– hokimiyatsizlik, beboshliq, lot. 
communis
– umumiy) — anarxizm va kommunizmning bir oqimi. U libertal kommunizm 
deb ham ataladi. Maqsadi anarxiyani o‗rnatish. Asosiy nazariyotchisi Pyotr Aleksevich 
Kropotkin (1842-1921) bo‗lgan, lekin uning o‗zi anarxo-kommunist bo‗lmagan. Yangi 
Sovet hokimiyatini tuzishda anarxo-kommunizmning g‗oyalari muhim rol o‗ynagan. 
(Анархия ва анархизмдан пастга ўтиши керакмасми)
ANARXIYA
(yun. 
anarchia
– beboshliq, hokimiyatsizlik, boshboshdoqlik) — 
davlatda yagona rahbar yo‗qligi, hokimiyatga da‘vogar turli siyosiy kuchlarning o‗zaro 
kurashi. Ayrim kishilar va guruhlarning boshliqlarga bo‗ysunmasligi va buning oqibatida 
kelib chiqadigan tartibsizlik. A. yuzaki qarashda demokratiyaning bir ko‗rinishiga 
o‗xshaydi, ammo butunlay boshqa hodisadir. A.da siyosiy liderlar ko‗payadi. A.ga 
asoslangan individualizm fal.sining yirik vakilidan Shtirnker (1806-1956) axloq sohasida 
egoizm-xudbinlik, yorqin shaxslarning o‗ziga xosligini yo‗qotmaslik, shaxsiy 
manfaatlarni Vatan va xalq manfaatlaridan ustun qo‗yish tarafdori edi. A. individualizm 
sifatida XIX a.da Fransiya va Ispaniyada keng tarqaldi. M.Shtirner, P.Prudon, M.Bakunin 
A. liderlaridir. XX a. boshlarida A. tarafdorlarini har qanday hokimiyatga qarshi, 
hokimiyatsizlikni yoqlovchilar deb tushunar edilar. A.ning fal.iy asosi individualism - 
shaxsiyatparastlik, subyektivizm – o‗z qarashlarini ustun qo‗yish, volyuntarizm – 
o‗zboshimchalikdir. Shu bilan birga, A. tarafdorlari inqilob, to‗ntarishi yo‗li bilan 
davlatni egallashni ham qoralaydilar. A.ni har qanday davlat tuzumiga qarshi bo‗lgani 
uchun muhim g‗oya sifatida qabul qilish mumkin emas. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə